Telegram Web Link
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi” yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida “E-qaror” elektron tizimida ishlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan kotibiyatlar xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tushuntirildi hamda seminar ishtirokchilari tomonidan savol-javoblar bilan davom etdi va amaliyotdagi muammolar bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Veb-sayt|Telegram | Instagram | Facebook
#Adliya_xabari

📊 Adliya vazirligi tomonidan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha tizimli ravishda choralar ko‘rib kelinmoqda.

Keyingi yillarda mazkur sohadagi huquqbuzarlik holatlari soni oshib bormoqda. Statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, vazirlik tomonidan 2024-yilda 160 dan ortiq huquqiy ta'sir choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘tgan 5 oyi davomida 120 ga yaqin huquqiy ta'sir choralari qo‘llanilgan.

Ta’kidlash lozimki, ushbu huquqbuzarlik holatlarining aksariyati asarlardan muallif va boshqa huquq egasi bilan tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan noqonuniy foydalanish holati bilan bog‘liqdir.

Buning asosiy sabablaridan biri jamiyatimizda san’atkorlar, shoirlar, nashriyotlar va boshqa sohaga doir shaxslar orasida shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda intellektual mulkdan foydalanish madaniyatining shakllanmaganligidir.

Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq foydalanuvchilar asarlardan faqat yozma shartnoma tuzish orqali foydalanishlari mumkin. Ijodkorlarda esa o‘z asarlarini foydalanishga berishda shartnoma tuzish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

🤝Shu sababli sohadagi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida asarlardan foydalanishda vazirlik tomonidan quyidagi namunaviy shartnoma shaklidan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

⚖️ Zero, har bir mulk, jumladan intellektual mulk ham qonun himoyasidadir!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Olis hududlarda joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ish faoliyati o'rganilmoqda.

🔹Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔹Xizmat safari doirasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar, Kitob, Shahrisabz hamda Yakkabog' tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazlari hamda olis hududlarda joylashgan tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ish faoliyati o'rganildi.

🔹O'rganish davomida markazlar hamda tashkilotlar mas'ul xodimlariga yuridik tusdagi hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish hamda yagona huquqni qo'llashni joriy etish yuzasidan metodik ko'mak ko'rsatilib, sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar olindi.

🔹Tashkilotlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar aniqlanib, joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tuman adliya bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

🔹Tashrif davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

🔹Muloqot davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish davomida duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan  o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

🔹Shuningdek, faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan Beruniy tuman hokimligida “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi” yuzasidan seminar o‘tkazildi.

🔹Seminarda Beruniy, To’rtko’l, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlari hokimliklarining “E-qaror” elektron tizimida ishlarni amalga oshirishga mas'ul bo’lgan xodimlari hamda Xalq deputatlari Kengashi kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

🔹Shuningdek, Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan “E-qaror” elektron tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tushuntirildi hamda seminar ishtirokchilari tomonidan savol-javoblar bilan davom etdi va amaliyotdagi muammolar bo‘yicha fikrlar bildirildi.

🔹Shu bilan birga, seminarda ishtirok etgan hokimlik va kengash kotibiyati mutaxassislari tomonidan kelgusida tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 18:15:07
Back to Top
HTML Embed Code: