Huftonni kechga qoldiradigan odatim bor…
Qandoq ertaroq o’qishga odatlanish mumkin?
Bilaman, kechroq o’qish yaxshi lekin kunni Robbim bilan uzooq suhbat qurib tugatgim keladi. Kech o’qisam uyqim kelib, duoni ham qisqa tutaman. Hozir ham o’rnimdan turish uchun kuch topolmayabman.
Kimdir orqadan tepib yuborsin…🦶🏻
Birinchi tahorat olaman, huftonni o’qib bo’lganimdan keyin yasanishga tushaman. Odamlar kunduzi yasanib yursa, men uxlashdan oldin yasanib olaman.
Bir aktrisani gapi bor edi:
“Bir ayol, uxlayotganda ham ayol bo’lishi kerak…”
Huftondan boshlab, go’zallikka o’tib ketib qoldim hullas… mayli ikkalasi ham ibodat… 🤭

😁40❤7🥰7👏5🍓3👍2
Birinchi martta juda katta ehtiyotkorlik bilan kundoshimni cho’miltirib qo’ydim…
🪣🧽
🪣🧽
🤣34😁30❤6👍1🔥1🍓1🙉1
Shunaqangi qadrli, shunaqangi erkatoyki… Ba’zan havasim keladi unga berilayotgan mehrga.
Egasiga qolsa, oyoq kiyim bilan o’tirish mumkinmas…

❤16😁14🙊5🍓2🔥1
Bugun hammamiz uy ishlari bilan band bo’ldik. Uyni bo’lishib uborka qildik, hovlini tozaladik, rozg’orliklarni joylashtirdik. Eng qiyin ish men uchun, chunki hammasi tartibli turishi kerak.
Oshxonada kuni bilan ovsinim va qaynonam bo’lishdi. Men esa qizlar bilan o’ynadim, chalg’itib turish uchun. Ertaga ovsinim tarafdan qudalar kelishadi mexmonga, eng ohirgi ish menga qoldi, Ajrinni uxlatib dasturxon yasatib beraman.

🔥15❤5👏5🍓1
Bu adajondan ( qaynotam ) kelinlariga sovg’a bo’ldi. Yana boshqa sovg’alar ham bor, rossa hursand bo’ldik.
Ular haqida ko’pincha gapirmayman, lekin judayam yaxshi insonliklarini ayta olaman. Birinchi ko’rgan kunimdan o’zimga rossa yaqin olganman. Hozirgi zamonda hattoki yaxshi qaynotaga uchrash ham qiyin bo’lib qolgan. Qizlik paytimdan rossa niyat qilardim, huddi shunaqa hushmuomalali va beozor qaynotam bo’lishini. Ular nafaqat kelinlariga, hattoki o’g’illariga ham judayam haliym inson.

❤31🥰6🍓2🌚1
Biz bugun yana uxlamadik…
Qachongacha bu davom etadi bilmayman lekin yana nevralogiyaga yotadiganga o’xshayman. Shu uyqusizlikdan bo’lgandi o’zi garmonlarim buzilib, judayam asabiy bo’lib qolgandim.
Qizimni ikki yil emizgan bo’lsam, shu ikki yil davomida tiniqib uxlaganimni eslolmayman. Emizishdan chiqardim endi uxlasam kerak, bir tomondan katta qiz bo’lib qoldi degandim. Aksincha ikki yoshdan keyin yanada kuchaydi.
Kunduzi yaxshi yuradi, yaxshi uxlaydi lekin nega aynan kechasi yig’lab chiqishini bilolmayman. Adasi hammomga kirib ketganda jimgina yonimga yotib uxlaydigan qiz, adasi chiqishi bilan yig’lab isterika qiladi… Shu uchunam uxlatishda rossa qiynalaman.
Qizim kechasi uxlamasa ham kunduzi rossa yaxshi kayfiyatda yuradi. Lekin men eng ko’p o’zimni uyqusizligimni o’ylayman chunki yaxshi uxlamagan kunlarim judayam asabiy bo’lib qizimni ko’p urishib qo’yaman… meni eng ko’p qiynaydigan narsa shu.

😢20❤8👍1
Nima sababdan aynan bizni muhitda yangi oila qurgan juftlar tezda farzand ko'rishni xohlashadi bilasizmi?
Chunki ularning miyyasiga bu - qoida sifatida singdirilgan. Hali yosh bo'la turib, uch oy ichida homilador bo'lolmasa havotirlanib, siqilib homilador bo'lishni o'zidan yanada uzoqlashtirayotgan ayollar juda ko'p.
Bu xolat o’zimda ham yuz berdi… Sog’liq tomonlama hech qanday muammo bo’lmasa ham nikohimizdan 1 yil o’tib homilador bo’ldim. Shu vaqt ichida juda ko’p o’yladim, siqildim… Holbuki mendan buni hech kim talab qilmasdi.
Ammo vaqtga tashlab qo’yib, umuman o’ylamasdan yurolmadim. Shifokorlarga bordim, ularning har biri aniq hech qanday muammo yo’q sizda degandan so’ng, o’ylamaslikka va go’zal sabr bilan kutishga qaror qildim.
Shu orada aniq eslolmayman nima sababdandir antibiotik olishni boshladim. Bu oy ham homilador bo’lolmasam kerak shuncha dori ichdim dedim va o’sha oy umuman bu haqida o’ylamadim…

❤13👍9🌚2💯2
Oyni ohirlarida esa, judayam boshqacha hissiyotlar sezishni boshladim. Organizmda ham kichik o’zgarishlar bor edi lekin hali kechikish bo’lmagandi.
Bir kuni, yotgan joyimda Allahning go’zal ismlarini o’qib, judayam samimiy niyatlar bilan duo qildim. Javshan nomli kitoblar bor, bu kitoblarda Allahning go’zal ismlariga qo’shib duolar yozilgan. Har bir ismiga mos xolda Allahga maqtovlar aytiladi va ketidan niyatlar so’raladi.
Shularni o’qib uxlab qoldim. Keyin esa bomdod vaqtida, birinchi marotaba farzand uchun duo qildim va shu farzandimni qosh-ko’zidan tortib, qanday hislatda bo’lishigacha Robbimdan so’radim…

❤24👍6🕊3🌚2
Aynan o’sha kun menda 1 kungina kechikish bo’lgandi va namozdan keyin nimagadir homiladorlik testi qilib ko’rdim…
Bular barchasi qalbimdagi hissiyotlardan kelib chiqayotgandi. Shu vaqtgacha umuman bunday hissiyotlar sezmagandim.
Hullas testni qilib, bir joyga qo’yib, namozni davom ettirdim. Sunnatni o’qib bo’lgandim, farzni ham tugatib testga qaradim…
Ikkita to’q rangda qizil chiziq ko’rdim. Shu paytdagi hayajonim va hissiyotlarimni ta’riflab berolmayman. Ko’zlarimdan yosh oqishni boshladi, yugurib borib turmush o’rtog’imga ko’rsatdim… Qanchalik hursand bo’lsalar ham ishonishda qiynaldilar. Ertasiga borib qon topshirdik va 3-4 haftalik homiladorligimni bildik.

❤27😭13😍2
Bilasizmi, rizqimiz bo’lgan ne’matlar, ba’zan biz xohlagan vaqtda bizga berilmaydi. Biz uchun hayrli bo’lgan vaqtni kutadi.
Qizimni dunyoga keltirganimdan so’ng, onalikning qanchalik katta mas’uliyatligini tushundim va kechikishida ham bir hayr bor ekan dedim.
Shu vaqt oralig’ida onalikka tayyorlandim, ko’p narsani bilib olgandim va qizimni tajribali onadek katta qildim. Bir tomondan esa turmushimizni eng shirin damlarini to’yib o’tkazdik. Hozir bo’lsa bir-birimizga har doim ham vaqtimiz yetmay qoladi. Chunki endi ota-onamiz. Bizdan e’tibor kutadigan, har doim tepamizda qora botirdek turadigan qizimiz bor.
Shu sabab, aynan shu muammo bilan qiynalayotgan barcha ayollarga, bu haqida o’ylamasdan, sevib, sevilib, bir-birlariga to’yib yashab olishlarini va tajriba orttirishlarini tavsiya qilaman.
Chunki ota-ona bo’lish, siz o’ylagandan ancha katta mas’uliyat. Robbimizni har bir ishida bir hikmat bor, U Zot biz uchun hech qachon yomonlikni ravo ko’rmaydi…

❤19💯11🔥2🌚2
Yashagan sari bilib kelmoqdaman bir haqiqatni. Har bir ayol shukur qilgan sari go’zal ne’matlarga erishadi. Shukur qilish deganda shunchaki, “Robbim shukur Senga” emas…
Balki chin dildan qilingan shukur. Xolatidan nolimasa ham “hozirda mana bunday vaziyatdaman, lekin mana bunaqa bo’lishini xohlardim” deyishi ham aslida noshukurlikka kiradi.
Keling, eng yaxshisi, chiroyli duo qilishni o’rganamiz…
“Ikrom va ehson egasi go’zal Robbim, shu vaqtgacha men uchun bergan barcha ne’matlaring uchun shukur qilaman. Yaratgan farishtalaring va yaratgan kaloming sanog’icha, Arshning og’irligicha Senga hamd bo’lsin. Senga ishonib, Sendan madad so’rab biron marotaba badbaxt bo’lmadim va yana Sendan so’rayman…” deymiz va ketidan niyatlarimizni aniq va tiniq xolda aytamiz.
“Xohlardim” emas “Xohlayman”
Shu vaqtgacha menga bergan barcha ne’matlaring kabi … vaqtda ham … ne’matni menga ato etgin. Robbim, qalbimdagi barcha go’zal niyatlarimni men uchun hayrli qilgin.
Va albatta salavot bilan tugating.

❤29🔥2👍1
Yaqinda mexmon kutgan kunimiz hamma narsani qo’shnilarga va mexmonlarga tarqatib yubordik, uyda ozgina mevadan tashqari deyarli hech narsa qolmadi.
Hozir ham yomon bo’lib qolmasin deb hammaga alohida kesib qo’ydim, Ajrin bilan Maryamni yeyishini ko’rsangiz, hammasini uchidan tishlab tishlab qo’yishdi. Qiziqishadi rangiga lekin ohirigacha yeyishmaydi. Shu bilan tishlanganlarni hammasi o’zimga qoldi…
Birinchi marotaba kivini shunaqa kesib ko’rdim.
Kelajakda qandaydir kasb tanlasam shu sohadan bo’lishni tanlardim. Catering firmam bo’lib, eng yaxshi oshpazlardan biri bo’lishni xohlayman. Bizni oilada ovqat qilishni bilmaydigan bironta ayol yo’q. Hattoki erkaklardan ham oshpazlar bor. Onam, holalarim, buvilarim va ulardan oldingilarni ham qo’li rossa shirin bo’lgan.
Bu menga ham o’tgan ekan. Qizlik paytim hech narsa qilolmasdim, bu turmush o’rtog’imni omadlari bo’lsa kerak. Shu xolatda ham bironta maqtov eshitmayman, agar ovqat qilishni bilmaganimda nimalar bo’lishini tasavur ham qilolmayman.

❤15😁8👍2👏2