Telegram Web Link
🏀 Hazorasp tumanida yana bir yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Hazorasp tumanining “Ovshar” mahallasida joylashgan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Loyiha “Open byudjet” dasturi doirasida jamoatchilik ovoz berishi natijasida amalga oshirildi. Natijada 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, maktab binosi ta’mirlandi hamda zamonaviy sport maydonchasi barpo etildi.

Tantanali ochilish marosimida Hazorasp tumani hokimi M. Abdullayev va tuman prokurori D. Madirimov ishtirok etib, ushbu tashabbusning ahamiyati haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Yangi maydoncha mahalla aholisi, yoshlar va o‘quvchilar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratadi. 🌿⚽️

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍4
#Live
#Yangibozor_tuman
#Fan_olimpiadasi

🎯 ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHIGA START BERILDI

Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy “Fan olimpiadasi” ning tuman bosqichi boshlandi.

📚 Mazkur bosqich 1-guruh fanlari — matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Olimpiada jarayonlari tuman miqyosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning bilim salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍1
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi

 YANGIARIQ TUMANIDA ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN  BOSQICHI BOSHLANDI

💠 Bugun, 14-oktabr kuni, tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida Asosiy olimpiadaning ikkinchi bosqichi start oldi.

   Bugungi olimpiada sinovlari 31-sonli maktabda onlayn tarzda tashkil etilib, 9-10-11-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

⚖️ Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Olimpiadaning tuman bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar keyingi — viloyat bosqichiga yo‘l oladilar.

Barcha ishtirokchilarga omad  tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IKKINCHI — TUMAN  BOSQICHIDAN LAVHA

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2🔥1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" tanlovining bu safargi mavsumi qay tartibda bo‘lib o‘tadi?


Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), viloyat va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi. 1-bosqich kuzgi ta'til davrida, joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Ushbu bosqichda eng yuqori ball to'plagan qatnashchilar viloyat bosqichida o'zaro kuch sinashishadi. 2-bosqichda ham g'olib bo‘lgan qizlar esa Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylanishadi.


Mazkur tanlovda qatnashish uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida aniqlanadi.

Tanlovda jamoa tuzmasdan, yakka o‘zi qatnashish imkoniyati ham mavjudmi?

Ha, tanlov Nizomiga ko'ra jarayonlarda jamoa bo'lib yoki individual ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Tanlov g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

✈️"Raqamli avlod qizlari"ning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta'lim sayohati yo‘llanmasini qo'lga kiritishadi. Shuningdek, eng yaxshi 10 ta loyiha amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi.
______________

🔴 Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢"Boqiy shaharlarimiz" mavzusida kelajak soati o‘tkazildi

🔹Bog‘ot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i J.Iskandarov tumanidagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashib, "Boqiy shaharlarimiz" mavzusida qiziqarli va ma’rifiy kelajak soatini o‘tkazdi.

🔹Davra suhbati tarzida tashkil etilgan mazkur soat davomida yoshlarimizga yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan shaharlar, ularning madaniy va ma’naviy ahamiyati, shuningdek, Vatanimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔹J.Iskandarov o‘z chiqishida yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy merosimizga hurmat bilan qarash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
2025/10/19 11:27:04
Back to Top
HTML Embed Code: