Telegram Web Link
🇺🇿🇰🇷 Koreyaning KATRI tashkiloti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreyaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari sinovi bo‘yicha yetakchi idorasi, KATRI tashkiloti prezidenti Shin, Dong Joon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Uzbekistan Textile Standard & Certification Capacity Building Program" grant dasturi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajalarda loyiha ijobiy sur’at bilan davom etayotgani, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilda agentlikning bir guruh malakali mutaxassislari KATRIda malaka oshirdi, ikki marotaba Toshkentda treyning-seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Sinov va sinov natijalarini solishtirish aloqalari faollashdi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport hajmini oshirish, shuningdek, xalqaro brend kompaniyalar bilan xamkorlikni kengaytirish, xalqaro sinov va standartlarga oid masalalar muhokama qilindi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, sohani diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2025 yildagi PQ-290-son qarorida belgilangan topshiriqlarga alohida e’tibor qaratildi.

Energiya samaradorligi, sinovga oid oid yangi loyihalar taklif qilindi va Koreya tomoni hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdilar.

На полях 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО в городе Самарканде состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Словацкой Республики Петером Пеллегрини.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Slovakiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Ommaviy diktant" aksiyasi — davlat tilidan samarali foydalanish va uning sofligini ta’minlash garovidir

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2025 yildagi PQ-308-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Аgentlik va uning tizim tashkilotlari hamda barcha hududiy filiallari xodimlari ishtirokida onlayn tarzda "Ommaviy diktant" aksiyasi oʼtkazildi.

Lotin alifbosidagi o‘zbek yozuvida ish yuritishini taʼminlash, o‘zbek tilini bilish darajasi va savodxonlikni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu aksiyada butun respublika bo‘ylab mingga yaqin xodimlar onlayn ishtirok etishdi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, uning sofligini saqlash borasida targ‘ib etilayotgan ushbu "Ommaviy diktant" aksiyasi hali davom etadi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi etalonlar ishga tushirilmoqda: aniqlik va ishonchlilik sari

🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov davlat dasturi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da joriy etilgan yangi etalonlar va ular uchun yaratilgan maxsus infratuzilma bilan tanishdi.

📈Shuningdek, ushbu etalonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida etalonlarni ishga tushirishda ishtirok etgan xorijiy ekspertlar bilan ham fikr almashildi.

Hozirda O‘zMMIda 39 ta etalon va birlamchi laboratoriyalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Yaqinda ishga tushirilgan yangi : sath, gradus - tekis burchak birligi hamda namlik etalonlari mamlakatimizda aniq o‘lchashlar tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur etalonlar suv xo‘jaligi, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar uchun metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlaydi.

🧾 Jarayon davomida direktor tomonidan:

yangi kalibrlash xizmatlarini joriy etish,

sanoatga aniq o‘lchashlarni uzatish tizimini yaratish,

xalqaro solishtirish loyihalarida faol ishtirok etish

hodimlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.


#UzNIM #metrology #standards

📱 nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Twitter 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1🕊1
2025/10/31 04:58:02
Back to Top
HTML Embed Code: