Telegram Web Link
⚡️Sog'lom odam tanasida har kuni rak (saraton) hujayralari paydo bo'ladi!

Tadqiqotlarga ko‘ra, har bir inson tanasida har kuni yuzlab yoki minglab genetik nuqsonlarga ega bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi, ulardan ba'zilari rakka aylanish potentsialiga ega bo‘ladi.

Nechta rak hujayrasi paydo bo'lishi mumkin?

Aniq raqamni berish qiyin, chunki bu har bir insonning yoshi, DNK tuzilishi, turmush tarzi (masalan, chekish, radiatsiyaga ta’sir qilish) va boshqa omillarga bog‘liq. Ammo ilmiy manbalarda kuniga 1 000 dan 10 000 gacha potentsial rak hujayrasi yuzaga kelishi mumkinligi aytiladi.

Ular qanday yo'q qilinadi?

Immunitet tizimi bu hujayralarni "immun nazorat" orqali aniqlaydi va yo'q qiladi. Bu jarayon quyidagicha ishlaydi:

👉 Rak hujayrasi shakllanishi:
Genetik mutatsiyalar tufayli hujayralar nazoratsiz bo‘linishni boshlaydi.

👉 Immun tizimi aniqlaydi:
T limfotsitlar (ayniqsa, sitotoksik T hujayralar) rakka aylanishi mumkin bo‘lgan hujayrani tanib oladi, chunki u hujayra yuzasida "normal" bo‘lmagan oqsillar (neoantigenlar) paydo bo‘ladi.

👉 Yo‘q qilish:
T hujayralar yoki NK hujayralar (natural killer cells) bu hujayralarni yo‘q qiladi — ularni parchalab yuboradi yoki o‘zini o‘ldiradigan signal yuboradi (apoptoz).

🤔 Nega ba'zida bu tizim ishlamaydi?

Rak hujayralari immunitetdan yashirinish uchun "soxta signallar" yuborishi mumkin. Ba'zida immunitet tizimi yetarlicha kuchli bo‘lmaydi (masalan, yoshi katta odamlarda yoki surunkali kasalliklarda). Rak hujayralari immun tizimini aldab, yallig‘lanishni bostiruvchi muhit yaratishi mumkin.

Shuning uchun ham immunoterapiya — ya’ni immunitetni rak hujayralariga qarshi kuchaytiradigan dorilar — zamonaviy saraton davosining muhim yo‘nalishiga aylangan.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Isitmasiz quruq yo‘talning sabablari

1. Allergik kasalliklar
Allergik rinit, chang yoki gul changiga allergiya
Bronxial astma (ba’zida faqat yo‘tal shaklida bo‘ladi — “yo‘tal varianti”)
Belgi: kechasi yoki tongda kuchayadigan yo‘tal, nafas olishda xirillash bo‘lishi mumkin.

2. Nafas yo‘llari yallig‘lanishi (yengil shakllari)
Faringit, laringit, traxeit — ba’zida faqat yo‘tal bo‘ladi, isitmasiz.
Belgi: tomoqda qichishish, tirnashish, qirqiladigan yo‘tal.

3. Gastroezofageal reflyuks
Oshqozon kislotasi qizilo‘ngachga chiqib, yo‘talni keltirib chiqaradi.
Belgi: ovqatdan keyin yo‘tal, ko‘krakda achishish, qattiqroq yotganda kuchayadi.

4. Atrof-muhit omillari
Chang, tutun, kimyoviy moddalar (ish joylarida), sigaret chekish — yo‘tal chaqirishi mumkin.

5. Dori vositalari ta’siri
Angiotenzin-ingibitorlar (masalan, enalapril, kaptopril) — qon bosimi uchun ishlatiladigan dorilar yo‘talga sabab bo‘lishi mumkin.

6. Stress yoki psixogen yo‘tal
Asosan bolalar va yosh ayollarda kuzatiladi. Emotsional holat bilan bog‘liq.

7. Surunkali kasalliklar
Interstitsial o‘pka kasalliklari, o‘pka saratoni — boshlanish bosqichlarida isitmasiz bo‘lishi mumkin.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93
Tomoq og‘riganda muzqaymoq yeng!

Qachon foydali bo‘lishi mumkin:

👉 Virusli tomoq og‘rig‘ida (masalan, faringitda) muzqaymoq sovituvchi ta’sir qiladi: shish va og‘riqni kamaytiradi, tomoqni biroz tinchlantiradi.

👉 Operatsiyadan so‘ng (masalan, bodomsimon bez olib tashlangach) muzqaymoq qonni to‘xtatish va og‘riqni yengillashtirishda foydali bo‘ladi.

Qachon tavsiya etilmaydi:

👉 Bakterial infeksiyalarda (masalan, angina, streptokokkli tonzillit) sovuq mahsulotlar immunitetni zaiflashtirib, kasallikni og‘irlashtirishi mumkin.

👉 Sovuqqa sezuvchan odamlar uchun muzqaymoq tomoqni battar qitiqlashi yoki yomonlashtirishi mumkin.

Xulosa:
Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, harorat yuqori bo‘lmasa va bu virusli holat bo‘lsa — biroz muzqaymoq foyda berishi mumkin. Ammo agar bakterial infeksiya bo‘lsa yoki sovuqdan holatingiz og‘irlashsa, undan voz kechgan ma’qul.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda

Allergiyangiz bo'lsa hozircha ko'chaga chiqmaganingiz ma'qul!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢10👍31
🎙 36.6 PODCAST

Zamonaviy tibbiyot – xalqona tilda!

Xalqimizning tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida 36.6 PODCAST nomli manfaatli loyiha boshladik. Ilk soni yaqin kunlarda montaj jarayonlari yakunlangach YouTube platformasiga joylanadi.

Duo qilib qo'ying, barokatli bo'lsin!
2👍38👏10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️19 yoshli homilador va uning homilasi anafilaktik allergik reaksiya sabab vafot etgan

Sababchi: To'liq anamnez (ma'lumot) yig'masdan dori vositasini tayinlagan ginekolog shifokor. Sud unga tegishli jazo tayinlagan.

Yana qayta eslaymiz! Hechkim dori allergiyasidan himoyalanmagan. Harkimda bu holat bo'lishi mumkin. Oldin olib yurgan dorilaringiz bilan ham kuzatilishi mumkin. Siz "oddiy doriku" deydigan dorilar ham sabab bo'lishi mumkin. Bu eslatma ham shifokorlarga, ham bemorlarga tegishli!

O'zingizni ehtiyot qiling!
Zarur bo'lmasa dori qabul qilmang!


💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15😱4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashashimizdan maqsad, aslida, Allohning roziligiga erishish bo'lishi kerak!

Hayotdagi maqsadini yo'qotib qo'yganlarga, ayniqsa bo'lar-bo'lmas dunyoviy muammolar sabab g'am chekib yurganlarga yuborib qo'ying!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏5👍2🥰1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Nega isitma qilamiz?

❗️Yosh bolali ota-onalar ko'rishi shart!

Agar ushbu ma'lumotlarni avvalroq bilganingizda farzandingiz immunitetini ideal ishlaydigan qilishingiz mumkin edi!

🌡Isitma qilish – bu shunchaki simptom emas. Uning ko'tarilishi tanada bo'layotgan murakkab jarayonlar haqida ma'lumot beradi.

Xo'sh, u qanday jarayonlar? Uni bilish nega muhim? Isitma immunitetga aloqadormi?

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍83
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isitma – organizmning himoya reaksiyasi

Tanamiz shu darajada mukammal ishlaydiki, o'zidan o'zi tana haroratimiz ko'tarilmaydi. Tanada qandaydir himoyaviy o'zgarishlar ketayotganining belgisi bu.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanamiz ideal yaratilgan!

Organizmimiz kasallik vaqti ataylab issiqlikni ko'taradi. Chunki, ko'plab mikroblar issiqlikda yashay olmaydi.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Immunitet qachon kuchli bo'ladi?

Immun tizimi yaxshi ishlashi uchun u doimiy jang qilib turishi lozim. Bir yilda 6-10 martalab kasal bo'lish bu normal holat, aslida.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Forwarded from 36.6 PODCAST
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Barcha kasalliklar rostanam psixologik muammo bilan bog'liqmi?

Navbatdagi mehmonimiz psixiatriya va nevrologiya sohalari mutaxassisi, psixonevrolog shifokor – Azizbek Eraliyev.

🎙 Podcast davomida qanday qilib hechqanday dorilarsiz bemorlarni davolash mumkinligi, kimlar ko'proq psixonevrologik muammolarga moyil bo'lishi, shuningdek, o'qish va ish jarayonidagi doimiy stress, kam uxlash, kuchli ruhiy bosimning salomatlikka ta'siri haqida mazmunli hamda foydali ma'lumotlar oldik.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/3FfSGGg_zuc

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104😁1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
41°C dan yuqori isitma juda xavfli!
Tanamizdagi oqsillar "pishib" qoladi!

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Allergiyadan batamom qutulish yo'llari haqida gaplashamiz!

Allergiya – bu immun tizimining noto'g'ri ishlashi natijasida rivojlandigan kasallik. Allergiyaning turli shakllariga chalingan bemorlar soni, ayniqsa oxirgi 10-15 yilda dunyo bo'yicha keskin ortib bormoqda.

Podcast davomida biz allergiya o'zi nima ekanligi, qanday qilib paydo bo'lish sabablari, profilaktikasi, zamonaviy tekshiruv va davolash usullari haqida gaplashdik.

Suhbatimiz ko'plab ilmiy ma'lumotlarga va hayotiy qiziqarli keyslarga boy bo'lganidan vaqt o'tganini sezmay qolasiz, vaqtingizga achinmaysiz!

📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/0Olqwl9ZVpg?si=Ve2nNJGAMQGijhpw

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7😱1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 36.6 PODCAST: Semizlik muammolari. Ortiqcha stressiz ozish bo'yicha mutaxassislardan tavsiyalar

—Inson qachon semirishni boshlaydi?
—Ortiqcha vaznni qanday hisoblaymiz?
—Semizlik tibbiy va ijtimoiy muammomi?
—Ozishda eng muhim omil nima?
—Ozdirishi isbotlanmagan usullar qaysilar?

Podcast davomida global muammolardan biri bo'lgan SEMIZLIK haqida zamonaviy tibbiyot nuqtai nazari bilan suhbatlashdik. Mehmon ekspertimiz – Taomlanish ilmi, Ongli ozish kabi loyihalar muallifi Feruz Yigitaliyev.

Agar ozish uchun harakatni boshlashni reja qilayotgan bo'lsangiz, demak ushbu podcastdagi ma'lumotlar aynan siz uchun!

📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/E9CSKxpwT_I?si=TDZbyIGsFptL19HC

💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
💭 Savol-javob qilamiz!

Allergiya bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan qanday savolingiz bor? Izohlarda yozishingiz mumkin. Hech bir savol e'tibordan chetda qoldirilmaydi.

Eng yaxshi, eng saviyali savollarni alohida post shaklida e'lon qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ОКТЯБР ЯКУНИ: АЛЛЕРГИЯ ҲАФТАЛИГИ! ҲАЙРИЯ АКЦИЯСИ!

Аллергиядан азият чекаётган лекин молиявий имконияти чекланган беморлар учун "Доктор Аллерголог" ҳамда "POYTAXT MED DIAGNOSTIKA" клиникасидан ажойиб имконият тақдим этилади.

Фақатгина 30-31 октябр (пайшанба-жума) кунлари шифокор-аллерголог Жасур Давлатов томонидан 200.000 сўмлик консультациялар МУТЛАҚО БЕПУЛ амалга оширилади.

Бу ҳали ҳаммаси эмас!

Қуйидаги таҳлиллардан 2 таси ҳам бепул текшириб берилади:

🧪Қондаги глюкоза
🧪С-реактив оқсил
🧪Қондаги мочевина
🧪Қондаги калций
🧪Теридаги замбуруғ

❤️❤️Шунингдек, аллергик касалликларни текшириш учун энг замонавий барча анализларга 15% чегирма тақдим этилади.

Қуйидаги беморлар қабул қилинади:

Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,

Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши

Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши

Аллергик йўтал;
— Қайталовчи йўтал, томоқ қичиши

Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш

Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар

Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар


Қаерга бориш керак?

POYTAXT MED DIAGNOSTIKA клиникасига

🗺 Манзил: Тошкент шахри, Учтепа тумани, Заргарлик 62-а уй. Мўлжал: Шуҳрат чорраҳаси. Ал-Хоразмий айланаси
Иш вақти: 09:00-13:00
🚩 Локация: www.tg-me.com/allergiya/648

Қабулга рўйхатдан ўтиш:
☎️ +99871-276-96-03
☎️ +99871-276-97-03

Илтимос, ушбу эълонни имкон қадар яқинларингизга, гуруҳларингизга тарқатинг. Айниқса, имконияти чекланган ва аллергия билан узоқ йиллардан бери қийналиб юрганларга.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🥰2
2025/10/29 03:45:56
Back to Top
HTML Embed Code: