Telegram Web Link
Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan marhum shifokorni bunday tamg'alash qanchalik to'g'ri? Bu jamiyatda agressiyani keltirib chiqarmaydimi?
SSV bayonitidan iqtibos: "Наҳотки, киши ўз соғлиғи ва яқинлари хавфсизлиги учун шунчалик совуққон, бефарқ, худбин бўлса. Ахир бу ўз ота-онасига, фарзандлари, неваралари, қўни-қўшнилари, қариндош-уруғлари, халқи, умуман Ватанига хиёнат эмасми? Нега ҳалигача одамларимиз бу касаллик қандай даҳшатли оқибатларга олиб келишини англаб етмаяптилар?!"👇
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ахбороти

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ахборотига кўра, 2020 йил 28 мартнинг айни пайтига қадар мамлакатимизда коронавирус иинфекцияси билан касалланганлар сони 16 тага ошиб, 104 нафарни ташкил этмоқда.
Бугун 39 ёшли 1 нафар эркак беморда ўлим ҳолати қайд этилди. Вафот этган бу бемор Франциядан юртимизга биринчи касалликни олиб келган бемор билан мулоқотда бўлган. У ўз касаллигини дастлаб билган бўлса-да, ўзи врач бўла туриб, юртимизда олиб борилаётган шунча тарғибот ишларига қарамай, шифокорларга мурожаат этмай, уйида яширинча ўзича даволанишга урингани маълум бўлган.
У касалликнинг оғир даври бошлангандан сўнггина 26 март куни Тошкент шаҳридаги Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий текшириш институти клиникасига тез ёрдам хизмати орқали ётқизилган. 27 март куни эса Вирусология илмий текшириш институтига ўтказилган.
Шу ўринда барчани ташвишга соладиган бир жиҳат бор: бу бемор уйида бўлган пайтда қанча одамлар у билан мулоқот қилган, мулоқотда бўлиб касалликни юқтириб олганлар ўз навбатида яна қанча инсонларга тарқатган. Наҳотки, киши ўз соғлиғи ва яқинлари хавфсизлиги учун шунчалик совуққон, бефарқ, худбин бўлса. Ахир бу ўз ота-онасига, фарзандлари, неваралари, қўни-қўшнилари, қариндош-уруғлари, халқи, умуман Ватанига хиёнат эмасми? Нега ҳалигача одамларимиз бу касаллик қандай даҳшатли оқибатларга олиб келишини англаб етмаяптилар?!
Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига қарши курашиш бўйича Президентимиз раҳбарлигида барча ресурслар ишга солиниб, зарурий ва қатъий чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Бунинг замирида энг аввало халқимиз, юртдошларимиз, ҳар бир фуқаромиз нобуд бўлишининг олдини олишдек муҳим мақсад ётганлигини бугун барчамиз қалбдан тушуниб, ўзимиз, оиламиз, яқинларимиз ҳаётини ўйлаб иш тутмоғимиз керак эмасми?
Огоҳлик ва уйда ўтириш ҳамда шифокорларнинг берган тавсияларига тўлиқ амал қилиш барчамиз учун бош масала бўлмоғи лозим!
Koronavirus sabab dunyoning ko'plab mamlakatlarida Favqulodda holat (vaziyat) e'lon qilindi. Mazkur infografikaga e'tibor qaratadigan bo'lsak O'zbekistonda ham shu kunga qadar favqulodda holatlarda qo'llaniladigan bir qator choralar tadbiq etilmoqda. Lekin bizda hali rasman favqulodda holat e'lon qilingani yo'q. Ta'kidlash joizki, mamlakatda favqulodda holat e'lon qilishdan maqsad - epidemiya va boshqa favqulodda sharoitlarda hukumatga va davlat organlariga fuqarolarning ma'lum bir konstitutsiyaviy huqularini cheklashga vakolat berishdan iboratdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun "Uyda qoling" iborasi sayyoramiz aholisiga qilinayotgan asosiy murojaatdir.

@aburxanov
Channel photo updated
Bosh vazir o’rinbosari J.Qo’chqorovning 20 mart kuni Qonunchilik palatasida bergan axborotida Koronavirusning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri xususida ham so’z yuritildi. Xususan, koronavirus sabab joriy yilda eksport tushumi 750 mln. AQSh dollariga, valyuta tushumi 500 mln. AQSh dollariga, xorijiy turistlar soni 500 ming nafarga, tushum 150 mln. AQSh dollariga, 2 mlrd. AQSh dollarilik horijiy investitsiya loyihalari kechikishi, yalpi ichki mahsulotimiz 1,8% gacha, export xajmi 1,1 mlrd. Dollargacha qisqarishi kutilayotgani ta’kidlandi.

@aburxanov
Koronavirus pandemiyasining global miqyosda tarqalib borishini onlayn kuzatib borishga mo'ljallangan sayt ekan. Tavsiya qilaman. Unga ko'ra, kecha dunyo bo'yicha koronavirusga chalinishning 66,767 ta yangi holati qayd qilingan, 3,516 kishi vafot etgan... https://www.worldometers.info/coronavirus/

@aburxanov
Халқ таълими вазирлиги 30 мартдан 3та телеканалда ТВ дарслар намойишини бошлайди.
Uzdigital TV абонентлари:
• 1-4 синфлар учун National Geography Wild каналида,
• 5-8 синфлар учун Eurosport каналида,
• 9-11 синфлари учун эса «Охота ва рыбалка» каналида томоша қилиши мумкин.
Кабель телевидение ва IP-телевидение абонентларида эса ТВ дарслар бошқа телеканаллар ўрнига намойиш этилиши мумкин.
Шунингдек, видеодарслар сунъий йўлдош орқали узоқ ва бориш қийин аҳоли пунктларида ўрнатилган кам қувватли телеузаткичлар орқали қўшимча каналлар шаклида 4та ТВ канал орқали очиқ ҳолда бепул асосда тарқатилиши ташкиллаштирилди.
ТВ дарслар эфир вақти ҳақидаги маълумотлар вазирликнинг расмий сайти www.uzedu.uz ва ижтимоий тармоқларидаги саҳифаларида хар хафта эълон қилиб борилади.
Видеодарслар интернет тармоғидаги қуйидаги манбаларда ҳам жойлаштириб борилади:
TAS-IX да: https://mover.uz/channel/uzeduuz/ TAS-IX дан ташқарида:
https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi
https://www.tg-me.com/uzeduonlinemaktab
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida ham virusga qarshi ehtiyot choralari ko'rilmoqda:))

@aburxanov
Ayni paytda deputatlar O'zbekistonning Yevrosiyo ittifoqiga a'zo bo'lishi masalasini muhokama qilishmoqda. Dastlabki xulosalar:
- Ittifoqqa kirish uchun bojxona postlari infrastrukturasini tayyorlash uchun 1mlrd.$ talab etiladi;
- Ittifoqqa kirish O'zbekiston sanoati (asosan avtosanoat) 2mlrd.$ ga kamayishiga, 100mingga yaqin ish o'rinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin;
- Fuqarolarimiz Rossiyaning hohlagan federatsiyasida ishlash uchun patent olmasdan ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar va pul jo'natmalari hozirgi 4-5mlrd.$ dan 7-8mlrd.$ ga oshishiga erishiladi;
- Xalqaro yuk hamda passajir tashuvlari soddalashtiriladi va tashqi savdo aylanmasi keskin oshadi;
- Birinchi etapda O'zbekiston mazkur Ittifoqqa kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilishi taklif qilindi.

@aburxanov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi Majlisi karantin qoidalariga rioya qilgan holda - dedutatlar o'rtasida 2metr masofani saqlagan holda, qonun loyihalariga mas'ul bo'lgan vazirlik va idoralar vakillari esa onlayn konferensiya aloqasi vositasida masofadan turib ishtirok etmoqdalar.

@aburxanov
2019 yilda O'zbekistondagi siyosiy partilayarga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar:
●O'zLidep - 26mlrd. 001mln. 469ming so'm;
●"Milliy tiklanish" - 20mlrd. 103mln. 594ming so'm;
●"Adolat" SDP - 11mlrd. 391mln. 460ming so'm;
●XDP - 14mlrd. 059mln. 256ming so'm.
Bundan tashqari, saylovlarda ishtirok etish uchun har bir siyosiy partiyaga 9mlrd.+ so'mdan ajratilgan.
●Ekologik partiya uchun esa 2019 yilda Davlat byudjetidan mablag' ajratilmagan. Lekin partiya hisobiga 4mlrd. 409mln. 686ming so'm miqdorda xayriya mablag'lari kelib tushgan.

@aburxanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo'qonda bolajonlar va buvijonlarni tankdan turib virusdan ogoh bo'lishga chaqirishmoqda va salomatlik tilashmoqda.

@aburxanov
O'tgan hafta barcha deputatlar Koronavirusga majburiy test topshirgan edilar. Ayrim sabablarga ko'ra men topshira olmagandim. Parlament yig'ilishlarida qatnashib vijdonim qiynalib yurgandi. Bugun shu testni topshirish imkoniyatiga ega bo'ldim.

@aburxanov
Fuqarolarga qo'shimcha ijtimoiy yordam
• Biz bugungidek favqulodda vaziyatlarda aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy yordam ko'rsatishga qay darajada tayyormiz?
• Har bir oilani qollab-quvvatlash uchun yetarli mablag’lar mavjudmi?
• Ommaviy karantin davrida O'zbekistondagi oilalarni qanday qilib qo’llab quvvatlay olamiz?
https://telegra.ph/Fuqarolarga-qoshimcha-ijtimoiy-yordam-03-31-2

@aburxanov
Bugun Rossiya Davlat Dumasi hukumatning favqulodda holat rejimini joriy qilish huquqi to'g'risidagi qonunni qabul qilibdi.
Qayd etilishicha, hujjat "yangi koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bog'liq muammolarga zudlik bilan javob berish zarurati bilan bog'liq munosabatlarni hal qilish uchun" ishlab chiqilgan.

@aburxanov
Дополнительная социальная поддержка граждан
• На сколько же мы готовы оказывать социальную поддержку уязвимым группам именно в экстренных ситуациях, как сейчас?
• Достаточно ли средств на поддержку каждой семьи?
• Как можно поддержать семьи Узбекистана в период самоизоляции?

https://telegra.ph/Dopolnitelnaya-socialnaya-podderzhka-grazhdan-03-31

@aburxanov
Yaponiyaning mashxur komik aktyori, afsonaviy Shimomura Ken 70 yoshida Koronavirusdan vafot etibdi...
Afsuski, bu virus hech kimni ayamayapti.
Quyida koronavirusdan vafot etgan taniqli insonlar ro'yxatidan ayrimlarini sanab o'tmoqchiman (bu bizni yanada hushyor tortishimizga sabab bo'lsa ajabmas):

Benito Joanet - Ispaniyaning sobiq darvozaboni, "Espanola" va "Saragosa" klublari treneri;

Terrens Maknelli - "Amerika teatrining bardi" sanalmish senarist va dramaturg;

Manu Dibango - dunyoga mashxur fransuz saksofonchi;

Fransisko Garsiya - Koronavirusdan vafot etgan eng yosh mashxur inson, ispan futbolchisi. U 15-mart kuni 21yoshida vafot etdi.

Luchiya Boze - Italiya aktrisasi va "Miss Italiya" tanlovi g'olibi.

Mark Blum - taniqli Amerika aktyori.

@aburxanov
2025/07/04 19:45:29
Back to Top
HTML Embed Code: