Telegram Web Link
ANDIJON SHAHRIDAGI MAKTABLARDA YOZGI MAVSUM UCHUN "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA "YOZNI MAKTAB BILAN" LOYIHASI ASOSIDA "VILOYAT PROKURORI VA O’QUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVLARI" O'TKAZILMOQDA.

Mazkur uchrashuvlarda o‘quvchi yoshlar bilan jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish, ularning huquq va majburiyatlari bo‘yicha tushunchalar berish maqsad qilingan. Andijon viloyat Prokurori M. Abduxakimov tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotlar olib borilib, turli huquqbuzarlik holatlari va ularning oqibatlari haqida real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berib o’tdi.

Shuningdek, Prokuror tomonidan yozgi ta’til davomida o‘quvchi yoshlarni hunarga yo‘naltirish, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan band etish bo‘yicha ham tavsiyalar berilmoqda. Bu borada ta’lim muassasalari, kasb-hunar markazlari bilan hamkorlikda, yoshlarning qiziqishi va iqtidoridan kelib chiqib, ularni turli yo‘nalishlardagi kasblarga o‘rgatish ishlari tashkil etilmoqda.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I Facebok I Youtube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand,
19.06.2025.



Самарканд,
19.06.2025.
Xonobod shahridagi maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ular uchun ta’lim muassasalarida fan, til, musiqa va tasviriy san’at to‘garaklari, badiiy va ijodiy kechalar, teatr va kino tomoshalari hamda turli musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida Xonobod shahridagi 7 ta maktablarning sport maydon va zallari, kutubxona hamda informatika xonalari yoshlar uchun ochilib, "Yozni maktab bilan" loyihasi o‘tkazilmoqda.

Maktablarda tashkil etilayotgan fan va til to‘garaklari, sport va san’at musobaqalari, teatr va kino tomoshalari, musiqiy kechalar va sayohatlarga tumandagi jami 7 mingga yaqin yoshlar jalb etildi.

(Fotolavhalarda: Xonobod shahrining Yangi Hayot, Kampirovvot va Fozilmon hududlaridagi maktablar faoliyati)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Долзарб 90 кун" доирасида ўқувчилар учун бизнес саёҳат ташкил этилди

Лойиҳа доирасида Андижон шаҳри, Қўрғонтепа, Хўжаобод ва Андижон туманларидаги 120 нафар битирувчи синф ўқувчилари учун бизнес саёҳат ташкил этилди.

Саёҳат давомида ўқувчилар "Dinar Textile" корхонасида бўлиб, ишлаб чиқариш жараёнлари, ишчилар учун яратилган шароитлар ҳамда ички фаолияти билан яқиндан таништирилди. Ушбу саёҳат уларда тадбиркорлик ҳамда ишлаб чиқариш соҳасига бўлган қизиқишларини янада оширди.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
MAKTABLARDAGI KASB-USTAXONALARIDA TAXSIL OLAYOTGAN O’QUVCHILARDAN KASB IMTIXONLARI OLINDI

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida jami 16 ta maktablar tanlab olinib, o’quv yili davomida ushbu maktablarda o’quvchilarga qo’shimcha tarzda kasb-hunar sirlari o’rgatib kelinmoqda.

Yil davomida mazkur ta’lim muassasalardagi jami 978 nafar o‘quvchi-yoshlar 19 turdagi kasb va hunar yo’nalishida yetarli malakalarga ega bo’ldi.

Joriy yilning 17-20-iyun kunlari vazirlik vakillari tomonidan ushbu o’quvchilarga kasbiy sertifikatlarni berishga qaratilgan yakuniy kasb imtixonlar olinib, natijalarni kasb.maktab.uz platformasiga yuklash ishlari amalga oshirilmoqda.
2025/07/08 19:58:48

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: