Telegram Web Link
​​#recruiting #hr

🔐 HR Interview — IT-kompaniyalarda HR intervyularini yorvorish

— IT kompaniyalarida HR intervyulariga tayyorgarlik ko'rmoqdamisiz? Muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan ba'zi muhim maslahatlar:

1️⃣ Puxta tayyorgarlik ko'ring: kompaniyani o'rganing, uning qadriyadi, maqsadlari, vakansiya infosi bilan yaxshilab tanishing va shunga mos ravishda o'z mahoratingizni moslang.

2️⃣ Texnik bilimlaringizni namoyish eting: tajribangiz, bajargan loyihalaringiz va yangi texnologiyalarga moslashish qobiliyatingizni aytib o'ting.

3️⃣ Soft skills ko'nikmalaringizni ta'kidlab o'ting: Jamoada ishlash, tez chiqishib ketish, muammolarni hal qilish va muloqot qobiliyatlaringiznini ta'kidlab o'ting.

4️⃣ Behavioral savollarga tayyor turing: bu bo'yicha google ga "common behavioral questions" deb qidirsangiz savollar chiqib beradi.

5️⃣ Aniq va sizni qiziqtiradigan kompaniya haqidagi savollar bering: Kompaniyaning kelajakdagi rejalari va kareera ko'tarilishi, qanday imkoniyatlar borligiga qiziqish bildiring.

🔥Menga shu paytgacha eng ko'p takrorlanib beriladigan HR interviewdagi savollar:
1
) Har doim 1-savol shu: O'zingizni tanishtiring?
2) Tajribangiz, oldingi qilgan loyihalaringiz haqida gapirib bering?
3) Stackingiz? Ishlaydigan texnalogiya, dasturlash tili va tool laringizni sanab bera olasizmi? Misol uchun men React dasturchisiman, u so'radi: "Kompaniyaga kirsangiz loyiha Angularda qilishga to'g'ri kelsa, Angular stack da ham ishlab ketasizmi?" — Mening javobim "Ha!, albatta. Bu mening dasturchi sifatidagi imkoniyatlarimni kengaytiradi va bu mening o'sishimni ta'minlaydi"
4) Ustunliklaringizni sanab bera olasizmi?
5) Kamchiliklaringiz nichi? — shu savol "tricky, hisoblanadi. Uyalmasdan ochiqchasiga sanab yubormang!!! Kamchilingizni gapirayotganda ham uni ustunligingiz sifatida ko'rsatishga harakat qiling"
6) Siz orzu qilgan ish joyi qanday bo'lishini xohlaysiz? (dream job/company)
7) Siz shaxsiy rivojlanishingiz uchun qanday materiallardan foydalanasiz? (videodars/kitob/dokumentatsiya).
...

— HR interview lar deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi. Lekin bu bosqichda ham yiqilishingiz mumkin. Ishoning, xohlagan interview dan o'tish uchun yagona yo'l bu — "Interview ga oldindan yetarlicha tayyorgarlik ko'rish"

Keyingi post -> kam uchrab turadigan Coding Technical Interview haqida bo'ladi :)

👉 @akh_blog
🔥13👍42💯21🤗1
​​🤷‍♂️ EPAM kompaniyasida Intern/Junior lar uchun vaziyat qanday?

2019-yilda O'zbekistonga kirib kelgan katta IT kompaniyalardan biri EPAM davlatimizdagi ko'plab dasturchilarni o'ziga rom etdi va juda katta sig'imda dasturchilarni ishga olishni boshladi. Shu vaqtgacha bu kompaniya juda ko'plab, IT sohasida kurslarni bitirgan yosharni avvaliga to'g'ridan to'g'ri junior sifatida olishni boshladi. Vaqtlar o'tib, to'g'ridan-to'g'ri junior sifatida olishni to'xtatib, intern orqali, undan so'ng, maxsus training ni bitirgan talabalarni intern labiga undan so'ng junior sifatida olishga harkat qildi.

🔻 Xo'sh, hozir Junior lar uchun u yerda vaziyat qanday?
— Shaxsiy fikrimga ko'ra, yaxshi holatda emas. Xatto intern lab da ishlab kelgan 6 oy dan oshgan dasturchilariga Junior sifatida loyiha topib berish yoki Junior pozitsiyasiga o'tkazishga pauza ushlab turipti.

🤔 Bu nimadan bo'lishi mumkin? Buning sabablari ko'p. Lekin eng asosiy sabab sifatida, ishchilari soni ko'payib ketganligi deb baholamoqdaman.

📊 Dalil bormi?
— Rasmga e'tibor beradigan bo'lsangiz, bir chiroyli stable holatda ishchilarini ko'paytirib borayotgan kompaniya 2020-2021 yilga o'tishdagi yilning o'zida kompaniyaga yangi 17,656 ta, foizda esa +42,89% yangi ishchini oladi. Albatta bu payt bozor ancha o'sgan edi va dasturchilarga talab, keskin ravishda oshib ketgan edi. Lekin 2022-2023 yilga o'tishda esa bor yo'g'i 476 ta, foizda esa 0.81% ga oshganini ko'rishingiz mumkin. Bundan ko'rinadiki, kompaniya yana qayta ishchilarni stable ko'paytirishiga erishishi uchun bir necha yil yoki optimal yechim bilan bundan oz fursatda erishishi ham mumkin.

Bu fikrlarim asosan js yo'nalishidagi (frontend, backend) dasturchilar uchun. Qolgan yo'nalishlardagi holat bo'yicha ma'lumotga ega emasman.

— Keyingi gaplashadigan kompaniyamiz yana bir O'zbekistondagi xalqaro kompaniyalardan biri bo'ladi. Ulashish esingizdan chiqmasin :)

👉 @akh_blog
👍183😱3🔥2💯2
​​#technical #coding #interview

👨‍💻 Coding Technical Interview

Yokida boshqacha nomi "live-coding" deb ataluvchi bu interview da sizga kod yozib bir muammoni yechib berishingiz so'raladi. Lekin bu barcha kompaniyada turlicha bo'ladi. Bugun eng ko'p tarqalgan 2 ta turi haqida gaplashamiz:

— 1) Codewars, leetcode kabi platformalarda berilgan algoritmlar bo'yicha sizning o'z dasturlash tilingizda yechishingiz kerak bo'lgan masalalar beriladi. Interview davomiyligi o'rtacha 45-90 min gacha bo'ladi. Bunday coding interview turida 2-5 tagacha masala berilishi mumkin.
Misol uchun: "a-rasmda berilgan"

— 2) Bu turda faqqatgina 1 ta masala beriladi, bu tur 1-sidan farq qiladi. ya'ni 1-turda sizning algoritmik bilimingiz va muammoni tez hal qilish qobiliyatingiz tekshiriladi. Bu turda esa sizning loyihada duch kelishingiz mumkin bo'lgan loyiha asosidagi task beriladi. Bunda o'z stackingiz (React/Angular/Vue/Nodejs) bo'yicha bajarishingiz kerak. Interviewer sizga bu taskni tushuntirish uchun 10-15 daqiqa sarflaydi. Interview davomiyligi o'rtacha 45-90 min gacha bo'ladi.
Misol uchun: "b-rasmda berilgan"

— 3) Qolgan turlari kompaniyaning recruiting jarayonlariga bo'g'liq bo'ladi.

Junior, middle, senior pozitsiyalarida bu coding technical interview da qanday darajadi savollar berilishi mumkinligi haqida "interview haqida boshlang'ich" bilimlarni o'zlashtirib olganimizdan so'ng ichiga kirishga harakat qilamiz.

Keyingi post "Theory Technical Interview" haqida bo'ladi :)

👉 @akh_blog
👍17💯72🔥2
#students #offer

15 yosh bo’lib ham dasturchi sifatida ishga kirishim mumkinmi? — Ha!🔥

👉 @akh_blog
👍26🔥84👏2🤗2
😎 Rasmingiz iloji boricha professional ko'rinsin!

Linkedin yoki shunga o'xshash ish beruvchi, klient yoki recruiter bilan aloqaga chiqishingiz mumkin bo'lgan ijtimoiy tarmoq yoki hujjatlarga qo'ymoqchi bo'lgan shaxsiy rasmingiz qanday darajadaligini bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi saytni tavsiya qilaman — https://photofeeler.com/

Mutlaqo tekin, eng muhimi AI ya'ni sun'iy intellekt sizga baho bermaydi, haqiqiy insonlar sizning rasmingizga baho beradi. Ovozlar tezroq berilishini xohlasangiz siz ham boshqalarning rasmlarga ovoz berishingiz kerak bo'ladi. Rasmlar katalogi Business/Social/Dating ga bo'linadi.

Yuqorida Social bo'limida o'z rasmimni baholatdim, 302 ta ovoz, O'ziga ishonch: 9.2/10, Haqiqiyligi: 7/10, Zavqliligi: 5.9/10. Demak, bu rasmdan foydalansam bo'ladi :)

👉 @akh_blog
🔥18👍124👏2😍2💯2🆒21🕊1
React/Next ga asoslangan Full Stack kurs

— 1-DARS:
Strapi ni o’rnatish

👉 LINK: https://youtu.be/LEX4VoZTbVA

Telegram | YouTube | Instagram
👍23🔥521
React/Next ga asoslangan Full Stack kurs

— 2-DARS:
Course yaratish (Mahsulot yaratish)

👉 LINK: https://youtu.be/Ko-lsdFcrF0

Telegram | YouTube | Instagram
🔥12👍621👀1
React/Next ga asoslangan Full Stack kurs

— 3-DARS:
GraphQL ni qo'shish

👉 LINK: https://youtu.be/UKYpeN4lgAI

Telegram | YouTube | Instagram
🔥11👍411👏1
​​#update #process

Qo'shimcha ravishda EPAM kompaniyasiga tegishli strong junior dasturchilarni yetishtirib chiqaradigan Rolling Scopes School ga Frontend mentor sifatida part time ishlab kelayotganim haqida xabar bergan edim. Va bu yerda networking ancha yaxshi ekan, o'zimni ko'proq tech interviewer sifatida sinab ko'rdim va bu juda ajoyib o'tdi.

Yangiligim shundaki, undan tashqari 2 hafta oldin Canadian Marketing Startup ga ya'ni yangi jamoaga Middle+ React Engineer sifatida qo'shilishga qaror qildim. Men uchun bugun u yerdagi 1-hafta ajoyib o'tdi. Jamoadagilar asosan New York vaqti bilan ishlagani uchun vaqtni taqsimlashda ozgina qiyinchilik bor 1-2 oyda moslashib ketishga harakat qilaman.

Boshqa ko'p kompaniyalar office da ishlash majburiyligi sababli shu jamoani tanladim. Lekin katta ehtimol bilan office da ishlash zavqini ham reja qildim. Undan tashqari Angular skill imni ham rivojlantirish uchun EPAM Systems kompaniyasi ga ishga topshirib ko'rdim. Va technical interview dan muvaffaqiyatli o'tibman 😀. Keyingi hafta manager bilan keyingi rejalar haqida gaplashib olamiz :)

👉 @akh_blog
👍34🔥13🎉53👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Astro 3.0 bilan tanishing!

Astro framework ning 3.0 versiyasida juda katta yangiliklar bor, u View Transitions, Image Optimization, faster Rendering Performance va boshqa ko‘p narsalarni qo‘llab-quvvatlaydi: https://astro.build/blog/astro-3/

— Astro View Transitions
— Faster Rendering Performance
— Image Optimization (stable)
— SSR Enhancements for Serverless
— HMR Enhancements for JSX
— Optimized Build Output

Shunchaki loyihangizda undan foydalanib ko'ring :)
— # Create a new Astro 3.0 project:
npm create astro@latest

Misollardan biri: https://astro-records.pages.dev/

👉 @akh_blog
👍15🔥4💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Dasturchi sifatida 1-ishimga kirganimda
(maxsus o'zbek tilida)

👉 @akh_blog
🤣66👍42🔥2🌚2🐳1👨‍💻1🆒1
🚀 RS School haqida to'liq

Keyingi hafta EPAM ga tegishli RS School bo’yicha live stream qilib ko’rmoqchiman, sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni tayyorlab qo’ying.

YouTube kanalimda "uyalmasdan" jonli stream qilib ko'ramiz! Qo'ng'iroqchalarni bosib qo'ying :)

Telegram | YouTube | Instagram
🔥28👍65😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍183🎉3🔥2😍1
RS School bo'yicha savollaringiz bormi?

— Xalqaro kompaniyalarga ilk qadam shu yerdan boshlanadimi?

Bugun 21:30 da nasib qilsa shu bo'yicha YouTube da jonli suhbatlashib ko'ramiz. 🔔 Kanalni “закрепить” qilib qoʻying.

👉 @akh_blog
🔥16👍41
Live stream started
Live stream finished (31 minutes)
Ovozli suhbatimiz dagi kayfiyatni ko’targan holat yana bir shogirdlarimdan biri ishga kirib, ishlab kelayotganlarini aytganlari bo’ldi, omadlarini bersin! 👍
🔥24👍86💯2
🚀 "Dasturlashda 0 dan natijagacha" — sifatli kurs yaratilishida o'z hissangizni qo'shing!

— Bilaman bu kanalimda middle, senior dasturchilar, turli kompaniya recruiter lari, hunter lari kuzatib boradi. Va mening junior va hozirgi kunda middle darajada ishlab kelayotgan shogirdlarim ham kuzatib borishadi.

Ishdan tashqari 2-3 soat vaqtimni umuman boshqa darajada yaratilinayotgan o'z full digital kursimni yaratish jarayonidaman. Bu kurs yuzlab, minglab insonlarning vaqtini, pulini va eng muhimi sifatli xalqaro bilimlarni olishga yordam beruvchi yo'l xaritasi bo'lishiga ishonaman.

— Bu san'at asarini yaratish davomida hard skills dan tortib soft skills ko'nikmalariga alohida urg'u bermoqchiman. Orada hamkasb larimni chaqirib, master class lar orqali yanada expert lardan qimmatli maslahatlarni olish ni xohlayman.

Shu sababli, 5-10 daqiqa vaqtingizni shu formani to'ldirib berishga chaqirmoqchiman. Sizning har biringizning fikringiz men uchun juda muhim!

👉 LINK: https://forms.gle/HqBQDbEZPt4gWC237

Barchangizga rahmat! 😊
👍21🔥3🎉3🌚1
💼 Hozirgi jamoamizda quyidagi vakansiyalar ochiq ekan:

Junior Front-End Developer
$1000-1200 -remote-full time
English-B2

JS, TS, HTML, CSS, SCSS, SASS, LESS, React, CI/CD, Styled-components, Firebase, GraphQL, Docker, HTTP, GIT.

Intern Machine Learning Engineer
$500-800 -remote-full time
English-B2

Python, Django, SQL, PostgreSQL, Pandas, Sklearn, Pytorch, Git, Docker, CI/CD, Mathematical background, Basic ML algorithms and metrics, NLP

Rezyumengizni @azizbekkhabibullaev_bot ga yuborsangiz eng yaxshi kandidatni referal qilib beraman :)

Telegram | YouTube | Instagram
🔥39👏5👍4🤗3
Ko’p keladigan savollardan biriga javob! 👇
🙈12👍8🔥42😁2
2025/07/09 21:23:20
Back to Top
HTML Embed Code: