Telegram Web Link
☘️ ENG MUHIMI bu

Maqsad, vaqt, sog'liq va yaqinlaringiz. Bu haqiqatan ham bizni boyitadigan va hayotni yanada to'liq qiladigan narsalar. Keling, ularga munosib munosabatda bo'laylik.

👉 @akh_blog
1
😬 YIQILISH

Every fall can bring you one step closer to success if you can analyze what you have fallen and stand up again.

Har bir yiqilish seni muvaffaqiyat sari bir qadam yaqinlashtira oladi, agar sen yiqilgan narsalaringni tahlil qilib qayta tura olsang.

©️Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
👍4
🔥 FINAL

Boshingga eng qiyin kunlar tushib, sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganda aslo sabringdan voz kechma.

Ana oʻsha nuqta taqdiringni oʻzgartiradigan nuqtadir.

👉 @akh_blog
1
​​​​😡 Men CHEKMAYMAN

Chekadiganlarni ko'rganingda shunday o'ylaysan. Ularni o'zingcha irodasiz deb hisoblaysan. Sovchilikka borganda sen haqingda albatta - ichmaydi, chekmaydi deb aytib o'tib ketishadi.

Shu joyida fundamental savol. Odam nega chekadi o'zi? Chunki tamaki tarkibidagi nikotin - tez ajralib chiquvchi (arzon) dofamin ajralishiga sabab bo'ladi va bu kichik rohat odamni o'ziga o'rgatib qo'yadi. Boshida qiziqib chekkan odam endi majburligidan chekadi.

Bilasanmi yana nima arzon dofamin ajralishiga sabab bo'ladi? Telegramda bekorchi (lekin qiziqarli) kanallar, instagramdagi stories, tik-tok, YouTube dagi befoyda faktlar haqidagi videolar, turk seriallari. Hammani nikotini har xil - lekin nimani nazarda tutayotganimni bilding. Ularni ko'rish davomida ham sen oz-oz dofamin olasan. Boshida qiziqib bir kirib ko'rganding. Endi esa chiqib keta olmayapsan.

To'g'ri, chekkan odam o'z umrini qisqartiradi, lekin yuqoridagi narsalarga sarflangan uzun umrdan jamiyatga nima naf? Sen ham chekasan. Faqat sigaret emas, befoyda kontent chekasan. Xafa bo'lma.

O'zgarish xatoni tan olishdan boshlanadi.

©️ Aziz Rakhimov fikrlari asosida

👉 @akh_blog
1
😎 QAT'IYATLILIK

Boshqalarning fikri bilan yashamang, tashqi fikrlarni sizga ta'sir ko'rsatishiga yo'l qo'ymang.

va eng muhimi, QALBINGIZ VA AQLINGIZGA quloq soling.

Ular sizni kim bo'lishingizni ANIQ bilishadi.

Ko'zlaringni yum, chuqur nafas ol va BOSHLA!

👉 @akh_blog
21
☘️ NAFAS

Hayot - olingan nafaslar bilan emas, balki baxt sizning nafasingizni olib qo'yadigan daqiqalar bilan o'lchanadi.

👉 @akh_blog
1🆒1
🤨 DUNYOQARASH

Ko'pchilikning oldida nutq so'zlash bu - soxta adrenalin bir turidir.

Ayrim insonlar deyarli hech kim o'ylamagan va chuqur dunyo qarashi bilan ko'p narsalarni o'ylab, ko'pchilik oldida chiqqanda pffffff?! etib, qaltirab, yana joylariga o'tiradilar. xatto men ham) 😅

Buni oldini olish uchun yaqin oylarda ko'pchilikning talab va takliflariga binoan Azizbek Khabibullaev youtube kanalini ishga tushuradi va nasib qilsa dasturlashni "0" tiyinga XALQARO darajada o'rganish imkoniyatini beradi 😎

👉 @akh_blog
2🆒1
👀 TAQQOSLASH

Taqqoslash - barcha quvonchlarni hayotdan olib tashlashning eng tezkor usuli.

Boshqalar qilayotgan narsa sizning ishingiz emas. Muhim narsa shundaki, siz O'ZINGIZDAN zavqlanishingiz va yaratgan narsalaringizdan mamnun bo'lishingizdir.

😏 Pff, anu bola baland bo'yli man past deb emas, o'zingizni sevib oldingga dadil qadamlashingiz kerak.

👉 @akh_blog
1
☘️ O'qishga MAJBURSAN yoki?!

Seni kecha budilnik qo'yishga majbur qilgan narsa NIMA? Seni ulkan orzular qilishga majbur qilayotgan narsa NIMA? Seni kelajakka maqsadlaringni bog'layotgan narsalaring NIMA? Seni o'z ustingda ishlab rivojlanishga undayotgan narsa NIMA?

Umid...

"Umid oxiri o'ladi...Noumid shayton..."
Bolaligingda kim bo'lasan deb so'rashsa, PREZIDENT bo'laman der eding. Ota-onamni HAJGA olib boraman der eding. Limuzin olib beraman der eding. O'sha payt SHUBHANG bormidi?

Orzu...

Do'stim, bilaman Sen dunyoga foydasi tegadigan buyuk inson bo'lishni xohlaysan. Lekin, qattiq xohlamayapsan. Xohishing SENI UXLAMASDAN harakat qilishga, kitoblar varaqlashga, urinib ko'rishga MAJBUR QILA olmayapti. Agar, bugun boshlamasang, orzularing yana necha yillar NAVBAT KUTARKAN?! Bora-bora orzularing soni ham, sifati ham kamayib ketaveradi...

👉 www.tg-me.com/akh_blog
👍31
​​⛵️ Niyat va HARAKAT

Bir qayiqchining kichik qayigʻi bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi boʻlib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan.

Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlar sababini soʻrasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi.

Agar ikkalasini baravar aylantirsam, shundagina qayiq manzilga yetadi.
Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun avval “niyat” va “harakat” boʻlishi kerak”.

👉 @akh_blog
1
​​🤔 DIQQAT

"Ochiqchasiga aytganimda". Oldin yopiq gapirayotganmidi?

"Rostini aytganimda". Oldin yolg'on gapirayotgan edimi?

Insonni gapirishiga qarab, uni suhbatini olib, u inson aslida kim ekanligini bilish imkoni bor. Faqat ichki meditatsiyani paydo qila olish va diqqat bilan uning nutqiga e'tibor berish lozim.

👉 @akh_blog
💯3
​​🐶 HAYOTINGDAGI marketing

Qishloqdagi bir og‘aning iti bor ekan. It juda aqlli ekan-u, lekin do‘mbira va karnayning ovozini eshitib qolsa bas, o’zini o’sha yoqqa urarkan.

Bir kuni qo‘shni qishloqdan karnay bilan do‘mbira ovozi yangrab qolibdi. Buni eshitgan it o’sha ovoz kelayotgan tarafga chopib ketibdi. Lekin u qishloqdagilar itning egasini o’zlariga dushman sanashar ekan. Bu ishdan jahli chiqqan itning egasi qishloqning bir chetiga karnaychini, ikkinchi chekkasiga do‘mbirachini qo‘yibdi. Do‘mbirachi chalishni boshlaganda it u tomonga yugurib ketibdi. It yetib borganda do‘mbirachi to‘xtab, karnaychi chalishni boshlabdi. Bu ish to‘xtovsiz davom ettirilibdi: It do‘mbirachining oldiga borganda, karnaychi chalishni boshlar, it uyoqqa yugurib yetib borganida esa do‘mbirachi chalishga kirishar ekan.
It qishloqning u chetidan bu chetiga yugurib o‘rtada charchab yorilib ketibdi.

Bu dunyoda do‘mbira chalgan ham, karnay chalgan ham ko‘p. Asosiysi eshitilgan har bir ovozga yugurib bormaslik.

👉 @akh_blog
11
​​🔥 Muvaqqiyatning asl siri nimada?

👨‍💻 Shaxsiy fikrlarim!

Qachon inson ovqatga ehtiyoj sezadi? Och qolganida! Motivatsiya ham shunday. Siz motivatsion gaplar va turli xil videolar ko'rishingiz mumkin, to'g'ri bu ham sezilarli o'zgarish beradi. Lekin, ba'zi bir insonlar shu video yoki so'zlarni o'qib bo'lishi bilanoq, "uxlavoradi"-"yotvoradi"-"ijtimoiy tarmoq bo'ylab yayov kezvoradi" - ya'ni foydasi yo'q. Tasavvur qiling, mazza qilib yotganingizda bugun sizning uyingizga asteroid 1 minutdan keyin tushishini televizordan ko'rib qoldingiz, nima qilasiz? Albatta yotgan joyingizdayoq raketa tezligida ko'cha tomon yugurasiz! Mana sizga asl motivatsiya.

Har doim qaytaraman:
- Chidamli, baland va "kachok" bo'lmoqchimisiz, unda mashq qiling!
- Boshqa millat vakillari bilan suhbatlashmoqchimisiz, til o'rganing!
- Chiroyli bo'lmoqchimisiz, avval ichki qalb go'zalligingiz ustida ishlang!
- Biron bir kasb o'rganmoqchimisiz, internet yoki biror bir kursga borib o'rganing!
- So'z boyligingizni oshirmoqchimisiz, ko'p kitob o'qing!
- O'zingizni tutish, ichki xotirjamlik va vaqtdan yutishni xohlaysizmi, meditatsiya bilan shug'ullaning!
- Kelajakda ko'proq daromad topishni xohlaysizmi, unda hozir nimalar bilan shug'ullanayotganingizga boqing!

