Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚝 Prezidentimiz poyezdda Shahrisabzga ketayotib, faollar bilan muloqot qildi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙋 2000 nafarga yaqin mahalla xotin-qizlar faolining malakasi oshiriladi

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qayd etilishicha, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish vazifasi asosan “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutiga yuklatilgan. "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun uzluksiz va kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona elektron platforma “Raqamli ta’lim platforma”si ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

💬 Joriy yil yanvar-iyun oylarida respublikaning 5 ta hududida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, kurslarda jami 35 ta tuman (shahar)dagi 1 ming 190 ta mahalladan 656 nafar mahalla xotin-qizlar faoli ishtirok etgan.

📍2025-yil yakuniga qadar umumiy hisobda 2000 nafarga yaqin mahalla xotin-qizlar faolining malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 2025/2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Bugun, 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlab 2025/2026-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul boshlandi.

Elektron arizalarni quyidagi platformalar orqali yuborish mumkin:

▪️ my.maktab.uz — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi;

▪️ my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Qashqadaryoda chorvachilikni kompleks rivojlantirish dasturi boshlanadi

Chorvachilik uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 12 oygacha 14 foizli kreditlar ajratiladi. Bu orqali viloyatdagi 127 ta chorvador to‘liq quvvatga chiqadi.

Yeri ham, fermasi ham mavjud bo‘lgan 630 ta chorvadorga mol sonini 12 ming boshga ko‘paytirishi uchun arzon resurslar ajratiladi.

Mutasaddilarga xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 150 million dollar hisobidan ushbu loyihalarni moliyalashtirishni boshlash topshirildi.

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 2026-yildan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

▫️davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

▫️davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy "Davlat xizmatiga kirish" maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi;

▫️diagnostikada davlat xizmatchilarining tegishli soha va tarmoq bo‘yicha bilim darajasi, hujjatlarni tuzish va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikativlik malakalari, kompyuter savodxonligi, qonunchilikdagi yangiliklarni, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, umumiy eruditsiyasi, psixologik diagnozi va intellektuallik koeffitsiyenti (IQ) kabi ko‘rsatkichlari baholanadi;

▫️diagnostika va faoliyat samaradorligi (KPI) natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig‘iladi va tahlil qilinadi;

▫️Monitoring tizimi tahlili natijalariga ko‘ra, xodimning mavjud bilim va ko‘nikmalarini kasbiy rivojlantirish xaritasi – portfoliosi yaratiladi;

▫️kasbiy rivojlantirish xaritasi asosida davlat xizmatchisi rivojlantirishi lozim bo‘lgan "yumshoq" va "qattiq" ko‘nikmalari bo‘yicha majburiy malaka oshirish, shu jumladan, mustaqil ta’lim olish dasturini o‘taydi;

▫️vazirlik va idoralar tomonidan xodimlarni xorijda o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish hamda stajirovkasini tashkil etish, shu jumladan, grantlar yoki donorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida davlat xizmatchilarini o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish hamda stajirovkasi bilan bog‘liq tadbirlar majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇹🇷 ICYF Grand Youth Award 2025

Istanbul shahrida, Haliç Universiteti Konferensiya zalida bo‘lib o‘tgan ICYF Grand Youth Award marosimi islom dunyosi yoshlarini birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi. Delegatsiyamiz bilan birgalikda biz ham ushbu tadbirda ishtirok etdik.

Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlardan kelgan hukumat vakillari, taniqli shaxslar va yosh yetakchilar ishtirokida o‘tgan ushbu tantanali marosimda Turkiya Respublikasi Prezidenti, janob Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga yoshlar taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari uchun ICYF Grand Youth Award mukofoti topshirildi.

🇺🇿 Marosim davomida Turkiya Prezidenti Erdoʻgʻan hamda tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazib, prezident Erdogʻanga oʻz sovgʻamizni topshirdik. Shuningdek, Turkiyadagi yoshlarimiz bilan ham muloqot qildik.

🤩 Bu marosim nafaqat yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni nishonlash, balki yosh avlodni ilhomlantirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Salohiyat” – yangi avlodning kuchi va imkoniyatlari haqida!

Oʻzbekiston telekanali va Mfaktor hamkorligidagi yangi loyihani qarshi oling!

Dastlabki son mehmoni – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari Alisher Sa’dullayev Zafarovich!

Koʻrsatuvda soʻz yuritilgan yoshlarning salohiyati, ularning jamiyatdagi oʻrni, imkoniyatlari va davlat siyosatidagi oʻzgarishlar haqida ochiq va samimiy suhbatni ushbu havola orqali tomosha qiling.

Tomosha qilish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagramz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇹🇷

Xizmat safarimiz doirasida Turkiya davlatining qator rasmiy va nodavlat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdamiz.

Xususan, 🔹Turkiya Yoshlar va Sport vaziri – Osman Aşkın BAK,
🔹 Turkiya Yoshlar jamg‘armasi rahbari – İbrahim Beşinci,
🔹 Türkiye İzcilik Federasyonu (TİF) rahbari – Hasan D. Subaşı bilan uchrashib, yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildik.

Uchrashuvlarda: Ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma forumlar, oromgohlar, izchilik (skautlik) dasturlari va almashuv loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🇹🇷 Turkiya tomoni O‘zbekistonning yoshlar siyosati yo‘nalishidagi islohot va natijalarni yuksak baholab, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

⚡️ Ishonchim komilki, bu tashrif ikki davlat yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlab, yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ijtimoiy tarm oqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UNPSF2025 #Samarqand

📺 Samarqandda tarixiy Forum boshlandi

🟡 23–25-iyun kunlari O‘zbekiston ilk bor BMTning Davlat Xizmati Forumi — UNPSF 2025’ga mezbonlik qilmoqda.

🎙 Dunyoning turli mintaqalaridan yuqori martabali mehmonlar, davlat xizmatlari vakillari va innovatsion yetakchilar ishtirok etayotgan ushbu yirik xalqaro tadbirning ochilish marosimini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

🔹 Youtube: https://www.youtube.com/live/BVHn8587IDY?si=xinNqnTI4HHdDgQv

Ijtimoiy tarm oqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 05:52:48
Back to Top
HTML Embed Code: