Forwarded from Xushnudbek.uz
Soxta achinishlarga boy bayonotlar
Irina Matvienkoning yozishicha, joriy yil fevral oyining boshida u Senat majlisida Xorazmdagi mana shu voqealar haqida hammaga gapirib bergan (sud hukmi 2022-yil 6-sentabrda chiqqan). O'sha majlisda senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari bo'lgan va bundan xabar topgan. Lekin hech narsa bo'lmagan. Birorta tashkilot bu haqida jiddiy o'ylab ham ko'rmagan. Xuddi "ertalab quyosh chiqdi" degan oddiy xabarni eshitganday, majlisdan chiqiboq barchasini unutib yuborishgan.
Oliy Sud ham, Bosh prokuratura ham, Bolalar ombudsmani ham oradan shuncha oy o'tgan bo'lishiga qaramasdan bu haqida sukut saqlashgan. Balki o'zlaricha "mundir hurmati"ni saqlagan holda davlat amaldorlarining bu sharmandachiligini yashirishgandir, kim bilsin. Adliya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa tizimi sharmanda bo'lmasligi uchun, bu xabarni berkitishdan manfaatdor bo'lgan.
Va kecha Irina Matvienko ushbu voqealar haqida batafsil ma'lumot e'lon qilgach hamda buning natijasida ijtimoiy tarmoqlar portlagach, birdaniga hamma tashkilot "tilga kirib qoldi".
Senat ham, Oliy Sud ham, Adliya va FVV ham, Bolalar Ombudsmani ham birdaniga o'zidan sipo yasab olib, ushbu voqeadan chuqur qayg'uda ekanligi, ishni nazoratga olishgani haqida birin-ketin bayonotlar berishdi.
Bularning barchasi soxta achinishlarga boy bayonotlar. Xuddiki o'zini hech narsadan xabari yo'qday tutib, do'ppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar. Agar ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qahr va g'azab sochmaganda edi, ushbu tashkilotlar ikki dunyoda ham bu voqeaga e'tibor qaratib o'tirmasdi.
Yoki agar ular rostdan bugungi kungacha bu voqeadan bexabar bo'lgan bo'lishsa, unda bu yanada yomon. Demak, ular bir tiyinlik tayinli ish qilishmayapti, o'z vazifasini tayinli bajarishmayapti degani. Vaholanki tizim ichida turib, bu voqeadan bexabar qolib ketish uchun ko'zi ko'r, qulog'i kar bo'lish kerak.
👉 @xushnudbek 👈

#opportunities
Call for Applications: Master in High Performance Computing
The Master in High Performance Computing (MHPC) programme, coordinated by ICTP and the International School for Advanced Studies (SISSA), is now accepting applications for the 2023-2024 academic year. As in prior years, ICTP is providing scholarships for applicants from developing countries. The deadline for such candidates is 30 April 2023. Applicants should use the MHPC online application form; instructions are here. Read more...
Master of Advanced Studies in Medical Physics
The Master of Advanced Studies in Medical Physics (MMP) is a two-year advanced training programme run jointly by the ICTP and the University of Trieste. The programme is designed to provide young, promising graduates of physics or related fields (mainly from developing countries) with postgraduate theoretical and clinical training so that they may be recognised as clinical medical physicists in their home countries. The application deadline is 30 April. Read more...
@abror_tuymuradov

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Zhara Festga bormanglar, yaqinlarizga ham ayting va bu aritstlarni qo’llab quvvatlamang. Ular katta urush tarafdorlari.
Urush - yomon narsa.
https://www.tg-me.com/mirzo_zominiy/5581

Telegram
Mirzo Zominiy
Boku va Olmaotada bekor qilingan “Zhara Fest” Toshkentda bo‘ladimi? Aniq javob hali-hamon yo‘q.
Tarkibida Rossiyaning Ukrainaga istilochilik urushini qo‘llab-quvvatlayotgan, propaganda tadbirlarida faol qatnashayotgan xonandalarni jamlagan “Zhara Fest” ikki…

Bu yil 16 millionta ovoz yig’ilibdi. 16 million. Xalq bayram qilmoqda.
Openbudget bu “o’zbekistonliklar o’z soliqlarini taqsimlay olmaydilar, hali tayyor emas, yoki bir maqsad uchun birlasha olmaydilar” degan fikrlarga qarshi isbot va kelajak uchun umid.
@uzbekonomics

davletovuz
Халқ байрам қиляпти
“Ташаббусли бюджет” ғолиблари байрамни бошлаб юборишди.

4 kunlik dam olishdan so'ng seni kutib turgan ishlar.
Linkedin
Abdurakhim Khakimjanov on LinkedIn: After 2-3 days of rest, a week of work awaits you :))
Forwarded from Hakimjon Saidov
Yakshanba kuni soat 11-da (kunduzgi, Toshkent vaqti) Zoom orqali muloqot olib boramiz. Bu muloqot, universitetda o'qiyotganlar (ayniqsa Fizika, Engineering va boshqa aloqador sohalar bo'yicha) va chet'eldagi magistr yoki doktorantura o'qishni maqsad qilgan, lekin hali yo'nalishi, talablari va topshirish jarayonini aniqlab ololmaganlar uchun ko'proq foydali bo'ladi deb hisoblayman. Zoom link:
https://nus-sg.zoom.us/j/87370671583?pwd=OUI5UWRRSUhXL28xMitabHNLVWc0Zz09

Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
Hozirda AQSHdagi bir univesitet yozgi maktabida o‘zbek tilidan dars beryapman. Ayrim muhim jihatlarni qayd etib o‘tmoqchiman.
1.Universitet xodimlarining o‘zaro hurmat va xushmuomalalilik bilan munosabatda bo‘lishi. Xususan, birinchi yig‘ilishdayoq “Yozda dam olishning o‘rniga shu vaqtingizni bizga bag‘ishlaganingiz uchun minnatdormiz” deb gap boshlashdi. Har bir email da “Sen biz bilan ishlayotganingdan juda baxtlimiz” kabi ifodalar qo‘llanadi. Kimdir “samimiy emas” deb e’tiroz bildirishi mumkin. Nima ahamiyati bor buning? U sizga qo‘pollik qilmayotganing o‘zi hurmat ko‘rsatayotganini bildiradi. Har doim, istisnosiz ravishda samimiy qo‘pollikdan nosamimiy xushmuomalalilik yaxshiroq.
2.Student office, ya’ni talabalar duch keladigan muammolar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim o‘zi qiladigan ishlar haqida ma’lumot berarkan, o‘qituvchilarga “biz sizning akademik faoliyatingizga aralashmaymiz. Faqat bittagina holatda, agar talaba kasalxonada komaga tushib qolgan bo‘lsagina, sizga murojaat qilib, mana shu talaba shu holatda, u faningizni o‘zlashtirishi uchun unga yordam kerak deb aytishimiz mumkin, boshqa holatda umuman aralashmaymiz” dedi. To‘g‘risi, sevdim shu gapini! Ochig‘i, oxirgi vaqtda zamdekanlarning baho masalasida o‘qituvchining ishiga aralashgani, kafedra mudiriga qo‘ng‘iroq qilib, nega mana bu o‘qituvchi 2 qo‘ydi deb so‘ragani men uchun aqlga sig‘mas narsa edi. Nega shunchalik darajaga kelib qolganmiz degan o‘y meni haqiqatan ham juda qiynaydi.
Bu yerda PhD himoya qilgan yurtdoshimiz aytib qoldi, professor darsda nima o‘tishiga birovning aralashishga haqi yo‘q, deb. Ya’ni professorning erkin bo‘lishi buni suiiste’mol qiladigan domlalarni hisobga olganda ham ta’lim uchun muhimroq ekanini anglaganlari va buni ta’minlab qo‘yganlari tahsinga sazovor. Biz esa o‘qituvchi tayyor emas erkinlikka deb u har bir darsda nima o‘qishini o‘quv yili boshida O‘UM (УМК ya’ni) bilan muhrlab, tasdiqlab qo‘yamiz. Birinchidan, O‘UMlar har doim qisqa muddat ichida katta material tayyorlanishini talab qilgani uchun hech qachon sifatli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, talaba original ilmiy manbani o‘qishi kerak, o‘qituvchining konspektini emas.
3.O‘ta muhim masala - o‘qituvchilarning dars yuklamasi. Bu yerda bir professor yiliga uchta kurs o‘qirkan. Har bir kurs bir semestrdan davom etarkan, haftasiga 2marta. Professor xohlasa 3ala kursni bir semestrda o‘qib, keyingi semestr to‘liq ilmiy ish bilan band bo‘lishi mumkin ekan (qanday baxt?!). Bizda dars soatlari hali ham juda ko‘p. O‘qituvchiga yiliga 350 soat auditoriya soati belgilangani bilan, auditoriyadan tashqari soatlar, xususan, BMI, magistrlik ishi, PhD dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik kabi soatlar bo‘lmasa, o‘qituvchi yiliga 700 soat dars o‘tishi kerak degani. Bu haftasiga, o‘zimning tajribamda, 9 para (16-18 soat) dars o‘tish degani. Nega biz shuni kamaytirmaymiz, hech tushunmayman. Talabaga ham, professor-o‘qituvchiga ham yuklamani keskin kamaytirish kerak. Toki domlaning haqiqiy dars berishga vaqti bo‘lsin, talabalarning ishtiyoq bilan izlanib o‘qishiga imkoni bo‘lsin.
4.Bizga ko‘p ilmiy tadqiqotlar kerak o‘zbek tilining o‘zlashtirilishi bo‘yicha. Ilmiy asosda yaratilgan darsliklar va baholash tizimlari kerak…
@psixolingvist

Forwarded from Karim Raximov (Karim Raximov)
O`z qadringni o`zing bilmasang boshqalar nimaga seni qadrlashi kerak?
Valodya va uning oilasini juda katta olma bog`i bor. Ular avvallari olmalarni faqatgina o`zlari terib sotardi. Ular olmalarni 20 foizinigina terib sota olardi qolganiga ulgurmasdi, chunki ishchi kuchi kam edi. Keyinchalik ular qo`shnilarini ishga yollashdi va foydasi 4 barobarga oshib ketdi. Chunki endi olmalarni hammasini terib, sotish imkoni bor edida, undan tashqari qo`shnilar juda kam maoshga ishlashardi. Qo`shnilardan biri Dehqonqul Valodya ularga qanchalik zug`m qilsa ham mehnatini qadriga yetmasa ham "Valodya aka zo`r shu kishi bizani boqayapti, shu kishi bo`lmasa biz nima qilardik" deb bod-bod qaytarardi. Vaholanki Dehqonqulning yordami bilan Valodya yanada boyiyotgan edi, Dehqonqulsiz Valodya zarar ko`rardi.
Rizq Allohdan ekanligini va o`z mehnati qadrini bilmagan essiz Dehqonqul-a.....
Shu o`rinda Rossiya bizni boqyapti,ularsiz nima qilardik deyayotgan do`stlar, tushuninglar iltimos Rossiya bizni boqmayapti. Bizni tayyor va arzon ishchilarimiz bo`lmasa ularni iqtisodiyotiga katta zarar. Ularga keraksizki sizga ish berayapti.
Yevropalik bir professor bilan qochoqlar masalasida gaplashganimda u shunday degandi "qochoqlar bu tayyor ishchilarku, ularni bog`chasiga maktabiga va hokazo ulg`aygancha bo`lgan xarajatlariga pul to`lamaysan, tayyor ulg`aygan arzon kadr keladi va uni davlatingga to`g`ri integratsiya qilsang bo`ldi. Boshqa davlatdan kelib ishlaydiganlar davlat uchun juda arzonga tushadi." Shu uchun Yevropa juda ochiqlik bilan Ukrainalik qochoqlarni qabul qilayapti, chunki ukrainlar Yevropa davlatlariga osongina integratsiya qiladi.
AytganchaDehqonqul ismi Tog`ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar"idan chopildi
@karimraximov

Aytgancha
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Prezident maktablari haqidagi diskussiyadan yagona qiladigan xulosam — maktablar sonini bir-ikki yilda kamida oʻn barobarga oshirish kerak ekan. Oʻn yilda esa qabul kvotasini yuz barobarga oshirish kerak.
Bu narsa qimmatmi? Ha qimmat. Lekin davlat pul ketkazayotgan boshqa joylardan iqtisod qilaylik.
Bir prezident maktabini qurish — 40 milliard soʻm atrofida ekan. Bu taxminan 3.5 million dollar. Bizdek kambagʻal mamlakat uchun katta pulmi — albatta. Lekin solishtirish uchun Toshkent shahridagi bir dona Hyatt mehmonxonasi uchun davlat 200 million dollardan koʻp xarajat qilgan edi (yer uchun xarajatlar hisobga olinmagan). Bu 70 ta yangi prezident maktabi narxi. Xuddi shunday, yaqinda moliyaviy muammolarga uchragan Toshkent metallurgiya zavodini qurishga 400-500 million dollar ketgan. Prezident maktablari soniga chaqsak raqamlar tushunarli. Bunday zarar keltiruvchi yuzlab sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari mavjud. Ayrimlari, hozirgi keltirilgan misollar kabi — buxgalterlik darajasida manfiy foyda keltiradi, ayrimlari esa, masalan avtosanoat kabi, musbat raqamlarga chiqish uchun yana bir necha yuz million dollarga isteʼmolchilarga zarar keltiradi. Lekin umuman olganda hammasi byudjetimiz va iqtisodiyotimiz uchun teshik. Shuning uchun, boshqa xarajatlarimizga qarasak, yuzlab yangi prezident maktablarini qursak boʻlar ekan. Notoʻgʻri iqtisodiy siyosatga pulni tejasak bas.
Men prezident maktablarini misol keltirishimni sababi — bugungi kunda ularga kirish koʻp mulohazalarni sababi boʻlmoqda. Aslini olsa, Oʻzbekistonga minglab oddiy maktablar ham kerak, aksar maktablar kapital remont talabida — bu haqida koʻp va xoʻb gapirildi. Men aytmoqchi boʻlganim, hatto prezident maktablari darajasidagi “yaxshi” yuzlab maktablar qursak boʻlar edi, bemaʼni loyihalarda byudjet va aholini pulini isrof qilmasak.

Forwarded from Mirzodan maktub
O‘zbekistonda yashillikni, daraxtlarni yomon ko‘rishadi, ulardan nafratlanishadi.
Kecha Farg‘ona haqida xabarning og‘rig‘i ketmasdan, bugun endi Buxoro va Surxondaryoda daraxtlar qatliomini boshlashlari haqida xabarni o‘qidim.
O‘zbekistonning ikki juda ham issiq hududlari – Buxoro (2017 – 2022-yillar oralig‘ida yashilligi 37%ga kamaytirilgan) va Surxondaryoda yo‘l qurish uchun 70 ming daraxtning (!) bahridan o‘tishmoqchi.
O‘zbekistonda davlat rahbari (!) tomonidan daraxtlarni kesishga moratoriy va “Yashil makon” loyihalari (tagiga oldirib yuborilgan) e’lon qilinganiga qaramay, daraxtlarni kesish hamma hududlarimizda faol kechmoqda.
Yangi Ekologiya va turizm vazirligiga real kuch richaglari berilishi, deputatlar esa jimgina o‘tirmasliklari shart, bo‘lmasa, shusiz ham hayoti “asal” bo‘lmagan, elektr va gazga zor o‘zbekistonliklar kelajakda endi zahar, qum, sho‘r yutishga ham majbur bo‘ladilar.
🌳 POSTERNI MAKSIMAL BO‘LISHING!
Quyidagi heshteglardan foydalanib, bong uring:
#DaraxtlarniAsraylik
#NafasOlolmayapman
@mirzo_zominiy

Deadline 30-sentabr
Yadro fizikasiga oid magistratura mutaxassisliklarida o'qiyotgan yoki endi kirgan talaba qizlar/ayollar Marie Sklodowska-Curie Fellowship Programme (MSCFP) stipendiya dasturiga topshirishlari mumkin. $20 000 atrofida grant olish mumkin.
O'zMU talabalari ham topshirishlari mumkin. Yutish imkoni bor.
Batafsil quyidagi linkda
https://www.iaea.org/services/key-programmes/iaea-marie-sklodowska-curie-fellowship-programme

Shu narsaga mutlaq qoʻshilaman. Oʻzi bir sohani oʻldirish uchun eng samarali yoʻl — narxlarni sunʼiy ushlab turish. Amerikada bir gap boʻlar edi — shaharni bombardimon qilishdan ham yomon tusga solib qoʻyadigan qaror — shaharda ijara narxlarini sunʼiy ushlab turish. Xuddi shunday, oliy taʼlimni oxiri voy boʻlib boʻlgan deyishingiz mumkin, lekin undan battar boʻlib qolish ehtimoli bor.
Oliyjanob maqsadda narxni nazorat qilish — parokandalikka olib boruvchi yoʻl. Biz Oʻzbekistonliklar bu narsadan saboq olmagunimizcha sinovlarga duch kelaverar ekanmiz.
https://www.tg-me.com/the_bakiroo/6983

bakiroo
Яна бир молиявий тузоққа тушиб қолишимиз мумкин. Бу сафар олий таълимда
Пандемия йилини ҳисобламаганда, учинчи йил кетма-кет тўлов-контракт миқдорлари оширилмай қолмоқда (бу даврда ўзбек сўми 40 фоиз атрофида қийматини йўқотган). Гўёки тижорий мустақиллик…

Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bektosh Hatamovning "Nega O'zbekistonda ilm rivojlanmaydi?" mavzusidagi postini o'qib, UCLda (University College London, xalqaro reytinglardagi o'rni: QS World University Rankings - 9 o'rin, Times Higher Education - 22 o'rin, Academic Ranking of World Universities - 17 o'rin, pedagogika yo'nalishi bo'yicha - 1 o'rin) magistrlik dissertatsiyasi ustida qanday ishlaganim, umuman, bu universitetda magistrlar bilan ishlash qanday tashkil qilingani esga tushdi.
O'qish sentyabrda boshlansa, taxminan noyabrning boshlarida ilmiy rahbarim (supervisor) men bilan uchrashuv belgiladi. Bu uchrashuv davomida qanday mavzuda tadqiqot olib bormoqchi ekanligim haqida gaplashdik. Men O'zbekistondagi test tizimining talabalar va o'qituvchilarga ta'sirini (washback) o'rganmoqchi ekanligimni aytdim. U menga tadqiqot savollari ustida ishlashga yordam berdi. Qayta-qayta "xo'p, bu tadqiqotingning yangiligi nimada bo'ladi deb o'ylaysan, shu sohadagi qaysi bo'shliqni (gap) to'ldirishga yordam beradi deb o'ylaysan?" deb so'rardi. (Professor-o'qituvchining hamma sharoitlari bor alohida xonasi borligi, talaba bilan qiy-chuv-to'polon "kafedra" atalmish xonada uchrashmasligi, yoki bo'sh xona qidirib universitetni kezmasligi - alohida mavzu.)
Birinchi uchrashuv davomida ilmiy rahbarim bilan reja tuzib oldik. Yil davomida dissertatsiyaning qaysi boblari ustida qachon ishlanadi, unga bu boblarning xomaki nusxalarini (drafts) qachon topshiraman - jadval qilib oldik. Har bir bobning xomaki nusxasini elektron pochta orqali yuborganimdan bir necha kun o'tib, rahbarim uni izohlari bilan qaytib yuborar edi. "Bu yerda nima demoqchisan?", "Bu fikrni qaysi manbalardan olgansan?", "Mana bu joyi bo'sh", "Mana bu joydagi fikrni rivojlasntirish kerak", "Bu fikrga asos qani?" - hoshiyalar shunga o'xshagan izohlar bilan to'la bo'lardi. Xatda, shuningdek, u bilan ishimning mihokamasi uchun qachon uchrashishim belgilangan bo'lardi. Men uning izohlari bilan tanishib chiqqach, belgilangan vaqtda universitetda yuzma-yuz ko'rishib, muhokama qilardik va keyingi qadamlarni belgilab olardik.
Xullas, bir yil davomida rahbarim "onamni Uchqo'rg'ondan ko'rsatdi". Maza qilib Londonni aylanish, dam olish o'rniga kutubxonada ilmiy jurnallar yoki kitoblar titkila, telefon orqali O'zbekiston bilan bog'lanib, intervyular o'tkaz, keyin bu intervyularni qayta-qayta eshitib, qog'ozga tushirib (transcribe), tahlil qil, bog'liqliklar va tendensiyalarni aniqla ... Lekin men shu ishi uchun ilmiy rahbarimdan minnatdorman. Aynan shu talabchanligi, shu bilan birga, fikrga, diskussiyaga ochiqligi menga ko'p narsani o'rgatdi, ham yuqori baho olishimga yordam berdi. Hatto dissertatsiyaning yakuniy variantini topshirganimdan keyin, baholovchilardan olgan taqrizim esimda: ishimning ijobiy taraflari va kamchiliklarini batafsil yozib berishgan, qo'ygan bahosini asoslab berishgan edi.
Bizning universitetlarga o'xshab "magistrning ish rejasi", "dissertatsiya mavzusini mavzular bankidan tanla" degan "ajoyib" talablar yo'q edi. (ToshDO'TAUdagi o'qituvchilar dekanat qayta-qayta so'rayverib bezor qilganidan "mana senga" deb "to'ldirib" bergan "magistrlik dissertatsiyalari uchun mavzular banki" va undagi "ajoyib" mavzular esimda: falonchi asarni falon sinfda o'rganish, pistonchi mavzuni piston sinfga o'rgatish ...) Mavzuga asosiy talablar - o'zim uchun qiziq bo'lishi, ilmdagi qandaydir bo'shliqni to'ldirishga, muammo yoki hodisani ilmiy jihatdan tushunishga yordam berishi kerak edi. Xullas, mana shunga o'xshagan jihatlar universitetlarni reytinglarda "top"ga olib chiqadi, daraxtlarni o'qituvchilarga biriktirishlar-u qog'ozbozliklar emas. Menimcha.

@dilmurod_tuymurodov - shu kanalni kuzataman, siz ham kuzatishingizni tavsiya qilaman.
Forwarded from Uzb_Meteo
Минтақада иқтисодий барқарорлик учун "айлана-схема" тамоили яна кун тартибида.
Иқтисодчи Отабек Бакиров ёзяпти: "Türkmengaz ва Ироқ электроэнергетика вазирлиги ўртасида тузилган битимга кўра, Туркманистондан Ироққа 5 йил давомида ҳар йили 9 млрд.куб газ экспорт қилинади. Туркман гази Эрон ҳудудидан ўтган газ трубалар орқали SWAP шартларида Ироққа етказилади. Шундоқ ёнимизда, тайёр инфратузилмали туркман гази бўла туриб, ўрисдан газ тиланганлар учун ҳеч бўлмаса, тарихнинг сўроғи бўлади."
Пастдаги схемада минтақада сув ресурслари, экологик ва энергетик барқарорлик, товар экспорти манзилларини ўзгартириш фонида иқтисодий ривожланиш, қурғоқчилик хавфини кескин камайтиришга қаратилган айрбошлаш чора-тадбирлар схемаси келтирилган.
Бу, схема минтақада барқарорликни кафолатлайди. Бу, бешта мамлакатнинг ўзигагина боғлиқ. Табиат ҳам ҳар бир мамлакат учун келажакда муаммолар гирдобига тушиб қолмаслик учун қимматли ресурсларини тақдим этиб қўйган.
Фақат буни тақсимоти, тўғри айрбошлаш учун "олтинбошлар" керак холос. Иқтисодий барқарорликка эришишда туркман ўзининг табиий гази орқали сувли бўлади, ўзбек ўзининг кенгайтирилган энергоресурслари орқали сув масаласини еча олади, чўллашиш олдини олади, жанубга томон экспорт салоҳиятини кескин оширади, тожик ва қирғиз томон хам айланма схема бўйича тўғри қадамлар ташласа, иқтисодий ривожланиб боради. Афғон томон эса ўзинг қуруқлик йўли ва қимматли табиий ресурсларини айрбошлаш фонида энергетик барқарорликка, эришиб, ривожланиб боради.
Схемага яна бир бор чуқур разм ташлаш керак. Бу 10 йил, ана 20 йилларда минтақа учун ўта актуал мавзуга айланади.

Uzb_Meteo
Амударё сувларидан истиқболда самарали фойдаланишда тўрт мамлакат томонидан амалга оширилиши керак бўлган чоралар.
Минтақада сув тақчиллиги, қурғоқчилик хавфлари, экологик бўҳронлар, чанг бўрони хавфлари, иқлим муҳожирлари хавфи, иқтисодий қурғоқчилик хатарларини…
Минтақада сув тақчиллиги, қурғоқчилик хавфлари, экологик бўҳронлар, чанг бўрони хавфлари, иқлим муҳожирлари хавфи, иқтисодий қурғоқчилик хатарларини…
Forwarded from Karim Raximov (Karim Raximov)
Xaos
(ozgina ilmiy ammo qiziq)
Ilmiy ishlarimning bir qismi dinamik sistemalarni o'rganishga bag'ishlanadi. Undagi ayrim narsalarni sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Misol uchun yashab turgan dunyomiz vaqtga bog'liq holda dinamik ravishda o'zgarib boradi. Ya'ni u o'zgaruvchisi ko'p bo'lgan juda murakkab dinamik sistema tashkil qiladi. Dinamik sistema stabil va xaotik bo'lishi mumkin. Stabil holat deganda kichkina o'zgarish kelajakda hech nimani o'zgartirmasligini tushunamiz, va bu holatda kelajakda nima bo'lishini bashorat qila olamiz.
Xaotik holatda esa kichkina o'zgarish kelajakda katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkin va kelajak haqida nimadir bashorat qilish qiyin. Misol uchun siz "Kapalak effekti" haqida eshitgan bo'lishingiz mumkin. Kapalak effekti degani, bir joyda kapalakning qanot qoqishi vaqt o'tgandan keyin boshqa bir joyda dovul keltirib chiqarishi mumkin degani. Kapalak effekti xaotik sistemada kuzatiladi.
Bizning dunyo dinamikasi ko'p jabhalarda xaotik. Misol uchun, ota-onaning kichkina harakati kelajakda farzandiga shu bilan birga millatining kelajagiga katta tasir qilishi mumkin. Ota-ona bolalari oldida telefon o'ynamasdan shunchaki kitob o'qib yoki hech bo'lmaganada kitob o'qiganday qilib o'tirsa bolalar ota-onasiga qarab ilmga qiziqib millat kelajagiga ta'sir qiladigan bir kadr bo'lib yetishishlari ehtimoli katta, bu bir kichik o'zgarish lekin vaqt o'tib katta natija beradi.
Endi entropiya haqida
Entropiya bu sodda qilib aytganda xaosni darajasini aniqlab beradigan ko'rsatkich. Sistemada entropiya qancha katta bo'lsa kichkina o'zgarish katta natija berishi shuncha tez kuzatiladi. Qancha vaqt o'taversa bizning dunyo umumiy entropiyasi shuncha kattarib boraveradi. Shu uchun hozirda ko'p falokatlar tez-tez kuzatilayapti va bir kichkina o'zgarish tezda katta natijalarga olib kelayapti, kambag'al tezda boy, boy esa tezda kambag'alga aylanib qolayapti.
Xulosa qilib aytganda hozirgi dunyoda hech bir harakatingizni kichik sanamang, har bir kichik yaxshi harakatingiz sizga katta yaxshilik, kichik yomonligingiz esa katta yomonlik olib kelish ehtimoli juda katta.

Farqi bundan kattaroq bu narsani. Bizlar “taklif qilganimizda” ular tomonidan munosabatlarga tahdid soluvchi gaplarni amaldagi siyosatchi, qonun ishlab chiquvchi parlamentning aʼzosi, asosiy siyosiy partiyalardan birini yetakchilaridan biri va Rossiya milliy gvardiyasi polki qoʻmondonini muovini gapirgan edi.
Bizda esa oʻz fikrini bildirgan odam siyosatchi yoki harbiy emas va siyosiy qarorlarga ham masʼul emas. Bu ikki hodisada kattaroq farq shundaki, Rossiyaliklar suveren mamlakat — Oʻzbekistoning erkin fuqarolari nima deyish yoki demasliklariga aralashishmoqda.
Biz esa, amaldagi siyosatchini fikrlariga norozilik bildirgan edik. Agar hozir ixtiyoriy Rus jurnalistlari va ijtimoiy faollari gaplari uchun Rus elchisini “taklif qilishni” yoki chaqirtirishni boshlasak, Rus elchisi oʻz ishxonasidan koʻra TIV binosida koʻproq kun oʻtkazadi.
https://www.tg-me.com/jalilovqaydlar/1767

Jalilov. Qaydlar
Ular chaqiradi, norozilik bildiradi. Biz taklif qilamiz.
Do you feel the difference?
Do you feel the difference?