Motivatsion javoblar:
- San eplolmisan - EPLAYMAN!
- San o'qiydigan bola emassan - MEN O'QIYDIGAN BOLAMAN!
- Bunaqa ishlar baribir qo'lingdan kemidi - QO'LIMDAN KELADI!
- O'xshamayaptiku, bu sani ishing emas - BU MENI ISHIM! MENI XAYOTIM! MENI KELAJAGIM!

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
3
​​☹️ SENGA QIYINMI?

Senga qiyinmi? Demak sen, to’g’ri yo’ldan ketyapsan…

Trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat yo’lda yurishing muhimmas, muhimi harakating V=const yoki a>0 bo’lsin!

Ha, aytgancha bu yerda V-tezlik ; a-tezlanish.

👉 @akh_blog
👍32🫡1
💵 86.400$

Har tong sizga 86.400$ pul berishsa va bu pulni erta xuddi shu paytgacha har bir sentigacha ishlatib bo‘lish sharti berilsa, siz qanday harakat qilgan bo‘lardingiz?

- Pulni bosib yotarmidingiz?
- 8 soatdan ko‘p uxlarmidingiz?
- Televizor qarshisida soatlab o‘tirarmidingiz?


Yo‘q siz bu pulni so‘nggi sentigacha qanday qilib bo‘lsa ham ishlatish payiga tushardingiz va buni qilar edingiz ham!

Vaqtni ham xuddi shunday so‘nggi soniyasiga qadar unumnli ishlatish payida bo‘ling! Uni jamlolmaysiz, yig‘olmaysiz, sekinlatolmaysiz. Xullas, uni hozir ishlatish kerak. Undan unumli foydalaning. Har kun 86400 soniya!

👉 @akh_blog
👍611
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtingdan maksimal darajada foydalan

Hayot - o'zi shunaqa. Tugab qolganini sezmay ham qolasan.

👉 www.tg-me.com/akh_blog
3
​​🧟‍♂️ G‘ALATI HARAKATLAR

Donishmanddan so‘rashibdi: “Insoniyatning qaysi harakatlari sizni lol qoldiradi?”
Donishmand: “Hammasi”, – deya javob berdi va sanay boshladi.

– Bolalalikda zerikishadi. Tezroq katta bo‘lishga harakat qilishadi. Katta bo‘lganda esa bolaliklarini sog‘inishadi.
– Pul topish uchun sog‘liklarini yo‘qotishadi, keyin esa sog‘liqni qaytarish uchun bor topgan pullarini sarflaydilar.
– Kelajaklari haqida ko‘p qayg‘urganlari sababli hozirgi hayotlarini esdan chiqarib qo‘yadilar. Natijada, na kelajakda va na hozirda hayotlaridan zavq olib yashay olmaydilar.
– Umri boqiy kabi yashaydilar, lekin hech yashamaganday olamdan o‘tadilar.
Shundan so‘ng o‘quvchilar ikkinchi savol bilan murojaat qilishibdi: “Siz bunga qarshi nima taklif qilasiz?”
Donishmand o‘ylab ham ko‘rmay shunday javob beribdi:
– Hech kimga o‘zingizni yoqtirishga harakat qilmang. Qilishingiz kerak bo‘lgan birgina ish – insonlar qalbini qozona oladigan ishlarni amalga oshirish.

Ikkinchisi, dunyoda juda ko‘p narsaga ega bo‘lish boylik emas, asl boylik oz narsaga ehtiyojmand bo‘lish hisoblanadi.

👉 @akh_blog
1🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗝 KITOBNI MUQOVASI ga qarab "baholama"!

Tashqi ko'rinish aldamchi, lekin ichki (qalb) go'zalligi abadiy va go'zaldir.

👉 @akh_blog
2🆒1
💪 Buyog'i O'ZINGGA bog'liq | SEN yoki U?!

Kichkina narsani QURBON qilgan odam kichkina narsaga erishadi. Ko'p narsaga erishmoqchi bo'lgan inson ko'p narsani BOY berishi kerak.

Insonni rivojlantirishga undaydigan asosiy narsa bu TARTIB-INTIZOM. Boshqalar qila olmaydigan narsalarni qila olishingdan ROHATLANISHNI o'rganishing lozim.

Ha, QIYIN bo'ladi. Lekin bu yo'l juda QISQA, lekin uning ROHATINI erishganingdan keyin tushinib yetasan.

Boshqalar uxlasa sen MEHNAT qil,
Boshqalar ko'chada yurganda FOYDALAN,
TO'XTAMA, ichingdagi shaytonni NAYRANGLARIGA uchma,
Hayot ritmingni kundan kunga oshir!


👉 @akh_blog
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 O'XSHAMAGAN SHART

Hurmatli qizlar yigitlarga shart qo'yishdan oldin yaxshilab mulohaza qiling!

👉 @akh_blog
😁1
2025/07/08 15:22:25
Back to Top
HTML Embed Code: