Telegram Web Link
🧩Toshkentda «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida “Inson uchun” nomli katta savdo ko‘rgazmasi boshlandi. Uni Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilgan.

Bu yerda ko‘plab tadbirkorlar, hunarmandlar, ayniqsa imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz o‘z mahsulotlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishgan. Ular o‘z qo‘li bilan tayyorlagan narsalarni sotishyapti, yangi hamkorlar topishyapti.

Shu bilan birga, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi ushbu pavilonlardan birida alohida "Ziyolilar" burchagi bilan ishtirok etmoqda. Bu loyihada turli sohalarda yutuqlarga erishgan, bilimli, shijoatkor insonlar haqida ma’lumotlar shakllantiriladi hamda almanax ko‘rinishiga keltiriladi.

Biz Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda “Ziyolilar.inson” loyihasini boshladik. Bu loyiha nogironligi bo‘lgan insonlarning salohiyati va imkoniyatlarini odamlar bilan bo‘lishish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Ularning mehnatkashligi, sabr-toqati va shijoati ko‘pchilik uchun yaxshi o‘rnak bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu loyiha yoshlar uchun ilhom va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
#bilishfoydali
🐱 Mushuk bir vaqtning o‘zida ham tirik, ham o‘lik bo‘lishi mumkinligini bilarmidingiz?


Aynan shunday g‘oyani 1935-yilda avstriyalik fizik Ervin Shryodinger taklif qilgan edi. Xavotir olmang - birorta ham mushukka zarar yetmagan. Bu kvant fizikasining g‘alati tomonlarini ko‘rsatish uchun o‘tkazilgan fikr tajribasi edi.

💡Nima sodir bo‘lgan: Shryodinger yopiq qutida mushuk o‘tirganini tasavvur qilgan. O‘sha yerda radioaktiv modda atomi parchalanganda ishga tushadigan zahar kapsulasi ham bor. Parchalanish ehtimoli 50/50. Quti yopiq va hech kim ichkariga qaramayotgan paytda, kvant fizikasi qonunlariga ko‘ra, mushuk bir vaqtning o‘zida ham tirik, ham o‘lik hisoblanadi. Bu holat superpozitsiya deb ataladi.

🧩Oddiy misol: Tasavvur qiling, siz lotereya chiptasini sotib olyapsiz. Uni ochmaguningizcha, bir vaqtning o‘zida ham g‘olib, ham yutqazmagan bo‘lishingiz mumkin. Bu ikki holat siz natijani bilmaguningizcha bir vaqtda mavjud bo‘ladi. Ammo chiptani ochishingiz bilanoq, bitta variant haqiqatga aylanadi - siz yo yutasiz, yo yutqazasiz.

🤔O‘shandan beri fiziklar bahslashmoqda: kim haq? Kuzatuvchimi, zarrachami yoki Koinotning o‘zimi?

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌅Siz bunday joylarga borishni xohlarmidingiz?

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
#bilishfoydali
🧠 Dofamin detoksi nima?


Dofamin detoksi — bu ijtimoiy tarmoqlar, seriallar va shirinliklar kabi odatiy qo‘zg‘atuvchilardan vaqtincha voz kechish. Maqsad — oddiy narsalardan: sayr qilish, kitob o‘qish, suhbatlashishdan quvonch olishni qayta o‘rganish.

⚠️ Adashtirib yubormang: dofamin — foydali gormon, biz undan qutulmaymiz, balki "tez" lazzatlarga qaram bo‘lmaslikni o‘rganamiz.

Detoks vaqti qachon keldi?
- Ertalabdan telefonga yopishib qolganingizda
- YouTubesiz uxlay olmaganingizda
- Muhim ishlarni ko‘ngil ochish uchun keyinga surganingizda
- Ijtimoiy tarmoqlarsiz bezovtalik paydo bo‘lganida

Nima qilish kerak?
📵 Ekranda o‘tkazadigan vaqtni cheklang
🚶‍♀️ Telefonsiz sayr qiling
📚 Kitob o‘qing, dam oling, hozirgi lahzada bo‘ling

Dofamin detoksi — bu voz kechish emas, balki muvozanat va yangilanishdir.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz vaqtni qanday his qilasiz?

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🎓Hamma bu universitet haqida gapiryapti!

TALABACHILIK 😍

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🤩“Ziyolilar 4 – Inson” loyihasida ishtirok etishga tayyormisiz?

Agar siz yoki siz tanigan inson:
Og’ir vaziyatlardan chiqib, o’z irodasi bilan yenggan;
Jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham katta yutuqlarga erishib, boshqalarga ilhom bag’ishlagan;
Ijtimoiy va inkluziv loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkor bo’lsa;

📚 U holda biz sizni “Ziyolilar 4 – Inson” almanaxining yangi sonida kutamiz! Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun profilimizdagi havolaga o‘ting!

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin

📩 Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘ting!

📍Arizalarni topshirish muddati — 20-maygacha! Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
#bilishfoydali
🌱 Plastik butilkalar tabiat uchun qanday xavf tug‘diradi?


O‘rmonda qoldirilgan bitta butilka ahamiyatsizday ko‘rinishi mumkin.
Ammo vaqt o‘tishi bilan u zararkunandalar, ayniqsa xavfli kasalliklarni tarqatuvchi chivinlarning ko‘payish joyiga aylanadi.

Keyin esa parchalanish boshlanadi va u bilan birga tuproqqa o‘simliklarni zaharlaydigan va ekotizimni izdan chiqaradigan zaharli moddalar tushadi.

Nima qilish kerak?

Ko‘p marta ishlatiladigan butilka
— qulay, zamonaviy va ekologik toza. Bir marta sotib olsangiz, har kuni chiqindi hosil qilmaysiz.
Biologik parchalanuvchi materiallar — ular allaqachon makkajo‘xori va boshqa o‘simliklardan tayyorlanmoqda, tabiatga zarar yetkazmaydi.
Saralash va qayta ishlash — topshirilgan har bir plastmassa yerni ifloslanishdan saqlaydi.

Kichik harakat — katta hissa.
Siz ko‘p marta ishlatiladigan butilkaga o‘tganmisiz? 💧👇


Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍Boshqa sayyorada hayot borligini bilarmidingiz?

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🚬Passiv chekish o’zi nima?

To’liqro’q — shu yerda!

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🌳Nega bitta daraxt kuchi shunchalik katta?

Shu yerda!

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎖 9-may — Xotira va qadrlash kuni!

🕊 Bugun biz tinch kelajak uchun kurashgan, eng og‘ir damlarda mardlik va matonat ko‘rsatgan insonlarga hurmat bajo keltiramiz. Ularning jasorati bizga birlik, o‘zaro yordam va yorug‘ kelajakka ishonchning naqadar muhimligini eslatadi.

Biz ozodlik va mustaqillikni himoya qilgan barcha qahramonlarga minnatdormiz. Ularning jasorati doimo qalblarimizda yashab, bizni buyuk ishlarga ilhomlantirib tursin.

💐 Barchaga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaymiz!

Hurmat bilan,
"Ziyo Forum" ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi!

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
⭐️Planning to apply to highly-selective Master’s program abroad?
Does GRE seem intimidating? We'll make it clear and manageable!

Join our free event where we’ll break down everything you need to know about the GRE — from vocabulary memorization strategies to time management during the test.
You’ll learn how to structure your preparation effectively, what resources to use, and how to avoid burnout.

About the speaker:
Abdurashid Abdusalomov
👨🏻‍🎓 Incoming Master's student at the University of Chicago
🇺🇿 “El-yurt Umidi” scholarship recipient
🎯 Personal GRE Score: 319 (164 Quant, 155 Verbal, 3.5 Writing)
Abdurashid helps students from Uzbekistan successfully take the GRE test.

📍 Language of the event: Uzbek + English
📆 When? May 14
🕓 Time: 16:00
📍 Where? Ziyo Forum
🔗
Location link

📚🧠 P.S. Even if you’re just starting your prep — this session will help you a lot!
🚨 The event is free, but spots are limited!
Register here
#bilishfoydali
🧪 Mariya Kyuri - ilm-fanni o‘zgartirgan ayol

1867-yilda Varshavada o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Bolalikdan bilimga chanqoq bo‘lib, maktabni oltin medal bilan tugatgach, Sorbonnada tahsil olish uchun Parijga yo‘l olgan.

🔬Aynan o‘sha yerda u eri Per Kyuri bilan hamkorlikda poloniy va radiy elementlarini kashf etdi. Bu elementlar radioaktivlikni tushunishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu kashfiyot uchun er-xotin fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1911-yilda esa Mariya kimyo sohasida yana bir Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, u ikki fan yo‘nalishida Nobel mukofotini olgan birinchi inson bo‘ldi!

📦Birinchi jahon urushi davrida u ko‘chma rentgen laboratoriyalarini tashkil etdi, hamshiralarni o‘qitdi, insonlar hayotini saqlab qoldi va ilmiy institutlar tashkil etdi. Afsuski, radiy bilan ishlash oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan. 1934-yilda Mariya hayotdan ko‘z yumdi, ammo o‘zidan keyin ilmiy kashfiyotlar davrini meros qilib qoldirdi.

U jasorat, ilm-fan va o‘z ishiga fidoyilik timsoli bo‘lib qoldi.

Kyuri Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ayol ekanligini bilarmidingiz?👇

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
#foydali_bilim
🧠 Agar hamma narsa dori emas, balki miyada bo‘lsa-chi?


Platsebo (lotincha placēbō — "yoqaman") — bu shunchaki "quruq dori" emas. Bu haqiqiy hodisa bo‘lib, insonning davolanishga bo‘lgan ishonchi tanasida fiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi:
• vegetativ asab tizimi faollashadi,
• gormonlar ishlab chiqarilishi o‘zgaradi,
• qon bosimi pasayadi va hatto astma xurujlari to‘xtaydi.

⚡️ Hayratlanarlisi shundaki, ba’zi hollarda platsebo xuddi haqiqiy dori kabi ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, depressiya, surunkali og‘riq va xavotirlanish holatlarida.

Olimlar allaqachon o‘ylashmoqda: balki "quruq dori"ni haqiqiy davolash bilan birga berish kerakdir? Yoki hech bo‘lmaganda, bu ta’sirni aql kuchi bilan "yoqishni" o‘rganish lozimdir.

💊Chunki ba’zida bizga dori emas, balki unga bo‘lgan ishonch haqiqatan ham yordam beradi.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🗂️Ko’p vazifalilik zararlimi?

Shu — yerda! 😍

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
Be a Tourist in Your Own City!

Discover the hidden gems of Tashkent through fresh eyes with Julia Drzymala Mukhiddinov — a Polish expat and content creator who fell in love with the beauty of this city. From art spots and cozy cafes to stunning architecture, Julia’s journey proves that you don’t need to travel far to find magic.

Join us as she shares her experience of exploring Tashkent like a tourist, uncovering the extraordinary in the ordinary, and seeing the familiar in a whole new light.

📅 Date:
May 20
Time:
18:00
🌐 Language:
English
💡 Registration:
click here

See you there — let’s rediscover Tashkent together! 🌆
#ziyoforum_youthcenter
2025/07/08 10:22:55
Back to Top
HTML Embed Code: