Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Xorazm viloyati Urganch shahar 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025-yil 6-oktabr kuni “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada o‘tkazildi.

💻 Tadbir davomida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi N. Qurbanov 8-“A” sinfida, maktab direktori G. Dosyazova esa 11-“B” sinfida milliy.tarbiya.uz platformasidan foydalangan holda “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

📚 Shuningdek, direktor o‘rinbosarlari U. Urazbayev va M. Matkarimova 9-“D” hamda 9-“A” sinflarida o‘tilgan darslarni kuzatib, sinf rahbarlari tomonidan tayyorlangan ishlanmalar va platformadagi kontentlardan samarali foydalanilganini ta’kidladilar.

🧠 Darslar mazmunan boy, interfaol usullarda tashkil etilib, o‘quvchilarda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🏫 Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 4-umumta’lim maktablarda “Kelajak soati” darslari doirasida “Gadjetlarning hayotimizdagi o‘rni va ulardan foydalanish madaniyati” mavzusida ma’naviyat darslari o‘tkazildi.

💻 Mashg‘ulotlar milliy.tarbiya.uz platformasidagi tavsiyalar asosida yuqori saviyada tashkil etilib, o‘quvchilarga gadjetlarning foydali va zararli jihatlari, internet xavfsizligi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda texnologiyalardan oqilona foydalanish madaniyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹 Dars davomida interaktiv savol-javoblar, videoroliklar namoyishi va guruhli fikr almashuvlar tashkil etildi.
🔹 O‘quvchilar “Gadjetlar – imkoniyatmi yoki xavfmi?” mavzusida o‘z fikrlarini bildirishdi.

🧠 Mazkur darslar yoshlarni onlayn tahdidlardan ogoh etish, raqamli madaniyatni shakllantirish hamda texnologiyalarni foydali yo‘nalishda ishlatishga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Yangibozor_tumani
#Kelajak_soati

🏫 Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i G. Abdirimova 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” darsida “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.

💻 Mashg‘ulot davomida milliy.tarbiya.uz platformasiga joylangan ma’lumotlar va videolardan foydalanilgan holda o‘quvchilarga zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan gadjetlar, ularning imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🧠 Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borilib, ularda texnologiyalardan ongli va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“ KASBIY RIVOJLANISH KUNI ” TRENING MASHG‘ULOTI

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
‼️‼️‼️

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida DEMO Test ishga tushirildi.

❗️Bu orqali pedagoglar uchun namunaviy test savollari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.


🖥 Buning uchun talabgorlar pedagog.uzedu.uz platformasida pedagog shaxsiy kabinetidagi DEMO Test bo'limi orqali yoki sinov.uz saytidagi Demo test oynasi orqali namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT, E’LON!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — qatnashing!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bugun
Ustozni yo'qlab...

📺 Bugun
Muxbir: Nargiza Bo'ronova
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

😂Online ko’rish
🎥Instagram|🟦Facebook
☎️ Telegram  |🟥YouTube
👍2
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni festivali haftaligi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida qizlar festivali boshlandi.

Festivalning ochilish marosimi Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli maktab-internatida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova ishtirok etdi.

Festival doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalarida gigiyenik talablar va bolalarni xavfsiz, sifatli ovqatlantirish masalalari muhokama qilindi

Xorazm viloyati televideniyesi orqali maktabgacha ta’lim muassasalaridagi gigiyenik talablar hamda bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🎙 Jonli efirda tashkil etilgan dasturda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Ular maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sanitariya holati, ovqatlanish tizimi va bu boradagi nazorat ishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

💬 Muloqot davomida aholi vakillarining savollariga javoblar berildi, shuningdek, tegishli tavsiya va maslahatlar ham bildirildi.

Bunday ochiq muloqotlar sohadagi shaffoflikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Yangibozor_tuman
#Yosh_iqtidorlar_festivali

❇️ Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 33-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yosh iqtidorlar festivali" o‘tkazildi.
🎬 Tashkil qilingan festivalda o‘quvchilar o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyish qildilar.
🎯 Festivalni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni musiqa, adabiyot va san'at, kasb-hunarga qiziqishlarini kuchaytirishdan iborat.

📌Mazkur festival o‘quv yili davomida tumandagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida reja asosida davom qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2
2025/10/25 10:15:19
Back to Top
HTML Embed Code: