Telegram Web Link
​​👨‍💻 Ingliz tilini bilaman, lekin DASTURLASHNI qayerdan o’rganay?

Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, agar siz ingliz tilini biladigan bo’lsangiz biror kursga borib, dasturlashni o’rganish shart emas. Shunday yigit va qizlar uchun dasturlashni minimal darajasiga chiqib olish uchun quyidagi roadmap ni tavsiya qilaman. (o’zim frontend dasturchi bo’lganim uchun, frontend roadmap):

1. HTML, CSS, Sass - https://www.udemy.com/course/modern-html-css-from-the-beginning/?referralCode=EB0470C43F3C3E9AA306

2. JavaScript - https://www.udemy.com/course/modern-javascript-from-the-beginning/?referralCode=F3249B20C1BBE85EFEEC

3. HTML, CSS, JavaScript bo’yicha bilimlarni maksimal darajaga olib chiqish uchun amaliyot - https://www.udemy.com/course/50-projects-50-days/?referralCode=684EE5F9DE1745B6428B

4. Vue js - https://www.udemy.com/course/build-web-apps-with-vuejs-firebase/

5. Git - https://www.udemy.com/course/git-alishev/

6. Google va You Tube

Bularni o’rganib bo’lib, o’z ustingizda ishlaysiz va sekin-astalik bilan ish uchun suhbatlarga borasiz. Yiqilsangiz, qayta boring, tajriba+tajriba+tajriba=birinchi ish! Ha aytgancha rus tili va ingliz tilini bilishingiz sizga ustunlik va qo’shimcha daromad ham olib keladi!

Mustaqil o’rganuvchilarga ozgina bo’lsa ham yordamim tekkan bo’lgan bo’lsa, xursandman. Eng muhimi boshlab olish va muntazamlik!

👉 @akh_blog
🤹‍♂ Gapimni TAKRORLAYMAN

Xato qilmayabsizmi hech, demak umuman harakat qilmayabsiz
Umuman yangi narsaga ega bo'lish uchun, umuman yangi narsa qilish kerak.

👉 @akh_blog
​​😎 MEN erta TONGNI qanday kutib olaman

Ertalab 5-00 da turaman
, (7-00 gacha telefonni titish yo'q) birinchi bo'lib, turayotganda kelajak uchun kurashishimni his qilaman va tanamni shunga tayyorlab, 5-4-3-2-1-0 quvvating 100% dan sarflanishni boshlaydi!

Tishlarim, yuz-qo'limni yuvaman. Undan so'ng toza havoda (ichkarida ham) 15-20 minutlik meditatsiya bilan shug'ullanaman. Bu menga ichki xotirjamlik va hayotda shoshib emas, balki asl mazmun va go'zallikni his qilib yashashni o'rgatadi.

15-20 minutlik kitob o'qish. Songa emas, sifatga o'qish. Tushunib, anglab o'qish.

Bomdod namozi

Undan so'ng,
ertalabgi qaynagan suv(sut) va bir burdam non.

Va 20-25 minutlik boks mashg'ulotlari(uy sharoitida, qo'lqop va lapa). Bu menga maqsad va orzularga yuqori aniqlikda borish, sabr, iroda, diqqat va albatta stressni yo'qotishga yordam beradi.

Salqin suv bilan yuzni yuvib yuborish. Nega salqin? Salqin suv bilan yuvilsa uyqu qochadi va yangi kunga sizni tetik qilib tayyorlaydi!

Va siz bu kuningizga tayyorsiz!

👉 @akh_blog
​​👨‍💻 SENIOR dasturchilar ham "YAMALARGA" tushib turadilar

Agar sen hozir IT texnalogiyalar yoki dasturlash tillaridan birini o'rganayotgan bo'lsang, bilaman "siqilma" muammolaring o'zingga yarasha. Chunki IT sohasida biror bir narsani mukammal egallab bo'lmaydi ya'ni texnalogiyalar va dasturlash tillari (frameworklar) rivojlanib, yangilanib boraveradi.

