Ajrinni bog’chaga berish borasida o’ylanib turibmiz. Qizimdan havotirda emasman, chunki o’ziga juda pishiq. O’yinchoq talashadigan, bermasa tishlab oladigan odati bor. Aqliy tomonlama rivojlanishida ham havotirda emasman va qo’limdan kelgancha bu uchun harakat qilib samarasini ham ko’rayabman.
Vaqt o’tgan sari sezyabman, bolani tarbiya qilishda onani roli katta. Bog’cha, onaning dam olishi, bolaning boshqa bolalarga qo’shilishi uchun foydali.
Ammo, bolani nimadir o’rganishi, aqliy tomonlama rivojlanishi va hokazo, barchasi aslida onaga bog’liq. Aytmoqchimanki, agar imkoningiz, vaqtingiz bo’lsa farzandingiz rivojlanishi uchungina uni bog’chaga bermang. Chunki siz unga bog’chadan ham foydali bo’la olasiz. Uning eng yaqini, uni eng yaxshi taniydigan va unga eng mehribon, eng sabrli inson sizsiz.
Oson emas, judayam qiyin ammo shunga yarasha ajri ham baland. Agar farzandingiz, solih-soliha inson bo’lsa nafaqat siz balki uni dunyoga kelishiga yordam bergan shifokorgacha ajr yoziladi.

❤15🔥4🍓1
Men ham har bir farzandimga kamida 2-3 yil vaqt ajratishni niyat qilganman. Albatta bu nasib masalasi lekin birin ketin tug’ish ham onaga hamda farzandlarga qiyinchilik keltiradi deb o’ylayman.
Har bir farzandim 3-4 yoshgacha ona mehriga to’yib olishini, har tomonlama ularga yeta olishni xohlayman.
Vazifalarim ko’p, uy bekasiman, ayolman…
Ammo eng birinchi o’rinda onaman. Bog’cha masalasi ochilsa o’zimni shunaqa gaplar bilan ovutib o’tiraman. Chunki turmush o’rtog’im bog’chaga berishga qarshilar va faqatgina o’zim qarashimni xohlaydilar.
Hech qayerda o’qimaganim va ishlamaganim uchun ham bog’chaga bermaslikni o’zim ham o’ylab turibman, bilmadim bu fikr qanchalik to’g’ri…

❤16🥰4👍2
Bugun ertalabdan menda ish avjida. Oshxonadan boshlab butun uyni tozalab chiqdim. Endi eng qiyin ish qoldi:
“Nima ovqat qilsamikin?”
“Nima ovqat qilsamikin?”
❤13🍓3
Ko’pchilik ovsinim haqida so’rab yozadi. U haqida ozgina gapirib o’tmoqchiman:
Bitta uyda yashaymiz, ikkovimizda ham qiz farzand. Zilola ertalab men uxlab yotgan vaqtim ishga ketadi va kuni bilan ishda bo’ladi. Mobilografiya sohasida mutaxasis bo’lib ishlaydi. U ishlashni yaxshi ko’radi, men esa uyda o’tirishni.
Uyda faqat men, qaynonam va ikkita bola Maryam va Ajrin bo’ladi. Erkaklar ham kech kelishadi. Uy ishlarini kunduzi oyijon bilan birga qilamiz, kechgi paytgi ishlar esa Zilolaga topshiriladi.

❤25😁10👏6👍4🍓2
Ansar
Video
Bu yerda faqat labimni bo’yaganmam, labimni o’zi bo’yalgani uchun yanayam katta ko’ringan, boshqa hech qanaqa pardoz yo’q.
Yuzimga hech narsa qildirmaganman, ko’rganlar doim qovog’im olingan, labimga filler qilingan deb o’ylaydi… ammo tabiiy.
Yaqin orada faqatgina rinoplastika qildirish niyatim bor. Burindan nafas ololmayman umuman va suyagi ham qeyshiqroq. Farhod ismli bolaning o’limidan keyin turmush o’rtog’im o’ylanib qoldilar… agar ko’ndirolsam bu yil qildirmoqchiman.

👍7❤4🔥1🍓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajrin har kuni multik ko’radi. Bunga qarshimasman. 7-8 oylikdan buyon Aliş ve Zeliş’ni rossa yaxshi ko’radi, multfilm emas, qo’shiq xolatida bolalar uchun juda foydali va kerakli hamma narsa o’rgatilgan. Sabzavotlar, ranglar, sonlar, kattalarga hurmat, tozalik, musulmonlarning bayramlari, muqaddas oylar, transportlar… nima qidirsangiz topasiz.
Keyin Bibercik tv ham bor. U yerda Hajga borgan chumoli va Allahni izlayotgan quyon haqida qo’shiq bor. Ajrin judayam yaxshi ko’radi. Qayta-qayta bo’lsa ham e’tibor bilan ko’radi. Hozirda hammasidan ham ko’proq Mashani ko’radi… Boshida o’zim ham qo’rqqanman ko’rsatishga. Lekin har ko’rishida u bilan birga o’zim ham ko’raman va shuni sezdimki Masha juda topolonchi, qaysar ammo bir tomondan yaxshi qiz. Ko’p xato qiladi lekin ko’pincha ohirida xatosini tushunadi va tuzatadi.
Shu multiklar orqali Ajrin juda ko’p narsa o’rgandi. Ora-orada turk tilida gapiradi, ingliz tilida harflarni aytib beradi… va boshqa men o’rgatmagan ko’p ishlarni qiladi.

❤16👍5🍓4
Onalarga qilinadigan eng katta nohaqlik…
Kimdir uning bolasiga qarab turganda uyni tozalab olish qo’shimcha charchoqdir, dam olish emas.
Xojatxonaga borish, dush qabul qilish, tirnoq olish ehtiyojdir, o’ziga vaqt ajratish emas.
Onaning dam olmasligi, uxlamasligi va tinimsiz harakatda bo’lishi, tashqaridagi hayotdan, o’zi uchun yashashdan mahrum bo’lishi onalikning qonuni emas, majburiyatdir, fidokorlikdir, yaqinlaridan hech qanday yordamchisi yo’qligining belgisidir.
Ona “charchadim…” degan vaqtida “farzandim jonimga tegdi” degan bo’lmaydi, shunchaki yaqinlaridan yordam kutadi.
Bu yordamni ko’rmagan vaqtida esa asabiy, baxtsiz va bardoshsiz onaga aylanadi.

❤50👏9😭8❤🔥4👍4
Homiladorlik kasallik emas, homilador ayol esa kasal emas.
Homilador bir ohuda to’lg’oq boshlanadi va u bolasini dunyoga keltirish uchun o’ziga eng qulay joyni izlab, o’rmonning uzoq bir chekkasiga boradi. Shu payt u daryo bo’yida endigina tug’ayotgan vaqtda, birdaniga momaqaldiroq bo’lib, yonginasiga chaqmoq tushadi.
Buni oqibatida esa o’rmonda kuchli yong’in boshlanadi. Bechora ohu yong’indan qochish uchun bir u yoqqa, bir bu yoqqa qaraydi va o’ng tomonida bir ovchi unga o‘q otmoqchi bo‘lib turganini ko’radi.

❤13🔥4👍1🍓1
Bu safar u chap tomoniga buriladi va uni yeyish uchun bir chekkada kutib turgan och sherni ko'radi. Bechora ohuning hech qanday yo’li qolmaydi.
Agar o’ng tomonga qarab yursa ovchining o‘qiga taslim bo‘ladi, chap tomonga qarab yursa och sherga o‘lja bo‘ladi, joyidan qimirlamasa yonayotgan o‘rmonda yonib kulga aylanadi.
Xavf-xatar ichida qochadigan joyi, qiladigan ishi yo‘q bechora ohu homilador va zaif bo‘lishiga qaramay, Robbisiga taslim bo’ladi va qo‘lidan kelganini qilishga, ya’ni tug‘ishga qaror qiladi.

❤16🔥3👍2🍓1
Ohu ko‘zini yumib bolasi tug’ilishini kutayotganida, o‘qini otishga tayyorlanayotgan ovchining yaqiniga to‘satdan chaqmoq tushadi. Buni ta'sirida ovchi jarohat oladi. Jarohatlangan ovchining kamonidan otilgan o'q yo'nalishini o'zgartirib, sherga tegadi va buni oqibatida sher o’ladi. Yog’ayotgan yomg’ir esa o'rmondagi yong’inni qisqa vaqt ichida o'chiradi.
Robbisiga taslim bo’lgan ohu esa eson-omon bolasini dunyoga keltiradi va emizib, qornini to’ydiradi.

❤35💔6🔥1🍓1
Shunday kuchli taslimiyatga to’la hikoyadir-ki bu, barchamiz uchun juda go’zal o’rnak bo’la oladi. Aslida barcha jonzod huddi shu ohu kabi faqatgina qilishi kerak bo’lgan ishni qiladi va qolganini Allah’ga topshiradi, na xolatidan, na rizqidan, hech narsadan havotirlanmaydi.
Ammo afsuski biz ayollar, vaqt o’tgan sari tabiatimizdan, fitratimizdagi eng tabiiy xolatdan, ya’ni tug’ruqdan qo’rqib, 9 oy ichida ko’plab yomon hayollar bilan homilador emas, kasal ayolga aylanamiz.
Holbuki homilador ayol kasal emas, homiladorlik esa kasallik emas. Hattoki biz ko’pincha falonchi tug’di deymizku, aslida ayol tug’maydi, bola tug’iladi. Barcha qiyinchilik bolada bo’ladi…

❤22🔥1🍓1
9 oy ichida unga boshpana bo’lgan suv qopi yoriladi, suzayotgan suvi birdaniga g’oyib bo’ladi, bachadon uni siqadi, bola esa yurak urishini o‘zgartiruvchi kanalga kiradi, ma’lum miqdordagi qon yo‘ldoshga o’tadi. Bola tug’iladi… Robbisi unga dunyo eshiklarini ochadi.
Biz onalar esa Havvo onamiz bilan boshlangan, Maryam onamiz bilan jon topgan, Hadija onamiz bilan ma’naviyatga ega bo’lgan mana shu mo’jizaviy jarayonda ishtirok etamiz. Bu bizning eng tabiiy fitratimiz bo’lib, Robbimiz ham bizga yordam berar ekan nimadan qo’rqishimiz kerak?
Tug’olmaslik kabi bir ehtimol yo’q… Aksincha ikki ehtimol bor, yo tug’ruq vaqtida jon berib, shahodat sharbatidan ichib ohirat kuni payg’ambarlarga, siddiqlarga eng yaqin qatorda bo’lamiz, yoki tortgan azoblarimiz oqibatida, dunyoga keltirgan farzandimiz kabi poklanamiz.

❤28🔥3❤🔥2🍓2👍1
Bu koinotda, xoh inson bo’lsin, xoh hayvon, har bir ona tug’ruqni bir o’zi uddalash qobiliyatiga ega.
Robbimiz shunday yaratgan ahir. Albatta bu hech kimdan yordam olmasdan tug’ish kerak degani emas, aytmoqchimanki, biz ayollar dunyoda bir o’zimiz qolsak ham farzandimizni dunyoga keltira olamiz.
Shunchaki bizlar “lekin” va “balkilarsiz” yordamidan shubha qilmagan xolda Robbimizga taslim bo’lishimiz va fitratimizdagi ishni qilishimiz kerak.

❤19🔥3👍2🍓1
Huddiki Maryam volidamiz kabi…
Hech kim unga ishonmagan, yordam bermagan, qavmidan haydalgan bir vaqtda tug’ruq vaqti keladi. Maryam volidamiz, hattoki erkak qo’li tegmagan, butun boshli kuni faqatgina ibodat va ilmda o’tadigan, Zakariyyo alayhissalomdan boshqa hech qanday erkak ko’rmagan ayol homilador edi, tasavvur qilyabsizmi?
Qavmida hech kim unga ishonmadi, hech kim unga yordam bermadi, motivatsiyasini butunlay yo’qotgan bir ona edi.
Tug’ruq vaqti keladi va u nima qilishni bilmagan xolda bunday xolatda juda og’ir tushkunlikga tushib qoladi. Shu vaqt Robbisi unga yordamni va eng katta motivatsiyani beradi.
Hurmo daraxtining tagiga o’tirib, shohlarini silkitib, o’zi tomon tortishini aytadi. Keyin esa hurmolardan yeyishini, suvlardan ichishini, hech narsani o’ylamasdan, kayfiyatini yaxshi ushlashini buyiradi.

🔥14❤5👍2🕊2🍓1
Bularni yozishimdan asosiy sabab, homilador ayol qo’rqmasligi kerak. Chunki Robbimiz nafaqat Maryam volidamizning, balki barcha homilador ayollarning yonidadir. Buni o’zi ham juda ochiq xolda bayon qilmadimi?
Har bir homilador ayol, havotirsiz, butun e’tiborini farzandiga qaratib, yeb-ichib, hursand xolda uni dunyoga keltirishi kerak. Och qolib, og’riqni dorilar bilan bostirib, kuchsiz qolishning zarracha foydasi yo’q.
Og’riq bo’ladi, eng qiyin, eng og’ir og’riq hamda… Ammo farzandingiz sizdan ham ko’proq qiynaladi.
Unga eng katta yordamni esa siz berasiz…

❤29🥰1🍓1