Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashaqqatlar bir kun kelib albatta o'z mevasini beradi
#Motivatsiya
"Tanaffus — bu vaqtni yo‘qotish emas, aksincha o‘zingni topish yo‘lidir ."
Xayrli yakshanba!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysidir amaldor kelyaptimi deb o'ylabman 🙈😁
#bilarmidingiz
Dunyodagi eng baxtli hayvon sifatida tanilgan quokka har doim kulib turgandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning yuz tuzilishi va undagi mushaklar shunaqa yaratilgan!
Ular Avstraliyadagi Rottnest orolida yashaydi va turistlar bilan selfi tushishni yoqtirishadi!
Bugungi kayfiyatingiz shunaqa bo‘lsin!😄
Mana bu quokka kabi kuling, quchog‘ingizni hayotga oching va undan zavqlaning!
Har bir kuningiz quvonch va iliqlik bilan to‘lsin!
Hayot – bir marta beriladi, uni tabassum bilan yashang! 🦘
Ijtimoiy tarmoqlarda hammada chiroyli hayot, muvaffaqiyat, sayohat, yangi loyihalar...
Va go‘yo bularning hech biri sizda yo‘qdek tuyuladimi?

Bu hissiyotning nomi — FOMO (Fear of Missing Out), ya’ni nimadandir ortda qolayotgandek, muhim narsani o‘tkazib yuborayotgandek tuyg‘u.

Lekin unutmang:
siz ko‘rayotgan narsa — faqat boshqalarning vitrinasi, hayotning haqiqati emas.
Har kimning yo‘li, vaqti va nasibasi har xil.

Shoshilmang. Siz aynan kerakli vaqtda, kerakli joydasiz.
Hayotda kech qolish degan narsa yo‘q. 🌿

#psixologiya
Senga nisbatan qilgan ishlari sababli, hech kimdan g‘azablanma! Aksincha xiyonat qilganlarga tashakkur et, sadoqatni o‘rgatganlari uchun...
Yolg‘onchilardan minnatdor bo‘l, to‘g‘rilikni ajrata olishni o‘rgatganlari uchun...
Seni baxtsiz qilganlarning haqlariga duo qil, senga baxtiyorlikni ko‘proq his ettirganlari uchun...
Har kimni sev, hayotingga bir ma’no baxsh etgani uchun...
Hayot shu sabab yana ham go‘zal, qoralar oqni ajratib bergani uchun...

Mavlono Jaloliddin Rumiy.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo'lakchalarda san'at asari yaratar ekan 😍
O'zbekistonda xavfli ultrabinafsha ta’siri 10 ballgacha yetadi

14 va 15 may kunlari soat 12:00 dan 15:00 gacha ultrabinafsha indeksi juda yuqori — ekstremal darajaga yetadi.
Tavsiyalar: quyoshdan saqlaning, ko‘proq suv iching, ko‘zoynak, bosh kiyim taqing va quyoshdan himoyalovchi krem foydalaning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu issiqda shunday manzarali salqin joyda 🍹 yaxtakkina moxito ichib o'tirsang 😍
Bugun O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, ya’ni kirish tekin bo‘ladi. Muzeylarda o‘nlab bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar ochilishi rejalashtirilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana qanday imtihonga tayyorlanish kerak, sizlar hali ham o'qib yuribsizlarmi 😂
“Yaxshiliklardan birortasini past sanamang...”

Keksa bir ayol avtobusga mindi.  Ammo o‘tirishga bo‘sh o‘rindiq topa olmadi. Bir kishi onaxonga ehtirom ko‘rsatib, o‘rnini bo‘shatib берди.  Ayol rahmat aytib, “Ilohim,  senga har yili hajga borish nasib etsin”, deya uni duo qildi.
   Joy bergan odam keyinchalik aytadi: “Onaxonning o‘sha duosidan so‘ng, to‘qqiz marta haj qildim. O‘rtahol,  kambag‘al inson bo‘lsam-da, Mehribon Alloh bu ulug‘ amalni qayta va qayta ado etishni muyassar etdi”.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Yaxshiliklardan birortasini past sanamang...” deganlar.

Imom Muslim rivoyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ana zamonaviy texnilogiyalar qanday tezlikda rivojlanyapti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2050-yilga kelib kinoteatrda film namoyishi mana shunaqa bo'lar ekan😁
JOMO haqida eshitganmisiz?
Hamma FOMO haqida gapiradi — ya’ni, “biror narsani o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish”.
JOMO esa uning aksi: “o‘tkazib yuborishdan zavqlanish”.
Bu degani, hammadan orqada qolmaslik uchun telefonni qo‘lingizdan tushirmay o‘tirish shart emas.
Ba’zida internetni o‘chirib qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlardan dam olish ham kerak.
Masalan:
☕️ Bir piyola choy ichib, jimlikda o‘tirish.
📖 Yaxshi kitob o‘qish.
👨‍👩‍👧‍👦 Oilangiz bilan vaqt o‘tkazish.
Shu lahzalar — eng qimmatli lahzalar. Va siz hech narsani o‘tkazib yubormayapsiz. Aksincha — eng kerakli narsani topyapsiz: halovatni.
https://telegra.ph/Sizg-eng-yoqqan-shaklni-tanlang-01-20
O'zingizga yoqqan shaklni tanlang va izohini o'qing. Kichik psixologik test
Digital detox — bu raqamli dunyodan tanaffus olishdir.
Har kuni telefon, kompyuter va ijtimoiy tarmoqlar orqali biz axborotga to‘lib ketamiz. Bu esa charchoq, diqqatning susayishi va ichki xotirjamlik yo‘qolishiga olib keladi.
Digital detox — bu bir kunga (yoki bir necha soatga) telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlardan voz kechib, o‘zingizga vaqt ajratish.
Nima qilish mumkin?
• Qurilmalarni o‘chirib qo‘ying 📴
• Kitob o‘qing, daftar tuting, fikrlang 📖
• Oila a’zolaringiz bilan suhbatlashing
• Tabiatda sayr qiling, jismoniy faollik bilan shug‘ullaning 🌿
Bu shunchaki dam emas – bu ongni tiklash, o‘zingizni eslash va ichki tinchlikka qaytishdir.
Bugun kech bo'lgan bo'lsa, ertaga urinib ko‘ring. Internet kutadi. Hayot esa — hozir yashaladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chalardagi devorda go'zal suratlar chizar ekan 😍 ko'zga zavq beruvchi suratlar
#streetart
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 15:49:36
Back to Top
HTML Embed Code: