Telegram Web Link
Bugun judayaam yoqimli kun bo’ldi.

Inson o’zi yaxshi ko’rgan ishini qilsa charchoq ham bilinmaydi, chunki unda mexr bo’ladi.

Qo’shnimiz tashqaridagi yerimizni chopib, ariq ochib berdilar. Keyin esa men ortiqcha o’tlarni hammasini tozaladim. Ikkita katta qop to’ldi ishonasizmi. Faqatgina o’tni o’zi emas, nima deyiladi… qattiq tuprog’i bilan birga edi. Shu orada ovqat ham qildim bir tomondan.

Keyin esa rayhon va oq, pushti va qizil rangli gul ekib chiqdik. 4 ta daraxt ham bor. Qo’shnilarimiz rossa yaxshi, juda katta yordam berishti. Qizim bilan qilolmasdim…

Rossa chiroyli bo’ldi, yana gullar obkeltirib ekib chiqmoqchiman. Gul ekish yoqimli lekin tozalash juda qiyin bo’ldi, rossa charchabman, uyga kirib uborka ham qilib oldim. Ana endi rossa yengil bo’lib yotibman… 🫶🏻
Ajrinni bog’chaga berishga rossa talpinib qoldim. Borgan sari yanada giperaktivniy qiz bo’lyabti. U bilan bironta ish qilish qiyin, bitta ishim o’ntaga ko’payadi.

Yalinib, yalinib adasini bog’chaga ko’ndirdim. Energiyasini uyda chiqarolmayabti. Bugun qo’shnilar bilan rossa o’ynadi
o’zini yoshidagilarni ko’rib qolsa undan hursand odam yo’q.

Aynan uyda zerikib qolayotgani uchun bog’chaga bermoqchiman.
Erim : Nima qilib charchading, yer chopdingmi?
Men : Yer chopdim…
Nima emush, tashqaridan qaraganda juda sovuqmushman…

Sen tashqarida qolib ketib, dunyoimga kirolmagan bo’lsang mendami ayb?


Meni samimiyatim, mehrim, hurmatim, tabassumim hammaga ham emas.
Jonimni qarelar… ❤️

Hali ism topmadim, o’g’il bola.
Nima ism qo’ysam bo’ladi?
Kecha judayam yoqimli havo bo’ldi. Er-xotin toza havoda tapchanda dam oldik. Ajrin esa doimgidek Kisani ketida yurdi.

Uni uyga olib kelganimizdan beri qo’liga telefon olmay qo’ygan. Shunaqangi yaxshi ko’rib qoldiki, faqat bag’rida olib yuradi. Qizim bunchalik mushuklarga qiziqishini bilmagandim. Bolani telefon va televizordan chalg’itish uchun yaxshi yo’l ekan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Senga qilingan hurmatsizlikga nisbatan bir reaktsiya ko’rsatganingda, seni “gap ko’tarolmaydigan” yoki “arzimagan narsaga hafa bo’ladigan” deb atashlari aslida manipulyatsiyaning eng pismiq tomonidir.

Sendagi tuyg’ularni kamsitish, ularni yo’q qilish va seni doim ayblashlari seni boshqarmoqchi bo’lishlaridandir aslida.

Sen o’z chegaralaringni himoya qila olishing, eng tabiiy haqqing va o’zingga bo’lgan hurmatingdir aslida. Seni o’zingni himoya qilish uchun sarflagan so’zlaringni va o’zingga bo’lgan hurmatingni kamsitadiganlar, o’z kamchiliklarini, ayblarini va hatolarini berkitishga harakat qiladiganlardir.
Senga mahsus, faqatgina bir marotaba berilgan hayotni, odamlarni rozi qilish uchun sarflama.

Behuda ketgan nafas ham, behuda tashlangan qadam ham va hattoki behuda berilgan mehr ham isrofdir…

Eng yaxshisi, qo’lingdan keladigan har bir go’zallikni, har bir yaxshilikni Robbingga qilginki, bir zarrasi ham uvol bo’lmasin.

www.tg-me.com/ansarmuhajir
Har bir insonning ko’tara oladigan bir yuk, qiyinchiliklarga ko’rsata oladigan sabr va sinovlarga chiday oladigan bir og’riq chegarasi bordir.

Ularning yashagan va sabr qilgan sinovlariga qarab «u o’rganib ketgan, chiday oladi
» demang.

Shunday bir vaqt keladiki, birgina tomchi kifoya, sabri toshib, kuchi tugab, qalbi larzaga kelishiga. Qilgan munosabatingizga qarab, ko’rgan munosabatingizga hayron bo’lmang. Yig’ilib, yig’ilib ohiri portlagan sabrning tagida qolib ketmang.
Kunlab jim bo’lib ketib yana qaytib keldim… Assalamu alaykum, hamma yaxshimi?

Har doimgidek uy ishlari bilan ovvoraman. Ikki kun avval hovliga gullar ekib qo’ygandim, bugun qarasam, avval ekilgan gullar bilan o’sha yaqinda ekkanlarim so’lib, qurib ohiri chirib qoldi.

Essiz shuncha mexnatim dedim. Nimadir dori qilishgan ekan uydagilar, shundanmikin bilmadim. Birdaniga hammasi chirib ketib qoldi. Kim biladi birdaniga nimadan bunday bo’lishi mumkin?
Yosh qizlarga tavsiya…

Kech turmush qursangiz, o’lib qolmaysiz. Ammo noto’g’ri inson bilan erta turmush qursangiz, har kun o’lasiz.


Haqiqiy oila bo’lishni istasangiz, juftingiz bilan yolg’iz yashashni tanlang. Uchinchi shaxs, yaxshi bo’ladimi yoki yo’q, shaxsiy hayotingiz bo’lishiga to’sqinlik qiladi.


Qadringizni biling, har qanday kechirilgan zulm sizni aslo yuksaltmaydi. Siz o’zingizni yer bilan bitta qilsangiz, ustingizga bosadiganlar ko’p bo’ladi.

Manipulyatsiyalarga aldanib qolmang. Sizni xato qilishga majburlab, ohirida sizni ayblaydigan, o’zingizga bo’lgan ishonchni tushirib yuboradigan, tuyg’ularingizni kamsitadigan insonlarga qarshi kurashing, aslo yengilmang.

Hech qachon, o’zingizni fido qiladiganchalik boshqalarga rahm qilmang. Bu hayotda boshqalarni emas, o’zini birinchi o’ringa qo’yganlar yutadi.
2025/06/29 16:30:52
Back to Top
HTML Embed Code: