Telegram Web Link
🙋 Ayni paytda Yoshlar ijod saroyida xorijdagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Unda xorijdagi vatandoshlar va migratsiyaga borishni istayotgan yoshlar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etishmoqda.

➡️ Jarayonni quyidagi havola orqali jonli kutatib borishingiz mumkin:

https://youtube.com/live/UTPgr5urL20?feature=share

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍27202👏1
Xayrulla Sattarov
🙋 Ayni paytda Yoshlar ijod saroyida xorijdagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda xorijdagi vatandoshlar va migratsiyaga borishni istayotgan yoshlar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etishmoqda. ➡️ Jarayonni…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muloqot jarayonida ishtirok etayotgan yoshlardan juda ko‘plab taklif va murojaatlar bildirilmoqda. Har bir murojaatga tegishli vazirlik va idoralar vakillari tomonidan javob berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍24🥰15142
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖋 Vazirlar mahkamasining 914-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasiga asosan imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilingan Sotvoldiyeva Mushtariy Avazbek qizining ilk talabalik taassurotlari haqida

🔗 Fotolavhalar

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩23🔥18👍17🎉155
👥 Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–163-son, 10.09.2025 y.) qabul qilindi.


📊 Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

— yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
— yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta’minlash.


➡️ Farmonga ko‘ra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

— yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
— yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
— mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash.


👁 Ushbu asosiy vazifalarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.

🚪 “Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari o‘rtasida yoshlar, jumladan, umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilish tizimi joriy etiladi.

— Maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har oy sinf rahbari va maktab psixologi bilan xulq-atvorida murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar o‘rtasida xorijiy tillar, kasblarni o‘rganish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirganlarini aniqlaydi. Ushbu o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi. Yoshlar yetakchilari mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun ustozlik tizimini yo‘lga qo‘yadi. Mahalla raislari yoshlarning fanlarni o‘rganishi, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqadi.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22🎉22🥰1716🤩14
👤 Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam beriladi

2025/2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand aholini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu prezidentning joriy yil aprel oyida qabul qilingan qarorida belgilangan. Moddiy yordamni Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan hamda mahalla yettiligi tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar olishlari mumkin.

📍 Qo‘shimcha ro‘yxatda birinchi navbatda quyidagi toifaga kiruvchi oilalar inobatga olinadi:

*boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
*oila a’zolarida I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;
*nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
*gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
*bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birgalikda yashovchi oilalar;
*uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar yashaydigan oilalar;
*o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🗒 Ushbu toifalarga mos keluvchi ehtiyojmand oilalar joriy yilning 25-sentabriga qadar mahalla yettiligiga murojaat qilishlari mumkin. Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40%idan oshmasligi kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🎉21🔥1410🤩10
🙋 The Stirling Foundation vakillari Yoshlar ijod saroyiga tashrif buyurdi

🖋 Kreativ parkda mehmonlar O‘zbekiston yoshlarining siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan bir qator loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

🆔 Ma’lumot uchun bosh ofisi AQShning Yuta shtatida joylashgan The Stirling Foundation jamg‘armasi 40 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi. 2024-yilda O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) bilan hamkorlikni boshlagan, jumladan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan ham.

🔗 Video

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4125🔥15🎉143
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖋 Vazirlar mahkamasining 914-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasiga asosan imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilingan Mahmudov Rasulbek Mansurbekovich ilk talabalik taassurotlari haqida

🔗Fotolavhalar

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3431👍26🤩231
2025/10/23 04:32:16
Back to Top
HTML Embed Code: