Telegram Web Link
“Kakku Uyasi Uzra Parvoz” romani muqovalarining dizayn evolyutsiyasi.

1960-yillarning minimalizm va psixodelik san’atidan tortib, hozirgi davrning san’atkorlik, eksklyuziv nashr dizaynlariga qadar bo‘lgan dramatik rivojlanish aks ettirilgan.

Har bir muqova o'z davrining madaniy, estetik va texnologik tendensiyalarini yoritadi.

📖Muqova: Qattiq
💸Narxi: 55. 000 soʻm

➡️Buyurtma berish:
@sotuv_zabarjad

🔸Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6🔥42
Aziza Mukofoti Nizomi.pdf
322.8 KB


Shoir, nosir va tarjimonlar uchun:

– adabiy jamoatchilik orasida e'tirof;

– kitoblari 2000 adadda nashr etish va

– 800 AQSh dollari miqdordagi pul mukofoti va qo‘shimcha sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi tanlov NIZOMi.

Mazkur postni ulashish orgali siz barcha ayol-qizlarimizni ragʻbatlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab boʻlgan boʻlasiz.

P.s: mazkur mukofot sababli tug‘ilgan savol va takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥7👍5🤔1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Sotuvda

Londondan muhabbat ila | Mart binafshalari

🪻"Mart binafshalari" — Sara Jioning ilk romani bo‘lib, unda hayotida yo‘qotishlar va tushkunlikdan so‘ng yozuvchi bo‘lishga intilgan ayolning o‘zini qayta kashf etishi tasvirlanadi. Sirli kundalik orqali u o‘zining ham, avlodlarining ham taqdirini anglaydi.

💌"Londondan muhabbat ila" esa yozuvchiga kengroq shuhrat olib kelgan asar hisoblanadi. Kitobning markazida ona va qiz o‘rtasidagi murakkab, sirli munosabatlar hamda yangi boshlanish imkoniyati turadi. Yomg‘irli London, kitob do‘koni va o‘tmish sirlari kitobxonni o‘ziga jalb qiladi.

Har ikkala roman ham ayollarning o‘zini topishi, sevgi va hayotga qayta umid bilan qarashi uchun ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.


🩷 Mart binafshalari

🖨Muqova: Yumshoq
💸Narx: 35 000 soʻm

❣️ Londondan muhabbat ila

🖨Muqova: Yumshoq
💸Narx: 40 000 soʻm

💡Toʻplam holida xarid qilish: 75 000 soʻm 70 000 soʻm

📫Buyurtma berish:
@sotuv_zabarjad

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥7👍43😍3
Zabarjad Mediа
Aziza Mukofoti Nizomi.pdf
#söragan_edingiz

Savol: Tanlovda g‘olib bo‘lmagan asarlar ommaga tarqatilmasligi kafolatlanadimi?

🪶Javob: Albatta, kafolatlanadi.

Savol: Tarjima asarlarning mualliflik huquqlarini nashriyot oladimi?

🪶Javob: Ha, tarjima huquqlari bo‘yicha nashriyot agentlari shug‘ullanishadi.

Savol: «Deadline» muddati qachon?

🪶Javob: 1-dekabr.

Savol: Qaroqalpoq tilidagi ishlar ham qabul qilinadimi?

🪶Javob: Ha, qoraqalpoq tilidagi ijod namunalari ham qabul qilinadi.

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6🔥4🕊1
📑 Adabiyot ixlosmandlari uchun katta yangilik!

XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri — Milan Kundera endi ilk bora o‘zbek tilida kitobxonlarga yanada yaqin.

“Mavjudlikning chidab bo‘lmas yengilligi”, “Hazil”, “Kulgi va unutilish kitobi” kabi romanlari bilan dunyoda millionlab kitobxonlarni hayratga solgan yozuvchining asarlari endi o‘zbek tilida ham nashr etilmoqda.

🔜 Zabarjad Media hozirda Kundera ijodini tarjima va tayyorlash jarayonida. Tez orada u bilan birga falsafa, muhabbat va hayotning murakkab savollariga sho‘ng‘ish imkoniga ega bo‘lasiz.

🔔Yangiliklarni kuzatib boring, chunki oldinda sizni juda katta adabiy kashfiyot kutmoqda!

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥9👍3🤔2🕊1
Zabarjad Media kuzda qattiq ishlashga ahd qilgan ko'rinadi.😉

🖨 Jadid adabiyoti namoyandalari to'plami to'ldirilayotganidan xabaringiz bor. Ushbu to'plamda kimlarni ko'rishni xohlardingiz?

✍️Izohlar qismida yozib qoldiring!

📆Biz esa yaqin kunlarda siz bilan katta xushxabarni bo'lishamiz!

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥104
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Kakku uyasi uzra parvoz» — nafaqat o‘qiladigan, balki ko‘riladigan asar.

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥97👍6
#tarjimondan

Sara Jio – "Mart binafshalari"

Oʻzimiz sezib-sezmay odamlardan, munosabatlardan, hayotdan ideallikni kutamiz. Masalan, sevgan insonimiz bizdan boshqasiga qiyo boqmasligi kerak, deb hisoblaymiz. Xiyonatni juda ogʻir qabul qilamiz. Biz sevgan va bizni sevgan kishi bir vaqtning oʻzida boshqa biriga iliqlik his qilishini tasavvurimizga sigʻdirolmaymiz. Holbuki hayot bu qadar joʻn emas. Mutlaq oq ham, mutlaq qora ham yoʻq. Inson bejizga xom sut emgan banda deyilmaydi. Komil inson yoʻq.

Hissiyotlar oʻzgaruvchan, beqaror. Uzoq muddatli munosabatlarda hissiyotlarning koʻtarilish va tushish davrlari boʻladi. Shu orada boshqa biriga qiziqishimiz mumkin. Yangi munosabatlar, yangi insonlar doim jozibali tuyuladi. Kun kelib pinhon sirlar oshkor boʻladi va faqat bir tomonni tanlashimizga toʻgʻri keladi. Birini olib qolsak, narigisidan butun umrga ayrilamiz. Mana shundagina kimni chinakamiga yaxshi koʻrishimizni, kim biz uchun muhimligini, aynan kimsiz yasholmasligimizni anglab yetamiz.

Toʻgʻri, bu bizning ideallarimizga tushmaydi. Biz juftimizga bus-butun egalik qilishni xohlaymiz. Nafaqat hayotida, xayolida ham oʻzga biri boʻlishini hazm qilolmaymiz. Ammo dunyo ikki qutbli emas. Hayot ham, inson hislari ham, oʻzaro munosabatlar ham ancha murakkab va chalkash. Mutlaq oqni topolmaysiz. Qorasi kamroq oqni topolsangiz, baxtingiz kulgani shu. Zarra qadar oqiga aldanib, qalbi qop-qoraga uchrasangiz holingizga maymunlar yigʻlaydi.

Qolaversa, aksar dilxiraliklarning zamirida tushunmovchilik yotadi. Misol uchun, kinolarda qiz sevgan yigitini boshqa bir qiz bilan koʻrib qoladi va jahl ustida barini tugatadi. Aslida yigitning yonidagi uning singlisi, qarindoshi, tanishi, biror tasodifiy oʻtkinchi yoki yuqoridagi kabi chalkash munosabatning mevasi boʻlib chiqadi. Yigit arazlagan qizni topguniga va anglashilmovchilik bartaraf etilguniga qadar koʻp suvlar oqib oʻtadi.

Bu hayotda ham roʻy beradi. Nimanidir notoʻgʻri tushunib, kimdandir qattiq xafa boʻlamiz, shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilamiz, shashtimizdan qaytmay oʻjarlik qilamiz. Vaziyatga boshqa koʻz bilan qarash, hammaga oʻzini oqlashga imkon berish, har doim har ikki tomonni eshitish juda koʻp muammolarning va hatto fojialarning oldini oladi.

"Mart binafshalari" nafaqat hayotiy xulosalarga, shu bilan birga juda qiziqarli syujetga ega. Xuddi detektiv kitob kabi yangidan yangi jumboqlar chiqaveradi. Butun asarni bir nafasda oʻqib qoʻyasiz. Kitobni yopgach chalkash hislar qurshovida qolasiz. Bu baxtli yakunmi yoki fojiaviymi, bir qarorga kelolmaysiz.

Manba: The Stranger
9👍9🔥52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videotaqriz

📚 “Dorian Greyning portreti” - ichimizga koʻzgu tutadigan asar.

🎭Ushbu asarda qalb va tashqi koʻrinish bir xil emasligi, inson naqadar ustamonlik bilan koʻnglidagi xunrezliklarini yashira olishi haqida hikoya qiladi.

🔐Ramz va timsollarga toʻla, inson koʻngli va ruhiyatini chuqur ochib beruvchi ushbu romanni oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman.

📖Sahifalar soni: 330 bet
🔎Narxi: 45. 000 (qattiq), 35. 000 (yumshoq)


➡️ Buyurtma berish uchun:
@sotuv_zabarjad

➡️Manba: Birburchak

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥94👍4😁3🕊1
#yangilik

🔎Eng qаdimgi dаvrlаrdаn XV аsrning birinchi yаrmigаchа bo'lgan o'zbek adabiyoti tarixi haqida ma'lumot beruvchi ilmiy asar - «Adabiyot tarixi» kitobxonlarimiz uchun nashrga tayyorlanmoqda!

🗂Kitob o'z ichiga "Avesto", Vedalar, "Oltin yorug'", O'rxun-enasoy bitiklari, "Devoni lug'oti turk", "Qutadg'u bilig", "Hibat ul-haqoyiq" kabi kitoblar va Yassaviy, Rabg'uziy, Hamadoniy, Sayfi Saroyi, Hisom Kotib, Jomiy, Haydar Xorazmiy, Sayyid Ahmad, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayyid Qosimiy, Husayniy, Mirzo Ulugʻbek, Navoiy singari allomalarimiz ijodini qamrab oladi.

✍️Muallif: Nasimxon Rahmonov

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
👍21🔥127
Bugun nafaqat rus klassik adabiyoti, balki jahon adabiyoti va ilm-faniga salmoqli hissasini qoʻshgan yozuvchi Lev Nikolayevich Tolstoy tavallud topgan kun.

Hamma odamlar ham qisman oʻz aqli bilan, qisman birovning aqli bilan yashaydi, ish tutadi. Odamlarning bir-biridan asosiy farqi ham ularning oʻz aqli yoki birovning aqli bilan yashashiga bogʻliq.

Lev Tolstoy | Tirilish

Buyurtma berish uchun:
@sotuv_zabarjad

🕊Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1510👍2👏2🤔1
Forwarded from Santuagara (21+)
​​Nima uchun Aziza?

Oyim yoshligimda bir gap aytgandilar: «Odam Ato va Momo Havvoning ota-onasi bo‘lmagan-da, faqat bolam-bolam deyishgan, shu uchun ota-ona qolib bolam-bolam deyish bizga ham meros qolgan». Mazkur qavlga sodiq oyim doim farzandim, oilam deb yashadilar. Boshqa onalar singari hayot atirgulini izlab, afsuski o‘rniga tikongul o‘pdilar. Shu bilan birga jamiyat hayotidagi qator muammolarni bartaraf etishda ham ishtirok etdilar: ocharchilik yillar non kombinatida, o‘zbeklar ishi avjiga chiqib, kolxozlashtirish yakun topgan on yangi qishloq xo‘jaligini barpo etishda, mustaqillikka erishganimizda soliq tizimidagi yangiliklar sabab inspeksiyada faoliyat olib bordilar va tumanimizdagi shaxsiy tarkibga doir hujjatlarni saqlovchi davlat arxivining muassislaridan biri sifatida tarixga kirdilar, hamda bu sohada qariyb yigirma yilga yaqin jon fido qilib ishlab kelmoqdalar. Aziza Hasanovaning jamiyat hayotiga qo‘shgan hissalari bir yon-u, xonadon ravnaqi, kelajagi uchun qilgan fidoliklar bir yon. Shunga qaramay dunyo har nedan badal talab etadi. Oyim bu kuchga, bunday sharafli hayot yo‘liga yoshgina Aziza ismli orzulari osmonlarcha keng qizchaning evaziga erishgan bo‘lsalar ne ajab...

Yetmishinchi yillari shoir bo‘lish juda katta orzu edi, joiz bo‘lsa ko‘rpangga qarab oyoq uzat deb yo‘ldan urishlar ham kuzatilgan. Lekin g‘uchg‘on tuyg‘ular, satrlarga sig‘mas orzularni jilovlab bo‘larmidi. Oyimning she'rlari yoshligidayoq bir necha bor tuman, viloyat, hatto respublika ro‘znomalari bosilib chiqdi. Ba'zan ustozlar maqtashdi, ba'zan esa o‘zlarini nomini qo‘yib she'rlarni chop etishdi... To kay yo ijod yoki oila yukini tanlashga qadar. Ehtimol oyim dadamni Usmon Azim she'rida aytganidek: «yigirma yil avval» uchratganlarida adabiy dunyoyimizda yana bir guldek shoirimiz bo‘lardi, balki.

Kuzgi tengkunlikda oyim oltmish uch yoshni qarshilaydilar. Hamon ijod dardi o‘rtaydi onamni, buni farzand sifatida emas, bir ijodkor sifatida his qilaman. Kelayotgan bayramga oyimga ne tuhfa etishni, nimani armug‘on etish uzoq o‘yladim. Axiyri oyimdek ikki o‘t orasida qolgan, ijod yo‘lini tanlay olmay oilasiga umrini, borini bergan xotin-qizlar uchun «Aziza» mukofotini ta'sis etish va homiylik qilishga qaror qildim. Taklifimni qo‘llab quvvatlagan, sherikchilikda bu loyihani uzviy davom ettirishga rozilik bildirgan Zabarjad Media nashriyoti rahbari Ma'mura opa Qutliyevaga ham shu o‘rinda minnatdorchiligimni bildirib o‘tishim kerak. Kimgadir erish tuyilar, lekin ishonchim komilki, oz bo‘lsa-da mazkur loyiha orqali barmoq bilan sanarli xotin-qizlarni ijod olamiga qaytarishga, ravnaq topishlariga erishsak, nafaqat mukofot ta'sischilar, oyim ham juda sevinishlariga aminman, hamda bu loyihani qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga cheksiz lutf va hurmatimni izhor etaman. Yaxshiyam onalar bor, yaxshiyam ijod ahli bor, yaxshiyam mazkur toifalarni sevuvchi muxlislar bor❤️

Hurmat va ehtirom ila Nurali Qahramon

P.s: 2000-yillarning boshlari, chapdan soliq inspeksiyasi xodimlari Jamila Toshmatova va Aziza Hasanova
24🔥12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizga ham tanish holatmi?😅

Eng qizg'onib o'qigan kitobingiz qaysi? Izohlarda javobingizni kutamiz!

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣29😁122👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔝Kuchli ayol obrazlar bilan top 5 kitob!

Madlen Miller - Kirka
Alberto Moravia - Rimlik ayol
Go'zal Yaxina - Zulayho ko'zini ochyapti
Sara Jio - Londondan muhabbat ila
Uolter Tevis - Qirolichaning yurishi


➡️🟢Buyurtma berish uchun:
@sotuv_zabarjad

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzami😆

Qaysi kitob sabab shu ko‘yga tushgansiz?
Izohlarda javobingizni kutamiz!

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁158🔥4🤣2👍1😍1
🎊Uzoq yillardan buyon biz bilan hamkorlikda ishlab kelayotgan tarjimon, siz sevgan Taxtlar o'yini, Nyu-york trilogiyasi, Kirka, Rangin qushcha va shu kabi kitoblarni o'zbek kitobxonlariga yetib kelishida katta hissa qo'shgan shaxs - Mirzohid Muzaffarning tavallud ayyomi bilan qutlaymiz.

Jamoamiz nomidan sizga ezgu niyatlarni tilaymiz.

💫Hurmat bilan Zabarjad Media nashriyoti.


🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🎉23🔥9👍6
2025/10/22 19:48:19
Back to Top
HTML Embed Code: