Andijon davlat universitetida iqtidorli talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning adabiy-estetik qarashlarini shakllantirish hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadida “Ziyo sari bir qadam” nomli ijodiy to‘plam tayyorlanmoqda. Mazkur to‘plamga ta’lim muassasamiz talabalarining ijodiy izlanish mahsuli bo‘lgan she’rlar, publitsistik maqolalar, esse hamda badiiy-publitsistik parchalardan iborat eng sara namunalari jamlanmoqda.
📝 “Ziyo sari bir qadam” ijodiy to‘plami uchun qabul qilinadigan materiallar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Asar Word formatida, o‘zbek tilida (lotin yozuvida) taqdim etilishi shart.
- Muallif haqida ma’lumot: ism, familiya, yo‘nalish, kurs, erishgan yutuqlari, faoliyati va telefon raqami ilova qilinishi lozim.
- Asar hajmi va mavzusida cheklov yo‘q, ammo ijodiy yondashuv va sifat muhim!
Telegram: @savollaringiz_uchun
Telefon: +998946367050
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3⚡2👍2🔥2❤1🎉1
Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda: sport mashg‘ulotlari davom etmoqda
Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur tashabbus doirasida tashkil etilgan boks, yengil atletika, futbol kabi sport to‘garaklari nafaqat universitet talabalari, balki uyushmagan yoshlar uchun ham ochiq bo‘lib, bu yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali murabbiylar ishtirokida muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Bugun, 30-iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 50 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi. Ular orasida universitet talabalari bilan bir qatorda uyushmagan yoshlar ham bor bo‘lib, boks, futbol va yengil atletika yo‘nalishlarida jismoniy tayyorgarliklarini oshirishdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤2👍2🏆2⚡1🔥1
SIMO-2025 xalqaro olimpiadasida Andijon davlat universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi
Poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda TIFT universiteti hamkorligida o‘tkazilgan SIMO-2025 (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ushbu nufuzli ilmiy bellashuvda iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, mazkur xalqaro miqyosdagi olimpiadada Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti o‘qituvchisi Xolmurodjon Qo‘shaqov rahbarligidagi 6 nafar talabamiz munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.
#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥4❤4👍2
Andijon davlat universitetida kasbiy-ijodiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Ayni paytda Andijon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy-ijodiy (ijodiy va sport) imtihonlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, kasbiy-ijodiy (sport yo‘nalishidagi) imtihonlar o‘tkaziladigan asosiy sport maydonlari va zallar zamonaviy pedagogik-me’yoriy va texnik talablar asosida kapital ta’mirdan chiqarilib, ularning moddiy-texnik bazasi to‘liq yangilanmoqda. Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida sport inshootlariga zamonaviy videokuzatuv tizimlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari doirasida universitet hududida ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mavjud daraxtlar oqlanib, buta va manzarali o‘simliklarga shakl berilmoqda. Yashil maydonlar muntazam ravishda sug‘orilib, universitet atrofi va ichki hududi maishiy chiqindilardan tozalanmoqda va tartibga keltirilmoqda.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5❤🔥1👍1
Joriy yilning 28-iyun kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.76.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida Mutalipov Azizbek “Ayrim gidrolizlanuvchi taninlarning kalamush aorta silliq muskuliga vazorelaksant ta’sirini tavsiflash” mavzusida 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.02 - Biofizika va radiobiologiya ixtisosliklaridan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a'zolarining savollariga a'lo darajada javob berdi.
Yig‘ilish yakunida kengash a'zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Mutalipov Azizbek biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏9❤2❤🔥2🎉2⚡1💯1🏆1