Bu bilan men senga aytmoqchimanki, bir narsani 2-3 soat o'tirib ham topa olmasang siqilma, demak sen harakat qilyapsan, muhimi to'xtama. Ya'ni bunday holat faqat senda bo'lmaydi, bu holat senior darajadagi dasturchilarda ham tez-tez bo'lib turadi.

Bunday holatda, senda savol tug'iladi: "Xo'p, nega unda seniorlar shu xatosini 2 soatda emas, 3-5 minutda topadi?"
Javob: "Ular Google dan foydalanishda maksimal imkoniyatlaridan foydalanadilar".

Eng muhimi ishtiyoq va muntazamlikni so'ndirmaslik!

👉 @akh_blog
🏌‍♂️ UCHMOQ

​​Hech qachon uchmagandan koʻra, uchib baʼzida yiqilib turgan yaxshi.

Eng kuchli inson bu hech qachon yiqilmagan inson emas, balki yiqilib yana qayta tura olgan insondir.

👉 @akh_blog
Audio
❤️ Xamdam Sobirov & Ziyoda - yurak

Hayotim go'yoki kulguli bir manzara
Insonmiz hayvondan farqimiz yo'q bir qara
Yashayman bemalol foydamdan zararim ko'p
Aqlim yetmagan ishga ayting nechun talabim ko'p
Chiqolmasam cho'qqiga osilmoqlik ne kerak
Tosh otib birovga gunoh botmoq ne kerak
O'ylama sen o'ylagandek bo'lmaydi hechnima
Jazosiz qolmaysan orttirib ham birnima

👉 @akh_blog
​​ ISHLARINGNI 100% ga emas, 110% qilib bajar!

Kimki yuksak maqsadlarga erishish uchun qizg'in istak xohishni o'zida tarbiyalasa, u tobora yuksalib boraveradi.

Kimki tajribalar asosida dunyoni idrok etish shiori ostida yashasa, muvaffaqiyatga erishadi va uni saqlab qoladi.

Har qanday sohada maqsadga erishishni o'rganish uchun amaliyot, amaliyot va yana amaliyot kerak.

Kimki hayotida ortiqcha metr qoidasidan foydalansa, boylik va muvaffaqiyat uni ko'p kuttirmaydi.

Insonning eng ulug' kuchi uning ibodatlarida yashiringan bo'ladi.

👉 @akh_blog
​​🧗 NIMA?

Nima seni to'xtatmoqda?
Charchadingmi?
Uyquga to'ymadingmi?
Quvvating yo'qmi hozir?
Vaqting yo'qmi?
Puling yetarli emasmi?
Shu narsalarmi?

🙁 Nima seni shunchalik to'xtab qolishingga sabab bo'lmoqda?

👉 SEN!
Bahonalar har doim bo'ladi!

🤷‍♂️ Nega muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatli? 👉 Chunki ular uni olish uchun "eshakdek" ishlagan! Hech kim ularga hech narsa berib qo'ymagan!

💆‍♀️ Ich-ichingdan o'z-o'zingni his et, o'z O'YININGNI BOSHLA!

Bu sening IMKONIYATING! Bu mening imkoniyatim!
Bu sening VAQTING! Bu mening vaqtim!
Bu sening JOYING! Bu mening joyim!
Bu sening XARAKTERING! Bu mening xarakterim!
Bu sening IMKONIYATING! Bu mening imkoniyatim!

Ertaga? 👉 Yo'q, bu mening vaqtim va men vaqtimni senga berib qo'ymayman! Hozir bajaraman. O'z kelajagimni birovga berib qo'ymayman! Bu mening orzuyim va bunga men albatta erishaman. O'saman, rivojlanaman va asosiysi, muntazamlikni yo'qotmayman!

👉 @akh_blog
​​🧟‍♂️ SOXTALIK ta'siri


Shamollab qolishning eng oson yo'li nima? - Shamollagan insonning oldida bo'lish tog'rimi?

Salbiy fikrlar uyg'otishning eng oson yo'li nima? - Salbiy fikrlaydigan odamlar bilan yurish!

Atrofingdagi odamlar senga qattiq TA'SIR o'tkazadi. Quvvatingni so'rib oladigan VAMPIRLAR bilan yurma.

SOXTA do'stlar soyaga o'xshaydi. Ular QUYOSHLI kunlaringda oldingda bo'lishadi. Ammo hayotingda qorong'u tushganda, yo'qolib qolishadi.Aytmoqchimanki, kunduzi soxta do'st bilan yurgandan ko'ra, KECHASI bir o'zing yurganing yaxshiroq. Soxta do'st sening qo'lingdan tutganidan ko'ra, DUSHMAN zarbasiga uchraganing yaxshiroq.

OPRAH aytadi: Limuzining bo'lsa hamma sen bilan yurishni istaydi, AMMO limuzin buzilsachi? Kim yo'lni SEN bilan davom etadi? Kim YUKLARINGGA qarashib yuboradi?


👉 @akh_blog
​​🤐 Siz bundanda ulug'iga LOYIQSIZ

Google kompaniyasiga farroshlikga bir kishi kirmoqchi bo'libdi, u suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng, undan e-mail pochta manzilini so'rashibdi. Shunda haligi kishi meni e-mailim yo'q men kompyuter ham telefon ham ishlatmayman debdi. Keyin ishga oluvchi aytibdiki: "Bizda ishchilarmizning barchasi e-maili bo'lishi kerak", degandan so'ng.Haligi farroshlikga ish so'rab kelgan kishi ko'chaga chiqib kompyuter sotib olmoqchi bo'libdi, lekin unda faqatgina 5$ bor edi. Bir payt ko'chada olma sotayotgan bir sotuvchining olmalarini sotib olib, boshqa bir gavjum joyda sotdi va foyda qila boshladi. Birinchisiga kichik do'kon va 2-3 yil o'tib gipermarketning egasiga aylandi. Bir kuni bankka borib hisob ochtirayotgan payt, bank xodimi: "E-mailingiz?" deb so'raganda, haligi kishi: "Meni e-mailim yo'q" debdi. Bank xodimi: "Shunday gipermarketning egasi bo'lib turib, e-mail ishlatmasangiz-a?, agar e-mailingiz bo'lganda milliarder bo'lgan bo'lardiz, lekin" deganda, haligi kishi javob beribdi: "Agar e-mailim bo'lganda farrosh bo'lgan" bo'lardim debdi.

💌 Agar siz maqsadlaringizga erisha olmagan bo'lsangiz, Alloh sizni bundanda ulug'iga loyiqligingizni istagan!

👉 @akh_blog
Abdumalikova Madina - Yog'adi yomg'ir [The Cover Up Kid's] #Jonli_ijro
Benom Guruhi
🌧 Abdumalikova Madina - yog'adi yomg'ir

Yog’adi yomg’ir dardlarimni bilgandek,
Yog’adi yomg’ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig’layapsan.

Yog’ar yomg’ir, go’yo orzularimiz to’kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog’ardi yomg’ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg’ir,
Yog’ar yomg’ir.

👉
@akh_blog
🤾‍♂ ​​Hech kimga QULOQ SOLMA

O'zingni g'oyalaring, fikrlaringa suyan. Hech kimni ortidan yurma. Bu hayot. Hech kim seni baxtingni qurib bermaydi.

Ko'pchilikni hasad boshqaradi. Quloq solma. O'zingning yo'lingdan yur va ortingdan gapirayotganlarga ahamiyat berma. Ular gapirishdi, gapirishyapti va gapirishda davom etaverishadi.

👉 www.tg-me.com/akh_blog
​​🌸 Ko'p narsa KERAK EMAS, ayol zotiga

Siz meni sabr-toqat bilan tinglaysiz, qayg'uga botganimda meni o’z bag’ringizga bosasiz. Siz meni tabassum qilishim uchun barcha sa'y-harakatlaringizni qilasiz. Siz har doim men sevib qolgan birinchi ayol bo'lib qolasiz. Har doim yuzingizda tabassum ko’rish nasib qilsin onajonim.

Jasorat va kuchning timsoli bo'lgan opa-singillarimiz va onajonlarimizga bayramlari muborak bo’lsin. Doim atrofingizdagi boshqalarga ilhom berishda davom eting.

💐 Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo’lsin.

👉 @akh_blog
👣 HARAKATSIZLIK

Harakatsizlik shubha va qo'rquvni keltirib chiqaradi. Muntazamlik ishonch va jasoratni tarbiyalaydi. Agar siz qiyinchiliklar va hayolparastlikni yengishni istasangiz, uyda o'tirib, bu haqda o'ylashni bas qiling. Chegara chizig'ingizdan chiqing va band bo'ling.

Harakat muvaffaqiyat keltirmasligi mumkin, ammo harakatlarsiz muvaffaqiyat bo'lmaydi.

👉 @akh_blog
​​🌕 ASL oltin

Asl oltinni suvgami, tuproqqami, botqoqqami joylama baribir uning aslligi yo'qolmaydi.
Qanchalik temirga e'tibor berma, suv bilan yuvma, yorqinroq qilishga urinma, baribir u oltinchalik bo'la olmaydi.

Sen ham oltindek bo'l, o'zingni yorqinroq qilishga, olifta bo'lishga urinmasdan, o'zingga BILIM INVESTITSIYASINI kirit.

Keyinchalik sen o'zingni ko'rsatish uchun chiroyli kiyinib maqtanishingni keragi bo'lmaydi.

Chunki odamlarning o'zi eshigingni oldiga kelishadi va sening har bitta so'zingni "AFORIZM" ga aylantirishadi.

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
🔥 Qachon ERISHAMAN, harakat qilyabmanku

​​Har ishning o‘z vaqti bor: gul vaqti kelmay ochilmas, quyosh fursati to‘lmay chiqmas. Kut! Senga tegishligi albatta senga keladi!

Faqat sabr, parvarish va harakat bo'lsa bas.

©️ Rumiy fikrlari asosida

👉 @akh_blog
🙅‍♂️ QOIDALAR YO'Q!

Muayyan yoshga qadar biron bir ishni bajarishga umid bor degan fikrni yo'q qil. Sen 26 yoshda turmush qurgan va farzandli bo'lgan bo'lishing shart emas. 35 yoshda biror bir kasbni orzu qilib yurgan bo'lsang va bu uchun o'zingdan kichik bo'lgan yoshlar bilan mashg'ulotlarda qatnashishing uyat emas.

Qoidalar yo'q. Hayot na poyga, na musobaqa.

Agar o'zingni boshqalar bilan compare ya'ni qiyoslashni bas qilmasang, sen o'z hayotingda emas, boshqalarning hayotida yashaganingni bu dunyoni tark etayotganingda tushunib yetasan.

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
📈 SHAXSIY effektivlikning asosiy QONUNI

✍️ Alisher Navoiy ancha oldin yozib qoldirgan:

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Foydali ish koeffitsienti bo’yicha mikro qadamlarga yetadigan narsa yo’q!

Faqatgina o’sha qadamlarni to’g’ri aniqlab, to’g’ri ishlatishni o’rgansangiz bo’ldi.

👉 @akh_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 YONISH yonmoq kerak!

O'zgarishni istasang yuraging olovday yonib tursin. Buyuk ish qilish istagi, odamlarga va olamga yaxshilik qilish istagida yonib tursin.

Temir QIZIGANDAGINA sen istagan shaklga kiradi!

Nimalar seni ichingda gulxan paydo qiladi? Qaysi maqsadlaring, orzularing seni uxlashga majbur qilmaydi?

Shulardan boshla! Hoziroq boshla!

👉 @akh_blog
2025/07/07 16:40:40
Back to Top
HTML Embed Code: