Telegram Web Link
#Ayni_paytda
#Attestatsiya

🟢 Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlariga start berildi!

📍 Sinovlar Urganch shahridagi 17-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinov markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va sifatli tashkil etish maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

🔹 Bugungi kunda rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘tkazilayotgan sinovlarda 700 nafarga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Forwarded from Jumayev Tursunboy
📣📣📣📣📣

MATEMATIKA FANIDAN OLIMPIADANING SANASI E'LON QILINMOQDA!


❗️Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi qayta o'tkazilishi haqida ma'lum qilgan edik.

Olimpiada 24-oktabr kuni Respublika bo‘ylab bir xil vaqtda 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
9-sinflar 1-smenada (soat 10:00 da),
10-sinflar 2-smenada (soat 13:00 da),
11-sinflar esa 3-smenada (soat 16:00 da) ishtirok etadilar.

Ishtirokchilarga o‘zlari bilan qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat etiladi.


Olimpiada davomida ishtirokchilarga 30 ta test savollari taqdim etiladi va ularni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

🫂 Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

❗️Markaz barcha ishtirokchilarni asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikka, faqat o‘z bilim va halolligiga tayanib ishtirok etishga chaqiradi.


Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📩 @Murojaat_FOM_bot
📞 +998 71 207 05 24

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Asosiy_olimpiada
#Ikkinchi_bosqichi

📚Bugungi kunda Xorazm viloyati bo‘yicha Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
🪧 Olimpiada jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
🇷🇺 ⚖️ Ayni kunda esa Davlat va huquq asoslari hamda Rus tili va adabiyoti fanidan 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinamoqdalar.

ESLATMA!!!
📆 Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi Respublika bo’yicha qayta o’tkazilishi ma’lum qilingan bo’lib, mazkur jarayon joriy yilning 24-oktyabr kuni odatdagidek 3 smenada bo’lib o’tadi.

Ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

#Jadidlar_izidan
#Tanlov

🟢 Gurlan tumanida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi Gurlan tumanidagi 1-son umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi.

📚 Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari jadidlar hayoti va faoliyati, ularning maʼrifatparvarlik g‘oyalari, xalq taʼlimiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha bilimlarini namoyish etdilar.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar sahna ko‘rinishlari, chiqishlari va ijodiy ishlari orqali jadidlar merosini chuqur o‘rganayotganlarini ko‘rsatdilar.

🏅 G‘olib va sovrindorlar keyingi — viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
#диққат_эълон

Hurmatli pedagoglar!


Xabaringiz bor, bugundan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtda malaka toifa sinovlari boshlandi.

🗣 Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari:

2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Pedagoglar sinovlarga oʻzlariga biriktirilgan yordamchilari bilan, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO olimpiada
📊 OLYMPIAD USA da baholash mezoni qanday amalga oshiriladi?

‼️ Iltimos, rasm va matndagi maʼlumotlarni oʻqib chiqing! Shunda ortiqcha savollarga oʻrin qolmaydi!

📌26-oktyabr kuni butun Respublika bo‘ylab oflayn tarzda o‘tkaziladigan OLYMPIAD USA da 1—2-sinflarda noto‘g‘ri javob uchun ball ayrilmaydi. Qolgan sinflarda esa har bir noto‘g‘ri javob uchun ball ayriladi (rasmda batafsil yozilgan).

🗓 Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni dastlab soat 09:00 da KHISO olimpiadasi, undan so‘ng esa OLYMPIAD USA bo‘lib o‘tadi.

🎁OLYMPIAD USA ga ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar KHISO olimpiadasida bepul qatnashish huquqiga ega! Agar siz OLYMPIAD USA da ishtirok eta olmasangiz, KHISO olimpiadasining o‘ziga ro‘yxatdan o‘tish orqali ham reyting ballaringizni oshirishingiz mumkin.💡

🌟 Ikkala olimpiadadagi natijalar umumiy reyting ballariga qo‘shiladi. Eng yuqori reyting balliga ega o‘quvchilar esa Toshkent shahrida o‘tkaziladigan xalqaro “Yozgi maktab”da bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi!


❗️ Oflayn olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish:
🔗 offline.khiso.uz

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma:
📲 www.tg-me.com/khiso/5059

❗️ Respublika boʻylab o‘tkaziladigan manzillar:
📍 khiso.taplink.ws

❗️ Savollar bo‘yicha murojaat uchun:
💬 @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O‘zbek_tili_bayrami

🟢 Shovot tumanida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chellenj tashkil etildi! 🇺🇿

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan mazmunli “Ona tilim – faxrim mening!” nomli chellenj o‘tkazildi.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va millat hayotidagi o‘rnini yorituvchi she’r va chiqishlar bilan ishtirok etdilar.

🇺🇿 Chellenj ona tilimizga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM” CHELLENJI

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda tajriba almashayotgan bir guruh o‘qituvchilar ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida chellenj tashkil etildi.

Ustozlar ona tilimizning boyligi va go‘zalligini tarannum etuvchi she’r va hikmatli so‘zlarni ijro etib, o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromni ifoda etdilar.

📸 Ona tilimiz — millat faxri, birlik ramzi!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston – Ozarbayjon xalqaro malaka oshirish dasturi doirasida hamkorlik

Xorazm viloyatidan bir guruh fan o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda.

📘 Bugungi kunda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining 2-kuni muvaffaqiyatli davom etmoqda. Dastur davomida pedagoglar Ozarbayjonning ilg‘or ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlari bilan amaliy tarzda tanishmoqdalar.


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
2025/10/28 05:30:27
Back to Top
HTML Embed Code: