Telegram Web Link
Bugun Firdavs maktabida o‘tkazilgan “Kelajak soati” darsi O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va ahamiyatiga bag‘ishlandi.

📚 Dars davomida o‘quvchilar:
– o‘zbek tilining milliy qadriyat va madaniyatdagi o‘rni haqida fikr almashdilar;
– “Til — millat ma’naviyati va madaniyatining asosi” degan g‘oyani chuqur angladilar;
– ona tilimizni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish zarurligini his etdilar.

💬 Firdavs maktabida har dushanba kuni o‘tkaziladigan “Kelajak soati” darslari o‘quvchilarni Vatan, millat va ma’naviyatga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Xorazm viloyati Urganch shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2025-yil 20-oktabr kuni “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i M.Marimov Urganch shahar 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-“E” sinfida milliy.tarbiya.uz platformasidan foydalanilgan holda 21-oktabr-“O‘zbek tili bayrami” kuni mavzusida “Kelajak soati”ni o‘tkazdi.

📚 Suhbat “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusida bo‘lib, unda hokim o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, mustaqilligimiz va ma’naviyatimiz timsoli ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarni doim bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va izlanishdan to‘xtamaslikka chorlab, ularga o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
🇺🇿 ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani Znaxos mahallasidagi Alisher Navoiy bog‘i-muzeyida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari, Xonqa tumani hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, shuningdek, 2-, 16-, 23- va 34-son umumta’lim maktablarining pedagog hamda o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tilining ulug‘ qadriyati, milliy g‘urur va iftixorni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Xonqada “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Xonqa tumani 5-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan sheʼrlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Mazkur tadbir orqali yosh avlodda o‘zbek tiliga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy qadriyat va madaniyatimizga sadoqat ruhini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM” CHELLENJI

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Urganch tumani 51-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida til bayramiga bag‘ishlangan chellenj tashkil etildi.

O‘quvchilar o‘z chiqishlarida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va bebaho qadriyat ekanligini tarannum etdilar. She’rlar, qo‘shiqlar va ezgu tilaklar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va faxr tuyg‘usini ifoda etdilar.

📸 Chorlovga qo‘shiling!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
2025/10/22 02:40:37
Back to Top
HTML Embed Code: