Telegram Web Link
#Ko‘rikTanlov

🎤🖌 “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining Yangibozor tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar.

🎶 Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yosh iste’dodlar o‘z mahoratini namoyish etdilar.

🏅 G‘oliblar Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍6
#️⃣ "Sen iste’dodlisan" tanlovining Gurlan tuman bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 21-oktabr kuni Gurlan tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida "Sen iste’dodlisan" respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🎭 Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

🏅 G‘olib o‘quvchilar Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
🟢 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

🇺🇿 Xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy tarixi va serqirra madaniyati o‘zbek tili – ona tilimiz ta’sirida kamol topgan.

📖 Bugun Xiva tumani 12-umumta’lim maktabida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

🎤 Tadbir davomida o‘zbek tili dunyodagi eng boy va chuqur ildizlarga ega tillardan biri ekani, uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekani ta’kidlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Bugun 21-oktabr — "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun".

Xonqa tumanidagi 16-son umumiy o'rta ta'lim maktabi tayyorlagan ijtimoiy videorolik

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"SEN ISTE'DODLISAN" tanlovining Bog‘ot tuman bosqichi bo'lib o'tdi

2025-yil 21-oktabr kuni Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida “SEN ISTE'DODLISAN” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholanib, g‘oliblar Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
2025/10/27 12:22:06
Back to Top
HTML Embed Code: