Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi ishlayman yoki dars qilaman deganingda 😅
Dangasalarga yuborib qo'yamiz 😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli tong, azizlar!
Yangi kuningiz quyoshdek nurli, ko‘nglingiz esa quvonchga to‘lsin!
Bugun ham kichik baxtlarni ko‘rib, ular uchun shukrona aytishni unutmaylik.
O‘zingizga va orzularingizga ishonib, kulib boshlang kunni!

Go‘zal tong va barakali kun hamrohingiz bo'lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy oynada haqiqiy san'at asari yaratdi 😍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So'nggi paytlarda odamlar qolib ChatGPT bilan do'stlashib yurganlarga xayrli tong 😄
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatda hordiq chiqarishning foydalari:

1. 🌳 Ruhiy salomatlikni yaxshilaydi – Tabiat bilan muloqot insonni stress, xavotir va tushkunlik holatlaridan xalos etadi. Yashil makonlarda yurish kayfiyatni ko‘taradi va ichki tinchlikni beradi.

2. 🌳 Jismoniy sog‘liqni mustahkamlaydi – Tog‘larda yurish, suzish, velosiped haydash kabi faoliyatlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, mushaklarni chiniqtiradi va immunitetni oshiradi.

3. 🌳 Ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi – Tabiatda oila yoki do‘stlar bilan birga vaqt o‘tkazish o‘zaro munosabatlarni mustahkamlab, ijobiy xotiralar yaratishga yordam beradi.

4. 🌳 Ijodkorlikni oshiradi – Tabiiy muhitda bo‘lish inson tafakkurini ochadi, yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga turtki beradi.

5. 🌳 Uyqu sifatini yaxshilaydi – Toza havo va jismoniy harakatlar uyquni chuqurlashtiradi hamda organizmning tiklanishiga ko‘maklashadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunida boshlig'ing telefon qilsa 😂 Mushukdan layfxak
Ertaga dushanba 😭 degan rasm 😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertalab dunyoni zabt etaman deb lekin uyquni zabt etolmaydiganlar uchun zo'r budilnik😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yil qiynalib ishlab vanihoyat olgan mashinang ovoz chiqarishni boshladi deb o'ylaganingda 😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Itlar skeytbord uchishni boshlashibdi, erta-indin mashina haydashga o'tishadi shekilli 😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Grenlandiyaga borsangiz Shimol yog'dusidan bahramand bo'lasiz 🌌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat! Xavfli jinoyatchi qo'lga olindi 🫣
YETTI HAQIQAT...
– Menga shogird bo‘lib kelganingga qancha bo‘ldi?
– Yigirma yil bo‘ldi, ustoz.
– Shu o‘tgan vaqt mobaynida mendan nima o‘rganding?
– Har qanday holatda ham o‘zgarmaydigan yetti haqiqatni o‘rgandim.
– Qani, gapir unda!
– Birinchi haqiqat shu:
🔘 Har bir inson nimagadir, kimgadir ko‘ngil beradi, bog‘lanadi. Ammo bularning hammasi odamni yarim yo‘lda tashlab ketadi. Men esa meni hech qachon tashlab ketmaydigan, o‘lganimda ham birga bo‘ladigan do‘st qidirib ezgulik, yaxshiliklarni tanladim. Chunki yaxshilik ulug‘ safarda odam bolasining hech tugamaydigan ozuqasi va haqiqiy do‘stidir.
– To‘g‘ri aytding. Ikkinchisi nima?
– Ikkinchi haqiqat:
🔘 Aksariyat kishilar o‘tkinchi dunyo moliga ko‘nglini topshirgan, ularni yo‘qotmaslik uchun kuyib-pishadi. Kim boyligi, kim husni, kim mansabiga bandi, ularni qo‘ldan bermaslik uchun tinmay harakatda. Men esa butun borlig‘im va barcha istaklarimni Unga topshirdim, ko‘nglimni yolg‘iz Uning sevgisiga ochdim.
– Barakalla, uchinchisini so‘zla.
– Uchinchi haqiqat:
🔘 Kishilarning bir-birlaridan ustun bo‘lish uchun musobaqa qilayotganlarini ko‘rdim. Bu yo‘lda bir-birlarini tepib, bosib o‘tishdan ham toyishmaydi. Men esa ustunlikni o‘tkinchi dunyo mollari emas, aql va axloq bilan, har turfa yomonlikdan qochib, doimo yaxshilikka vosita bo‘lishdan axtardim.
– Ofarin! To‘rtinchisini ayt.
– To‘rtinchi haqiqat:
🔘 Kuzatsam, odamlar ertadan kechgacha o‘zlarining ishlari qolib, boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lishadi, ularning har bir qadamini bilgilari keladi. Bunday qilish bilan vaqtlarini bekorga sarflashadi. Bunga ularning xudbin, hasadgo‘yliklari sabab ekanini tushundim. Va ko‘nglimni bunday kirlaridan tozalab, hammaga do‘st bo‘lib, huzur va ishonch bilan yashash yo‘lini tanladim.
– Tasanno, beshinchisi-chi?
– Beshinchi haqiqat:
🔘 Ko‘pchilik odamlar o‘z xatosi uchun boshqalarni ayblashga zo‘r berishadi. Vaholanki, kishining boshiga ne ki kelsa, o‘zi sababchi. Buni anglab, o‘zim bilan o‘zim jangga kirishdim, nafsim so‘ziga quloq solmaslikka va vasvasaga solayotganning domiga ilinmaslikka g‘ayrat qildim.
– Bunisi ham to‘g‘ri. Oltinchisi...
– Oltinchi haqiqat:
🔘 Odamlar yeb-ichish, kiyinish, umuman dunyo mollarini qo‘lga kiritish uchun halol, haromga e’tibor berishmasligi, birovlarning haqqini yeyishlariga guvoh bo‘ldim. O‘zgalarni qiynab bir yomonlik qilishsa, bu gunohning azobini vijdonlariga yuk qilib, ikki karra yomonlik qilishgan bo‘ladi. Vaholanki, to‘g‘ri yashab, durustlik bilan baham ko‘rilsa, dunyo ne’matlari barchaga yetib ortishini bildim..!
– Va nihoyat, yettinchisi...
– Yettinchi haqiqat:
🔘 Odamzot doimo nimagadir ishonish va suyanishga muhtoj. Kim moliga, kim husniga... Ammo bularning hammasi o‘tkinchi. Buni bilib, men faqat Alloh taologa suyandim, Undangina yordam so‘radim. Buning evaziga qalbimga mustahkam ishonch ehson etildi.
– Alloh muborak qilsin, men ham butun yillar davomida qancha kitoblarni o‘qidim, o‘rgandim va sen sanab o‘tgan yetti haqiqat ularning asosi ekanini angladim degan ekanlar...!
"Muvaffaqiyat — bu har doim boshlashga jur’at topishdir, hatto kechagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham."
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eski poyzabzallardan san'at asari
Pragadagi Illyuziyalar muzeyi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zingga yuqori baho berib yuborganingda 😁
2025/06/29 20:23:44
Back to Top
HTML Embed Code: