Telegram Web Link
Umra safariga ketayotganda, aeraportning bir chetida o’tirgan er-xotinga ko’zim tushgandi. Yoshlari o’rta edi, negadir e’tiborimni tortdi ular. Shu vaqt ayolning bilagi ochilib qoldi. Eri unga yaqinlashdi va juda chiroyli to’nda;

“Hayotim, bilaging ochiq” dedi. Vallohi havas qildim va sunnatga amal qilgan haqiqiy dindor erkak shu dedim. Bilamanki, sunnat birdan ko’p xotin olishdan iborat emas. Aslida, Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam kabi sevish ham sunnatdir.


Ular kabi hurmat qilish, ardoqlash, asrab-avaylash, qanday vaziyat bo’lmasin, qeyshiq qovurg’asini sindirib qo’yishdan havotirlanib, doimo hushmuomalada bo’lish ham sunnatdir. Uy ishlarida, farzand tarbiyasida yordamlashish, dalda bo’lish ham sunnatdir.
37🥰8👍5🌚1
Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam ham bir kuni sahobalar bilan bir davrada, Aisha volidamizning hujralarida boshqa bir ayollari pishirgan ovqatni yeb, o’sha ayollarini maqtadilar. Buni eshitgan Aisha radiyallahu anha ichkariga kirib o’sha ovqat turgan idishni olib, ovqatni sochib yubordilar.

Sahobalar hayron. Shu payt fahri koinot sallallahu alayhi va sallam tabassum qildilar va;

“E’tibor bermang, rashk qilayabti“ dedilar. Sahobalar ketgandan so’ng Aisha radiyallahu anha uyaldilar va yonlariga kirib;

⁃ Ya Rasulullah, men qizishib ketdim. Nima qilsam meni kechirasiz? dedilar. Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam esa;

⁃ Tovoq o’rniga bitta tovoq, taom o’rniga bitta taom! dedilar.

Ajr ustiga ajr yog’diruvchi sunnat shu aslida. Bir bog’ni go’zal qilish o’rniga, uning gullarini so’ldirib, daraxtlarini quritib, boshqa bog’ga intilish emas
33🥰7💯4👍2🌚2👏1
Assalamu alaykum hammaga… 😭

Ajrin shamollab qoldi, shu sabab kamnamo bo’lib qoldim.


O’zimni ham mazam yo’q edi biroz, 2-3 kun istmaladim, infeksiya bor deb o’yladim. Ketidan qizimda boshlandi.

Robbim tezda shifo berib, tuzatib olsam yana aktiv bo’lib qaytaman🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🍓5😢1
Bugun qizlik uyimdamiz, onam shunaqa go’zallik qilib berdilar. Judaayam mazali bo’ldi, qo’llari rossa shirin🌷

Bu safar 15 kunda keldik, adasiga rossa yalindik kelish uchun. Jahl bilan olib keldilar ohiri Jannatim erim
🫶

Boradigan joyim faqatgina onamni uylari, boshqa hech qayerga chiqmayman. Ishlari ko’pligi uchun bir joyga oboring ham deyolmayman lekin hamma erkaklar kabi baribir oborgilari kelmaydi😭

Nimaga shunaqaaa?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26😢4👏3😁1
Assalamu alaykum hammaga 🦋

2 kundan beri yo’qmiz, bollarni igravoyga olib bordik keyin kechki payt qizlik uyimdan qaytdik… Uyga kelib xonamni tartiblab chiqdim, qarasam toza ekan. Yarim tungacha kiyim tahladim, yangi postel olgandim shuni soldim o’zimga rossa yoqib qoldi. Vannaga olgan narsalarimni joylashtirdim.

Hullas endi bugun bo’shadim
💕
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9
Shu kukulini qo’shiqlarini eshitib ko’rilar yoqib qoladi, Ajrin qolib o’zim o’ynab ketaman.

Ayniqsa “beze bay bay” bilan “turşu” qo’shig’i..
🫶
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳65👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐳62
Ajrin har doimgidek kiyimini xo’l qildi, Yusufni kiyimi va noskisini kiydirib qo’ydim.

Yusuf meni ukam, bilmaganlar uchun. Bu degani Ajrindan 6 oylik katta tog’asi… 🫶

Hozirda aka-singildek katta bo’lishmoqda lekin meni ona xotin qizim o’zini Yusufni opasi deb o’ylaydi
😭
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15😁2😍2🔥1
Qizlar, kechagi burjlar haqidagi postni o’chirishga majbur bo’ldim. Chunki o’zim xohlamagan xolda fitnaga sababchi bo’lib qolishni xohlamayman.

Qisqacha fikrimni aytadigan bo’lsam, burjlar bor, ularni ham Robbimiz yaratgan. Bu haqida ko’plab oyatlar ham mavjud. Ammo burjlarni, Iloh sifatida ko’rish, aynan ulardan nimadir kutish mutlaqo joiz emas va g’oyibni ham yolg’iz Robbimiz biladi.


Chiroyli tafakkur qilib, chiroyli sabablarga bog’langanda, aslida astrologiya yomon narsa emas. Robbimiz har bir ishni bir sababga bog'laganidek, yulduzlar va sayyoralar harakati ham bizga albatta nimanidir bildiradi.

Ammo ular bildiradigan birinchi haqiqat koinotda bu ajoyib tartibni o’rnatuvchi bir Yaratganning mavjudligi bo'lishi kerak.

Meni burjlarga nisbatan qarashim ham huddi shunday, Allah ularni ham boshqa mavjudotlar kabi biz insonlarga hizmat uchun yaratgan. Ba’zilar burjlar ustidan fol ochib, insonning taqdirini burjlarga bog’laydi, men esa bunga mutlaqo ishonmayman.


Burjlar ustidan tahminlar qilinadi, bu ilmni chuqur o’rganmaganman, lekin buni aynan burjlarga aloqasi yo’q. Bu degani, har bir hodisa ortida Robbimizning azaliy ilmi va irodasi bordir. Biz bu hodisalarni “burjdan sabab bo’ldi” deyolmaymiz, bular shunchaki tahmin.

Nazarimda astrologiya ilmi qo’rqiladigan, mutlaqo uzoq turish bo’lgan narsa emas. Agar inson, har bir hodisa ortida Robbisining azaliy ilmi va irodasi borligiga to’liq iymon keltirsa, iymoni yulduz, oy, burjlardan sabab havfga kirmaydi.


Nazarni, havoni inson uchun qanday ta’siri bor bo’lsa, burjlarni ham huddi shunday ta’siri bor deb o’ylayman va eng asosiysi esa, nazarni ham havoni ham va burjlarni ham ortida Robbimizning azaliy ilmi va irodasi turadi. Agar U xohlamasa, hech qanday hodisa jarayon etmaydiShu sababli ham nazar yoki burj kabi narsalarga ishonmayman deb bo’lmaydi.
15👍6👏1
Bugun tovuqni ozgina boshqacharoq usulda tayyorladim. Judayam sochniy bo’ldi. Yeb ko’rganimdan keyin esa, Istanbulda pocham bizga har hafta dengiz bo’yida qilib beradigan mangalni eslatdi. ✔️

Bizni har hafta dengiz bo’yiga olib borib, mangalda tovuq qanot pishirib berardilar. Birinchi marotaba, huddi shu ta’mda qilishni uddaladim.
🩵

Ichiga doim qaymoq va mayonez solardim, bu safar faqatgina pripravasini solib ehtiyotkorlik bilan qovurdim. Yoniga kartoshka, pilav va holam qilib beradigan salatdan ham qildim. Nafaqat ta’mi, balki Istanbuldagi paytlarimni eslatgani ham yoqimli bo’ldi…
✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🥰3👍2
2025/07/08 17:58:08
Back to Top
HTML Embed Code: