Telegram Web Link
Oila quring, takror aytaman, oila quring…

Rafiqa, ona, beka bo’lish uchun oila quring.

Ayolligingizni tan oladigan, sizni birinchi darajali oilasi sifatida qabul qiladigan, xotin emas, farzandlarining onasi, jufti haloli, umr yo’ldoshi deb biladigan inson bilan oila quring.

Qaynona-qaynotaning shu vaqtgacha olinmagan ko’ngli, kulmagan yuzi, tozalanmagan uyi, yemagan ovqati, hurmat qilmagan o’g’lining hurmati sizning mas’uliyatingiz emasligini bilgan xolda oila quring.

Har bir burchagi sizga oid, farzandlaringiz erkin xolda ulg’ayadigan, juftingiz bilan uyalmay-tortinmay yashaydigan uyingiz bo’lsagina oila quring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday go’zal so’z:

Oson turmush yo’q aslo.
Ammo hayotni birgalikda osonlashtiradigan juftlar bordir.
Ishoning men kechirolmayman…

Odamlarning xatolaridan ko’ra niyatlari muhimroq men uchun. Aynan niyatlarida poklik yo’q bo’lsa va hatti-harakatlaridan faqatgina hasad hidi kelayotgan bo’lsa, so’ragan uzurlari bilan ham ishim yo’q.

Umidimni tugatgan, halovatimni olib qo’ygan odamlarni kechirishni emas, o’chirishni afzal ko’rayabman. Yaqin yoki uzoq, farqi yo’q.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen rad etilmading, qilgan duolaringning ijobati shunchaki o’z vaqtini kutmoqda.

Hattoki Payg’ambarlar kutishga majbur edi


Hazrati Yusuf quduqda, Hazrati Ibrohim olovda, Hazrati Yunus baliqni qornida kutdi…

Seni rad etilgandek his qilishingni sababi nima?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Haqiqiy sodiq ayol qanday bo’ladi?

- U sendan hech qanday moddiy narsa kutmaydi. U faqatgina unga vaqt ajratishingni, mexringni, shirin so’zingni va u uchun kurashib, himoya qilishingni istaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juma…

Robbim Senga judayam kuchli xolda ishonaman. Barcha qilgan duolarimni ijobat qilishingga chin qalbimdan iymon keltiraman.

Qalbimni, yo’limni, taqdirimni butunlay Senga taslim etaman. Shunday bir baxt nasib etginki Robbim, quvonchdan farishtalar men bilan bayram qilsin, shukrim samolarga qadar yetib borsin va bu baxt menga Seni aslo unuttirib qo’ymasin
Sen birga bo’la oladigan eng qiyin inson…

Sendan nafratlanadigan emas, seni tark qilgan ham emas…

Seni yetarli darajada sevmaydigan ammo bir tomondan seni yo’qotishni ham istamaydigan insondir.

Senga qadr bermaydi ammo bir tomondan sen vozkecholmaydiganchalik e’tibor ko’rsatadi.

Senga qalbini, tuyg’ularini ochmaydi ammo o’z yo’lingda ketishingga ham yo’l qo’ymaydi.

Sen uchun kurashmaydi ammo seni yonida ushlab turoladiganchalik borligini his qildiradi.

Senga ishonch bermaydi ammo sen unga bog’lanib qoladiganchalik umid beradi.

Bu sevgi emas, egalik qilish.
Seni bag’riga bosishni emas, seni ushlashni istaydi.

Seni sevishni emas, boshqarishni istaydi.

Haqiqiy sevgi, seni shubhada qoldirmaydi.

“Sevadimi? “Sevmaydimi?” deb o’ylantirmaydi.

Ishonchni, kurashni, sevilganingni his qilgan xolda sevilib, mehr bilan ozuqalanib yashashni xohlasang, hech kimning ortiqchasi, tasallisi bo’lma.
Bir insonni yo’qotgan vaqting, hayotingdan hech narsa kamayib qolmasa, baribir yuzing kulsa, tunlari uyqularing qochmasa, gullar ochsa, ranglar yo’qolmasa, demak ajralganingiz yaxshiroq…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot bu…

Kimnidir sochi oqarar har narsani ichiga yutaverishdan, kimnidir esa beti ham qizarmaydi qilgan nohaqligidan, aybidan, gaplaridan
Aslo eshittirma,
shunchaki qil…
Hech qaysi bir sinov seni mahzun qilish uchun kirmaydi hayotingga, ularning barchasi senga Allahning eshigi ostiga borishni o’rgatadi.
Har qanday xolatda o’zingizga yaxshi qarang. Chunki vujud, asabning, ko’z yoshlarning, havotirning hisobini vaqti kelib sizga to’lattiradi
Havotir olib yozayotganlarga raxmat, bir necha kunda qaytaman…
Bir ayol aytadi:

Turmushimizni birinchi yillarida qaynonam bilan chiqisholmasdim, har bitta gapi qalbimga og’ir botardi. Bir kuni erim menga;

“Sen dunyodagi eng yaxshi yoki eng yomon inson bo’lishing mumkin ammo muammo senda emas, onam meni yaxshi ko’rganida, meni hurmat qilganida senga yomon munosabatda bo’lmasdi…” dedi.

Sevilmaydigan, hurmat qilinmaydigan kelin yoki nabira yo’q… Sevilmaydigan, hurmat qilinmaydigan o’g’il bordir. Juftingizning oila ichidagi o’rni va qadri, sizning va farzandlaringizning o’rnini va qadrini ko’rsatib beradi.

O’z farzandiga mehri, hurmati yo’q onadan, siz hech nima kutmang.

www.tg-me.com/ansarmuhajir
2025/06/29 08:16:43
Back to Top
HTML Embed Code: