Forwarded from Edu.uz
Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari boshlandi
Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395
#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395
#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2❤🔥2🔥1
1816-yil - Sankt-Peterburgda birinchi fond birjasi ochildi.
1919-yil - Millatlar Ligasi tashkil etildi.
1946-yil - Gorkiy avtozavodida birinchi “Pobeda” avtomobili chiqarildi.
1996-yil - Ukraina Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1916-yil 28-iyun - rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Aleksandr Proxorov.
1927-yil 28-iyun - amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi Shervrud Rovland.
1929-yil 28-iyun - sharqshunos olima, pedagogika fanlari doktori, professor Saniya Fayzulina.
1971-yil 28-iyun - kanadalik va amerikalik muhandis va tadbirkor, PayPal, SpaceX asoschisi, Tesla Motors asoschilaridan biri Elon Mask.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥1👍1👏1
Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil qilinmoqda: “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida samarali faoliyat
Andijon davlat universitetining Falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til kunlarida Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib, o‘quvchilar va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.
Tashabbus doirasida ochiq muloqotlar, sport musobaqalari, hamda turli yo‘nalishlardagi to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi. Muloqotlar davomida yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, hamda falsafiy bilimlarga qiziqishni oshirish kabi mavzular yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali tashkil etish, ularni ta’lim va tarbiya jarayoniga faol jalb etish, hamda jamiyatga foydali shaxs sifatida kamol topishlariga ko‘maklashmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2❤1👍1
Andijon davlat universitetida 2023–2024-o‘quv yili sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan sobiq bitiruvchi talabalar uchun Yakuniy davlat attestatsiya test sinovlari joriy yilning 27–28-iyun kunlari belgilangan kun tartibi asosida qayta o‘tkaziladi.
➡️ Mazkur imtihonlar bo‘yicha belgilangan kun tartibi quyidagicha shakllantirilgan. Jadval
➡️ Imtihon jarayonlarida ishtirok etishi belgilangan talabalar ro‘yxati.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orzudagi kasb, orzu qilingan hayot, katta yutuqlarga yo‘l aynan bugun boshlanadi!
Bu – o‘zingizga sarmoya kiritish va hayotingizni o‘zgartirish uchun eng qulay vaqt!
– sifatli ta’lim,
– professor-o'qituvchilardan yuqori darajadagi bilim,
– amaliy ko‘nikmalar,
– va, eng muhimi, mustahkam kelajak kutmoqda!
💻 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar):
my.uzbmb.uz
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar):
magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar):
my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar):
transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga ko‘chirish
+998742248197
+998742248194
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4❤🔥1😁1
"Dolzarb 90 kunlik": "Mohir qo‘llar" to‘garagi — hayotga amaliyot orqali tayyorgarlik
Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mustaqil hayotga hamda kasb-hunarga tayyorlash maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-iyun kuni talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Dilfuza Xodjayeva boshchiligida "Mohir qo‘llar" to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.
Bu galgi mashg‘ulotda qizlarga tikuv mashinalarida ishlash, andoza asosida mato bichish hamda fartuk tikish bo‘yicha amaliy master-klass dsrsi tashkil etildi.
Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” — ayol-qizlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadlariga ham xizmat qilmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2⚡1❤🔥1👏1
Forwarded from Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 BARCHA ANDIJONLIK YOSHLARIMIZNI HAMDA SHAHRIMIZ MEHMONLARINI KATTA KONSERT DASTURIGA TAKLIF ETAMIZ !
Sizlar uchun katta YANGILIK – "Yangi O‘zbekiston yoshlari – birlashaylik!" shiori ostida ulkan GALA KONSERT bo‘lib o‘tadi! 🇺🇿
Siz sevgan yulduzlar:
🎙️ Imron
🎙️ Shirin Zaitova
🎙️ Oybek Teshaboev
🎙 Durdona Kurbonova
🎙️ Baxrom Erikbaev
🎙️ Samin Mustafaev
🎙️ ishtirokida haqiqiy shou kutmoqda!
🎆"Konsertning yakunida esa tomoshabinlarni yorqin mushakbozlik namoyish etiladi"
📆 28-iyun | 🕕 18:00
📍 Andijon shahar Xalqlar do’stligi sport majmuasi
Mo’ljal: ECO PARK yonidan kiriladi.
Do‘stlaringizni ham olib keling – bayramni birga qarshi olaylik!
Bu kecha yodingizda qoladi! 🎊💃🕺
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Sizlar uchun katta YANGILIK – "Yangi O‘zbekiston yoshlari – birlashaylik!" shiori ostida ulkan GALA KONSERT bo‘lib o‘tadi! 🇺🇿
Siz sevgan yulduzlar:
🎙️ Imron
🎙️ Shirin Zaitova
🎙️ Oybek Teshaboev
🎙 Durdona Kurbonova
🎙️ Baxrom Erikbaev
🎙️ Samin Mustafaev
🎙️ ishtirokida haqiqiy shou kutmoqda!
🎆"Konsertning yakunida esa tomoshabinlarni yorqin mushakbozlik namoyish etiladi"
📆 28-iyun | 🕕 18:00
📍 Andijon shahar Xalqlar do’stligi sport majmuasi
Mo’ljal: ECO PARK yonidan kiriladi.
Do‘stlaringizni ham olib keling – bayramni birga qarshi olaylik!
Bu kecha yodingizda qoladi! 🎊💃🕺
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
❤4⚡1❤🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu festival – yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ular o'rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida talaba-yoshlar turli madaniy-ma’rifiy, sport va ijodiy yo‘nalishlardagi faoliyatlarini namoyon etishlari, o‘z iste’dodlarini namoyish qilishlari uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladilar.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤2🔥2👏2⚡1🎉1🏆1