Assalomu alaykum. Karantinda vaqtdan unumli foydalanib, telegramda o'z kanalimni ochishga qaror qildim. Ushbu kanal orqali bugungi kunda yurtimizda va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatimni bildirib boraman va mamlakatimizda turli sohalarni rivojlantirish bo'yicha fikrlarim bilan o'rtoqlashaman.
❌Karantin qoidalarini buzganlik uchun qaysi davlatlarda qancha miqdorda jarimaga tortiladi:
🇮🇹Italiya: boshida o'zini o'zi izolyatsiya qilish qoidalarini buzganlik uchun 206 yevro edi, keyinchalik bu miqdor 400 yevroga oshirildi. Sababsin uydan tashqariga chiqqanlik uchun esa 3000 yevrogacha jarimaga tortish mumkin. Agar karantin qoidalarini koronavirusga chalingan inson buzsa, unda kamida 3oy qamoq jazosiga tortiladi.
🇪🇸Ispaniya: Jarimaning eng kam miqdori 100 yevro, eng ko'pi esa 600 000 yevro. Shuningdek huquqbuzarlikning og'irligiga qarab kamida 3 oy muddatga qamoq jazosi qo'llanilishi mumkin.
🇫🇷Fransiya: Bu yerda odamlarga uzrli sabablarsiz ko'chaga chiqish ta'qiqlandi. Xattoki, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sorib olgani chiqish uchun ham internet orqali onlayn ruxsatnomani olib, uni chiqarib o'zlari bilan olib yurishlari lozim bo'ladi. Agar bu hujjat yonlarida bo'masa, 38yevrodan 135 yevroga miqdorgacha jarimaga tortiladilar.
🇦🇺Avstraliya: Mamlakatga kirib kelgandan keyin majburiy 14kunlik karantin qoidalarini buzganlik uchun 15 000 Avstraliya dollarigacha jarimaga tortiladilar, yoxud 6 oygacha qamoq jazosi qo'llaniladi.
🇺🇸AQSh: Jazo choralari har bir shtat uchu har xil. Federal darajada karantin qoidalarini buzganlik uchun 100 000 AQSh dollarigacha Jari a belgilanishi mumkin. Shuningdek huqubuzarga 1yilgacha qamoq yoki bir vaqtning o'zida shu ikkala jazo qo' llanilishi ham mumkin.
🇬🇧Buyuk Britaniya: Uzrli sabablarsiz ko'chaga chiqqanlik uchun ming funt jarima yoki qamoq jazosi qo'llanilishi mumkin.
🇺🇿 O'zbekiston. Bizda esa jamoat joylarida niqobsiz yurganlik uchun 1million 115 ming so'm miqdorida jarima, karantin davrida belgilangan boshqa majburiy qoidalarni buzganlik uchun 4 million 460 ming so'mdan 6 million 690 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Shuningdek, karantin sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining:
• tibbiy tekshiruvdan o'tishi va davolanish;
• karantinni o'tash uchun belgilangan joylarga yetib borish hamda ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik;
• kasallik yuqishi mumkin bo'lgan davrda muloqotda bo'lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to'g'risidagi talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaganlik odamlarning ommaviy kasallanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa - 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi;
Agar o'sha harakatlar odamning o'limiga sabab bo'lsa – 5 yildan 7 yilgacha, bir qancha odamlarning o'limiga sabab bo'lsa – 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llaniladi.