Telegram Web Link
🟢“Boqiy shaharlar” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

🔹2025-yil 13-oktyabr kuni Urganch shahar 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Marimov tashrif buyurdi.

🔹Tashrif davomida u 9-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug‘iga asosan “Kelajak soati” darsida “Boqiy shaharlar” mavzusida dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.

🔹Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga qadimiy va zamonaviy shaharlarning yurtimiz tarixidagi o‘rni, ularning madaniy, ma’naviy hamda me’moriy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

🔹Dars yakunida o‘quvchilar bilan fikr almashildi, “Boqiy shaharlar”ning bugungi avlod uchun ibratli jihatlari xususida suhbat olib borildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“KELAJAK SOATI” MASHG‘ULOTLARI

13.10.2025

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm: Ta’lim uchun qulay sharoit: Pahlavon Maxmud mahallasida yangi maktab qurilmoqda

Yangibozor tumani Pahlavon Maxmud mahallasida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi umumta’lim maktabi qurilishi boshlandi.

Qurilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-sonli qaroriga asosan, Islom Taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilmoqda.

🏗 Qurilish yakunlangach, yangi maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy sinfxonalar, fan laboratoriyalari, sport zallari va kutubxona faoliyat yuritadi. Bu esa yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

📌 Bu loyiha nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki tuman infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda.

Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarning zimmasidagi vazifaga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallar tarqaldi.

Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz.

Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir.

Shu munosabat bilan, agar Sizga:
olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa,
jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini boshqarish platformasi (krk.avloniy.uz)dan qanday foydalaniladi?

🫥 Kasbiy rivojlantirish jarayonlarini raqamlashtirish, o‘qituvchilar uchun yangi qulayliklar yaratish, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonlarini samarali boshqarish maqsadida http://krk.avloniy.uz platformasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

🫥 Mazkur platforma orqali o‘qituvchilarning treninglardagi ishtiroki, o‘zlashtirish jarayoni, davomatini elektron tarzda kuzatish, shuningdek, kontent materiallarini to‘liq va tizimli yetkazish imkoniyati yaratildi.

🫥 Ushbu raqamli yechim o‘qituvchilar uchun barcha kasbiy rivojlantirish jarayonlarini yagona onlayn muhitda boshqarish va natijalarni tahlil qilish imkonini beradi.

👆Yuqoridagi video yoʻriqnomada mazkur platformadan qanday foydalanish boʻyicha tushuncha olishingiz mumkin.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 Va nihoyat siz kutgan olimpiada!

📌26-oktyabr kuni butun respublika boʻylab "OLYMPIAD USA" saralash bosqichi oflayn tarzda boʻlib oʻtadi! Bu safargi olimpiada matematika va ingliz tili fanlaridan integratsion shaklda tashkil etiladi. Global Final bosqichlari 2026-yil fevral oyida Florida (Mayami) va iyul oyida Texas (Xyuston) shtatlarida boʻlib oʻtadi!

🌐Olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish uchun offline.khiso.uz saytiga tashrif buyuring. "OLYMPIAD USA"ga roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar shu kuni boʻlib oʻtadigan KHISO olimpiadasida bepul qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi!

❗️Oflayn olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish:
🔣 offline.khiso.uz

❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma (havola ustiga bosing!):
📲 www.tg-me.com/khiso/5059

❗️Respublika bo‘ylab oʻtkaziladigan manzillar (khiso taplinkni ustiga bosing!):
📌 khiso.taplink.ws

❗️Qo‘shimcha savollar uchun:
💬 @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga joylashtirish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish kabi jarayonlarni:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn tarzda yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Agar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish davomida korrupsion hamda firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali xabar berishingizni soʻraymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
tanlov nizomi.pdf
218.4 KB
📢 DIQQAT! TANLOV!

📚 “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” RESPUBLIKA TANLOVIGA START BERILDI

📌 Tanlov ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

🗓 Taqdimot topshirish muddati:
15–17-oktabr, 2025-yil (soat 18:00 gacha)
📲 Ro‘yxatdan o‘tish va taqdimotni topshirish:
👉 https://forms.gle/3sHSic2ZtXqNxEmFA

🎥 Taqdimot turi:
– Videoformatdagi taqdimot (“Men tavsiya etaman…” mavzusida)
– Davomiyligi: 5–7 daqiqa
– Slaydlar soni: 10 tagacha
– 50 ballik mezon asosida baholanadi

Tanlov shartlari bilan yuqoridagi 👆NIZOM orqali tanishib olishingiz mumkin.


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🌍🌍🌍🌍🌍

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 15 foizlik ustama, attestatsiyada qatnashayotgan 180 ming pedagog — “Vazir soati”


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator islohotlar natijalari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

🔰 Yig‘ilish avvalida maktabgacha ta’lim tizimiga doir joylarda olib borilayotgan jarayonlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Xususan, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari, sohani raqamlashtirish hamda bog‘chalarga yo‘llanma berish jarayonlari tilga olindi.

🚌 Olis va chekka hududlardagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda “Aqlvoy” mobil guruhlari va Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini yanada jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan Muhandislik maktablarini tashkil etish jarayonlari haqida ham soz yuritildi.

✈️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida Prezident sovrini uchun «Ilg‘or muhandislik maktabi» milliy tanlovi o‘tkaziladi hamda Respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohati taqdim etiladi.

Vazir soatida sohaga doir yana bir yangilik sifatida endilikda milliy sertifikatga ega bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun har oyda 15 foizlik ustama to‘lab borilishi aytib o‘tildi.


Shuningdek, oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan pedagog kadrlarning malaka toifa (test) sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi.

📊 Ma'lumot ornida: malaka sinovlarida qatnashish uchun 240 mingdan ortiq pedagoglardan arizalar kelib tushgan bo‘lib, ularning 180 mingga yaqini jarayonlarda qatnashishi kutilmoqda.

🌐 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Yaqinda Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Prezidentimiz bir qancha tashabbuslarni ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, 2025-2026-yillarda mamlakatimiz Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilishini ma’lum qilgandi.

Ayni shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda.
Unda TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy Akademiya prezidenti, professor Shahin Mustafayev, TÜRKÜNİBga a’zo OTM rahbarlari, 69 ta xorijiy universitetlardan jami 200 nafarga yaqin rektor va prorektorlar ishtirok etdi.

Bugun tadbirda qardosh hamkorlarimiz bilan uchrashdik, hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Assambleyada Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Shimoliy Kipr va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. 

TÜRKÜNİBga yangi universitetlarning a’zolik arizalarini ko‘rib chiqish, almashinuv dasturini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya jamg‘armasiga oid va boshqa bir qancha ishlarni muhokama qildik.

Ertaga ham tadbirlar davom etadi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Qoraxoniylar – Alp Er To‘nga (Afrosiyob) avlodlari: Qoraxoniylar davridagi turkiy va islom olami” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

@hilola_umarova
2025/10/19 19:14:12
Back to Top
HTML Embed Code: