Telegram Web Link
🟢 Davlat xizmatlari sohasida yangi bosqich

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

🧑🏻‍💻Unda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik faollari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i E.Maxkamov tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi.

▪️Xususan, 9 oyda 19,7 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilgani, bu esa 2022-yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar o‘sishni bildirishi ta’kidlandi.
▪️Bugungi kunda mamlakatimizda 208 ta Davlat xizmatlari markazi faoliyat yuritib, ularning 84 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan.
▪️Shuningdek, “Adliya QR” tizimi joriy etilib, fuqarolarga ariza topshirish, to‘lovni amalga oshirish va xizmat natijasini kuzatish imkonini bermoqda.
▪️Nazorat tadbirlari natijasida qonun buzilish holatlari 3 baravar kamaygani ham qayd etildi.
▪️Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni bilan 2028-yilga qadar davlat xizmatlari soni 900 taga yetkaziladi, 30 turdagi hujjatlarni topshirish talabi esa bekor qilinadi.


Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi. Tadbir yakunida yig'ilganlar uchun Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan vizual tanishish imkoniyati berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥42👏2🎉1
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi I.Sdikov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.Naurizbaev boshchiligida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi darajasidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilindi.

Mazkur holatlar Qonunning joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Qonunning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullardan Qonunning samarali ijro etilishi yuzasidan takliflari tinglanib, hal etilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bir_murojaat_izidan

Jizzax viloyati, Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Q.A va boshqalarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun ajratiladigan moddiy yordam pullari tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

❗️Aniqlanishicha, fuqaro Q.A va jami 9 nafar xodimlarga 2021, 2022, 2023, 2024-yillar mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun moddiy yordam mablag‘lari to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Forish tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining jamoa shartnomasining o‘n uchinchi bobi, 13.12-bandida har yili kuz mavsumida ish beruvchi tashkilotning xodimlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravariga teng keladigan moddiy yordam to‘lanishini ta'minlashi belgilangan.

⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan xodimlar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudiga da’vo ariza kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra xodimlarga jami 89 490 000 so‘m moddiy yordam pullari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥2👏1
#Adliya_aralashgach

🌶 Xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 mlrd so'mga aylandi...

🔹Do'konga (N*S*2020 MCHJ) kirgan xaridorga xarid qilingan qalampir mahsuloti uchun 20 000 so'mlik chek urishi o'rniga anglashilmovchilik sababli 2 000 000 000 so'mlik chek urib yuborilgan.

🔹Shundan so'ng tadbirkor katta miqdordagi ortiqcha soliq qarzdorligi yuzaga kelganligi sababli 2 000 000 000 so'mlik chekni bekor qilib berishni so'ragan bo'lsa-da, soliq boshqarma chek ma’lumotlarini tahrirlab bo'lmasligini ma’lum qilingan hamda muammo hal etilmagan.

🔹Xatirchi tuman adliya bo'limi tomonidan javobgar Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 17-aprel kunidagi 7**9-sonli chekni tahrirlamaslik xatti-harakatini qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma'muriy sudga shikoyat kiritilgan.

🔹Natijada soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, to'liq tadbirkor foydasiga sudning hal qiluv qarori qabul qilingan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥4👏1
⚡️“ZAGS” qog‘ozi nikoh shartnomasi(mas)mi?

“Uzreport” TVda “Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida nikoh shartnomasi, er-xotin munosabatlari uchun bu hujjat qanchalik muhim? Amaliyotda nikoh shartnomasi tuzdirayotganlar bormi? Nima uchun nikoh shartnomasiga ajrim paytida as qotadigan hujjat sifatida qarashadi? kabi savollarni muhokama qildik. O‘ylaymizki, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollar ochiq qolmadi.

📹 Ko‘rish uchun 👉🏻 https://youtu.be/xZPUaHSe68Q
https://www.facebook.com/share/v/1DH5UgWwBH/
👍4🔥2
2025/10/31 07:58:24
Back to Top
HTML Embed Code: