Telegram Web Link
#sergelihokimiyati
#subsidiya
#yoshlaruchun

Jamoamiz bilan mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan, oilaviy daromadini o‘z mehnati evaziga topishni maqsad qilgan yosh yigit-qizlarimizni oz bo‘lsada qo‘llab-quvvatlashdan, faoliyati davomida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar, jihozlarni doimiy ravishda beg‘araz ajratib borishdan mamnunmiz.

P.s:
sarflangan mablag‘, raqamlar haqida yozgim kelmadi. Muhimi yoshlar ko‘zidagi quvonch, muhimi e'tibor deb o‘yladim.

@akmal_jumaboyev
#arafafazilati
#qurbonhayiti

Arafa fazilatli kun! Bu kunning hayirli amallariga insonlarga mehr ulashish, be'morlardan xabar olish va qiynalgan oilalarga oz bo‘lsada e'tibor qaratish ham kiradi.

Bugun hokimiyatimiz jamoasi, sektor rahbarlari bilan tumanimiz fuqarolari xonadonlarida mehmon bo‘ldik. Kun davomida 132 ta oila va shu oilalarda tarbiyalanayotgan 1000 ga yaqin bolalar, be'morlar va keksalar bilan bayramona suhbat qurishga ulgurdik. Ertaga ham yaxshi rejalarimiz bor, ertaga ham kutilgan kun!

Aziz do‘stlar, Qurbon Hayit ayyomingiz bilan!


@akmal_jumaboyev
#№1
#yangiyangilik
#bilibolganyaxshi

Бугун Президент томонидан илгари сурилган ташаббуслар:

* Жорий йил 1 сентябрдан бошлаб нафақа миқдори оиладаги болалар сонидан келиб чиқиб белгиланади. Бунда болалар ёши 14 ёшдан 18 ёшгача, тўлов муддати 6 ойдан 12 ойгача узайтирилади.

* 122 минг нафар “темир дафтар”га кирган оила фарзандлари, шунингдек 370 минг нафар боқувчисини йўқотган ва ногиронлиги бўлган болаларга мактабга чиқиши учун 500 минг сўмдан берилади.

* Васийлик, ҳомийлик ва патронатга олинган болалар ҳам олийгоҳларга киришда Меҳрибонлик уйлари ва Болалар шаҳарчалари битирувчилари учун ажратилган қўшимча квотадан фойдаланадилар.

@akmal_jumaboyev
#№2
#yangiyangilik
#bilibolganyaxshi

Бугун Президент томонидан илгари сурилган ташаббуслар:

* Меҳрибонлик уйлари битирувчиларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизими янада такомиллаштирилади.

* Жумладан, 18 ёшга тўлган, уй-жойга муҳтож етим болаларга янги қурилган уй-жойлар бепул ажратилади.

* Бунинг учун, 757 нафар болага уй-жой сотиб олишга жорий йилда бюджетдан 120 миллиард сўм йўналтирилади.

* Вилоят, шаҳар ҳокимлари 1 октябрга қадар 757 нафар етим болаларни уй-жой билан таъминлайди.

* Етим ёки ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган иқтидорли талабалар стипендияси 50 фоизга оширилади.

* Шунингдек, ота-онасидан ажраган талабаларга пенсия тўлаш муддатини амалдаги 18 ёшдан 23 ёшгача узайтирилади.

* Ушбу талабаларга зарур адабиётлар сотиб олиш учун ҳар йили бир марта 1,2 миллион сўм субсидия берилади.

@akmal_jumaboyev
Замонамизнинг ёш қаҳрамонлари

Асосий бурчимиз берилган ишончни оқлашдир

Тошкент шаҳар, Сергели тумани ҳокимининг Молия, иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари Акмал Жумабоев ЎзА мухбирининг саволларига жавоб берди.

📍 http://uza.uz/posts/291524

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
☝️Samarali muloqot elementlari to‘g‘risidagi fikrlar:

🟢 Kitob o‘qing, bilimingizni muntazam oshirishga va shaxsiy rivojlanishingizga e'tiborni kuchaytiring. Suhbatdosh chiroyli gapirgani bilan, nutqda ma'no-mazmun va yangilik bo‘lmasa bu vaqtni behuda sarflashdan boshqa narsa emas.

🔵Yaxshi kayfiyat tabassum bilan boshlanadi. O'zingizga va boshqalarga ko'proq tabassum qiling. Yaxshi hazil odamlarni birlashtiradi. Optimist eng qiyin ishning muvaffaqiyatli bo'lishiga ishonchni ilhomlantiradi.

🟡Har qanday vaziyatda xotirjam bo'lishga harakat qiling. Esingizda bo'lsin, xotirjam odamlar bilan suhbatlashish yanada yoqimli. Sokin muhit o'z-o'zini hurmat qilishni oshiradi, ishlash, o'qish, ijod uchun qulay sharoit yaratadi.

🟣Odamlarni odilona baholang va agar siz tanqid qilsangiz, tanqidchining obro'si va qadr-qimmatini saqlab, uni mohirlik bilan bajaring. Eng yaxshi narsa bu yuzma-yuz kuzatish. Shuni yodda tutingki, hech narsa odamni doimiy tanbeh kabi yomonlashtirmaydi.

a'zo bo‘ling
👉
@akmal_jumaboyev
Xalq ishonchi va Prezident e'tirofini qabul qilib oldik.
Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklayman!

@akmal_jumaboyev
2025/07/02 02:17:57
Back to Top
HTML Embed Code: