Telegram Web Link
🇺🇿🇰🇬Bugun oliy martabali mehmon Qirgʼiziston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʼzbekistonga keldi. Koʼksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari doʼstlik, qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarining barcha yoʼnalishlarini koʼrib chiqishdi.

🔰 Jumladan, yoshlar siyosatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bugun biz Qirgʼiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri K.Imanaliyev bilan birgalikda Tadbirlar taqvimini imzoladik.

Hamkorlikdagi ushbu hujjat 2021-2022-yillarga moʼljallangan bo'lib, yoshlar o'rtasida biznes, tadbirkorlik, turizm, sport va madaniyat sohalariga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi.

🤝Ushbu kelishuv kelgusida ikki mamlakat yoshlari oʼrtasida doʼstona munosabatlarni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

@akmal_jumaboyev
FOTOLAR.
Ular xoh albomda, xoh elektron shaklda bo'lsin, yaqin tarixni jonlantiradi.

Bugun o'tayotgan umrimning so'ngi 10 yiliga "esdalik uchun" rasmlar orqali nazar soldim. Qanchadan-qancha taqdirlar, yaqin do'stlar, ustozlar, ismini eslay olmasamda yuziga kulib qaraganda chehrasi tanish ko'rinadigan insonlar...

Bu rasmlar vaqt orqaga qaytmasligini, umr o'tayotganligini, vaqt bizni tarbiyalashini, sabr, mulohaza va vazminlik insonni qanchalik ulg'laytirishini eslatib turgandek go'yo.

FOTOLAR.
Biz ularni goh quvonib, goh jilmayib, goh xo'rsinib tomosha qilamiz. Chunki biz ham shu rasmlar olamida aks etamiz, bir kun.

Asosiysi, oqibat bor, kayfiyat zo'r, shijoat baland! Ha mayli, "lirik chekinish" tamom. Buyog'iga ishimiz ko'p, davom etamiz...

P.s.: Muhimi, yaqin insonlar faqatga "foto"larda qolib ketmasin, hol-ahvol so'rab turaylik bir-birimizdan.


@akmal_jumaboyev
🌏 Bugun Navro'z bayrami
🇺🇿O'zbekiston, 🇮🇷Eron, 🇦🇫Afg'oniston, 🇮🇶Iroq, 🇸🇾Suriya, 🇧🇭Bahrain,
🇦🇿 Ozarbayjon, 🇱🇧Livan, 🇵🇰Pokiston, 🇮🇳Hindiston, 🇹🇯Tojikiston, 🇹🇷Turkiya, 🇦🇱Albaniya, 🇰🇿Qozog'iston,
🇰🇬Qirg'iziston va boshqa davlatlardagi kelib chiqishi fors va turkiy millatlar tomonidan keng nishonlanadi.

🌈☀️Bayramona kayfiyatdagi ushbu millionlab insonlar qatorida Sizga ham Navro'zi olam qutlug' bo'lsin!

@akmal_jumaboyev
Inson borki, uning hayoti tug'ilishdan to "so'nggi manzili"ga qadar bevosita mahalla bilan bog'liq. Mahalla - tarbiya o'chog'i.

🔷 Bugun Surxondaryo viloyati mahalla tizimi xodimlari bilan uchrashdik. Viloyatdagi 721 ta mahalla raislari va xodimlari orasidan bir guruhiga Davlat rahbari qarori bilan ta'sis etilgan "Mahalla iftixori" ko'krak nishonlarini ham topshirdik.

🔶 Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari F.Mamanov boshchiligidagi viloyat jamoasi uchrashuvni bayramona ruhda tashkil etish uchun astoydil mehnat qilgani sezildi.

❇️ Eng muhimi, hayot tajribasi ko'zlarida aks etgan, yuzlari mehnatdan qoraysa ham, qalbi pok, iymoni but mahalla fidoyilarining quvonchlariga sherik bo'ldik.

@akmal_jumaboyev
🤝 "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili avvaldan mavjud. Shu tamoyil asosida faoliyat yuritayotgan bir guruh Surxon yoshlari bilan fikr almashdik.

🚀 Muloqot hayotiy tajribaga asoslangan holda, ish jarayonida uchraydigan muammolar, shaxsiy rivojlanishga to'sqinlik qiladigan omillar, muvaffaqiyatsizliklar va ularni yengib o'tish ko'nikmalari haqida bo'ldi.

🔰 Suhbatdoshlar yaxshi edi, muloqot ham shunga yarasha qizg'in tus oldi. Boshqa rejalarimiz, ishlarimiz bor bo'lishiga qaramasdan vaqt reglamentidan ozroq chiqib ketishga to'g'ri keldi. Motivatsiya uchun rahmat, aziz hamkasb yoshlar!

@akmal_jumaboyev
☝️Maoshlarini 45 yildan buyon uyiga olib bormaydigan direktor.

🔶Bundan 20 kun avval Denov tumaninig chekkasidagi 1-maktabga kelgandik. Tasodifni qarangki, maktab direktori ko'pchilikka tanish bo'lgan Xosiyat aya ekanlar.

🟣 Eslatib o'tmoqchiman: Xosiyat aya 82 yosh, 60 yillik pedagog. Faoliyatining 45 yili davomida shu maktabda direktor.

❗️Ahamiyatlisi, aya shu 45 yil davomidagi barcha maoshlarini maktabga sarflabdilar.
Aya oyiga 5 mln. so'm maosh oladilar (shundan 2 mln. so'm pensiya). "Agar 5 mln. so'mni
100 ming so'mdan o'quvchilarga stipendiya qilib bersam, har oy
50 nafariga yordam bera olaman" -
deydilar aya. Bu ham ibrat, jasorat.

Aytgancha, tumandagi ilk "Sardorlar maktabi" ham 1-maktabda tashkil etilgan. O'tgan safar kelganimizda o'quvchilar kitob so'ragan edilar. Bugun 1 000 dona sara kitoblarni mamnuniyat bilan topshirdik. Xosiyat aya "Sardorlar maktabi"ning faxriy sardori! Shunday fidoyi insonlar ko'paysin!

Ayaning duolarini olib, keyingi ob'yektga yo'l oldik.

@akmal_jumaboyev
2025/07/05 10:21:03
Back to Top
HTML Embed Code: