Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️Ko'pchilik chet elda o'qishni orzu qiladi. Faqat mablag' degan joyiga kelganda o'ylanib qoladi. Endi o'ylanishga hojat yo'q.

Shu yildan boshlab Prezident topshirig'i bilan yaxshi yangilik amaliyotga joriy etilmoqda.

🎬Mahliyo Ozodova buni tushunarli va sodda tilda o'z kanalida yoritibdi. Sizga ham @salom_yoshlar1 da e'lon qilingan video lavhani ko'rishni tavsiya etaman.

☝️Unutmang! Imkoniyat hammaga teng beriladi, lekin hamma ham imkoniyatdan teng foydalanmaydi.

@akmal_jumaboyev
🔷Bugun Fargʻona shahrida "Hokim, vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov, Davlat test markazi rahbari Majid Karimov hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Farxodjon Toshpo'latov bilan birgalikda ishtirok etdik.

🔶"Tadbirkorlar uyi"da tashkil etilgan ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan imtiyozli kreditlar, fuqarolik olish, yer ajratish, ishga joylashish, chegara hududlari muammolari, Yoshlar yetakchilari faoliyati, “Talabalar bahori” festivalini oʻtkazish, sardorlar faoliyati, bu yilgi test jarayonlari, o'qishni ta'lim yo‘nalishini turdosh yo‘nalishlarga ko‘chirish kabi savollarga aniq javob berildi.

✔️Yoshlarning dadilligi va muammoni ko'ndalang qo'yishi spikerlarni mas'uliyatini oshirdi.

☝️Bugungi muloqot nafaqat Farg'onada, balki Respublikada faqatgina tizimli yechim bilangina doimiy ish mexanizmini ishlatish mumkinligini ko'rsatdi.

@akmal_jumaboyev
💼 Toshkentga qaytgach, yana reja asosidagi ishlarga kirishdik.

🇩🇪 Hozirgina Germaniyaning Sparkassenstiftung für internationale Kooperation (Xalqaro hamkorlik bo'yicha Jamg'arma kassalari fondi) jamoasini qabul qildim. Bu tashkilot bizning ishonchli hamkorlarimizdan hisoblanadi.

🗓 Norasmiy, ishchi tartibda o'tgan muhokama davomida yaxshi loyihalarni kelishib oldik. Aprel oyining ikkinchi yarmidan katta hajmdagi ishlarga rasman start beramiz.


🟢 Janob M.Wangler, A.Qosimov, M.Inoyatov bilan birgalikda ishlab chiqayotgan loyihalarimiz bilan keyinroq bosqichma-bosqich tanishtirib boramiz.

@akmal_jumaboyev
Hurmatli do'stlar!

Bugundan boshlab Toshkent shahar Sergeli tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari vazifasida ish boshladim.

Nasib etsa, bundan buyog'iga ham Sizlar bilan hamfikr bo'lib, birgalikda xalq xizmatida bo'lamiz.

@akmal_jumaboyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli do'stlar!

🟢Yangi vazifamdagi ilk matbuot anjumanida aholimizning ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ekspertlar ishtirokida muhokama qilib, faoliyatimizning ustuvor yo'nalishlarini birgalikda belgilab oldik.

@akmal_jumaboyev
O'ylab qarasam, oxirgi marta to'rt yil oldin oilam bilan tabiat bag'riga chiqqan ekanmiz. Unda katta o'g'lim bir yarim yosh edi, hozir besh yarim yosh. Vaqt ortga qaytmaydi, umr o'tmoqda.

📊 Ba'zan qiziqarli, ba'zan og'ir va yana ba'zan kutilmagan hodisalarga boy o'tayotgan ish haftasidan so'ng munosib hordiq chiqarish ham kerak ekan. Ayniqsa oilaviy dam olish baribir boshqacha.

💯 Bugungi yakshanba zo'r o'tdi. Ota-onalarimizni ziyorat qildik, farzandlarimizga quvonch ulashishga ulgurdik, ish ham qolib ketmadi. O'ziga shukur...

@akmal_jumaboyev
🔶 Ҳурматли дўстлар!
Фаолият йўналишимдан келиб чиққан ҳолда, баъзи бир фойдали маълумотларни тақдим этиб бораман.


☝️ Тадбиркорлик фаолияти учун солиқ ва бошқа мажбурий тўловлардан имтиёзлар:


🔷 Қишлоқ туманларида, (бундан аҳоли сони 5 минг кишидан кўп бўлган аҳоли пунктлари
мустасно) сартарошхона хизматларини, якка тартибдаги буюртмалар бўйича кийим тикиш
хизматларини, пойабзал таъмирлаш хизматларини кўрсатиш бўйича фаолиятни, жамоат ҳаммомларини ташкил этган якка тартибдаги тадбиркорлар 2023 йил 1 июлгача барча турдаги солиқларни тўлашдан озод этилади
(аҳолининг барча тоифаси учун).

🇺🇿 Ҳуқуқий асос: ПҚ-3856, 14.07.2017

аъзо бўлинг 👉 @akmal_jumaboyev
☝️ Тадбиркорлик фаолияти учун солиқ ва бошқа мажбурий тўловлардан имтиёзлар:

🔷 Якка тартибдаги тадбиркорлар ҳар бир ёлланган ходимга тўланадиган қатъий белгиланган миқдордаги солиқни тўлашдан озод этилади
(аҳолининг барча тоифаси учун).

🔶Биринчи марта микрокредит олган якка тартибдаги тадбиркорлар уни олган санадан бошлаб 6 ой мобайнида қатъий белгиланган миқдордаги солиқ тўлашдан озод этилади (аҳолининг барча тоифаси учун).

Ҳуқуқий асос: ПҚ-3856, 14.07.2017

аъзо бўлинг 👉 @akmal_jumaboyev
☝️ Тадбиркорлик фаолияти учун солиқ ва бошқа мажбурий тўловлардан имтиёзлар:

🔶Ўзбекистон Республикасининг олий ўқув юртларида таълим олиш (ўзининг, йигирма олти ёшга тўлмаган фарзандларининг ёки эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун йўналтирилган
тўловлар жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи тўлашдан озод этилган

(аҳолининг барча тоифаси учун).

🔷2023 йил 1 январга қадар Миллий каталог ва Реестрга киритилган ҳунармандлар учун календарь йили давомида ҳунармандчилик маҳсулотларини (ишлар, хизматлар) сотишдан тушган тушуми 100 млн. сўмдан ошган, бироқ 1 млрд. сўмдан кўп бўлмаган миқдори учун якка тартибдаги тадбиркорлар томонидан айланмадан олинадиган солиқ ставкаси 2 фоиз миқдорида тўланади (аҳолининг барча тоифаси учун).

🟢Ҳунармандчилик фаолияти субъектлари бўлган “Ҳунарманд” уюшмасининг аъзолари ўз
фаолиятининг дастлабки икки йили мобайнида ижтимоий солиқни ойига базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 фоизи миқдорида тўлайди
(аҳолининг барча тоифаси учун).

🔴“Уста-шогирд” мактаби ўқувчилари томонидан ижтимоий солиқ улар 25 ёшга тўлгунига қадар бўлган ишлаган даврида - йилига базавий ҳисоблаш миқдорининг 2,5 бараваридан кам бўлмаган миқдорда тўланади.

🇺🇿Ҳуқуқий асос: Солиқ кодекси

👉 аъзо бўлинг @akmal_jumaboyev
2025/07/05 05:56:20
Back to Top
HTML Embed Code: