Telegram Web Link
Ona suti bola uchun eng kerakli, eng foydali va eng qadrli tengsiz ozuqa ekanini barchamiz bilamiz.

Ammo, bola uchun onasining suti mo'jizaviy ozuqa bo'lgani kabi, bu sutni yolg'iz onasining berishi ham mo'jizaliginichi?

Zero uni bir boshqa odam, onadan sog'ib, idishga solib bolaga bersa ham hech kim uning onasi kabi berolmaydi. Chunki har bir ona eng mukammal ozuqaning sohibasi bo'lgani kabi, eng mukammal mehr-e'tiborning, eng mukammal tuyg'uning ham sohibasidir.

Unga mana shu mo'jizaviy ozuqani berayotgan vaqtda, tengi yo'q mehrni ham bera oladi
Kunlab, haftalab yo'l yurib och, suvsiz qolgan muhojirlarga issiq ovqat ehson qilishdan ham ko'ra, bir onaning farzandini emizib qornini to'ydirishi afzalroqdir.

Chunki bug'doydan un, undan non pishira oladigan inson emas, hattoki qorni ochganini aytishdan ham ojiz bo’lgam go'dak muhtojroqdir boshqa bir insonning yordamiga.

Bu faqatgina sut masali emas. Bolaga mehr berishda, bolani sevib, g'amhorlik qilishda ham hech kim uning onasini o'rnini bosolmaydi.

Tagini tozalayotganda, yuvintirayotganda, kiyintirayotganda ham hech kim ona kabi mehr berolmaydi. Chunki ona qo'lining tengi yo'q.
Bejizga emas Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam hattoki;

"Bir ona uch ota o'rnidadir” dedilar.

Bir ona uch otaga teng kela olar ekan, hech kim bolaga ona kabi sabr ham ko'rsata olmaydi. Hattoki uning otasi ham!

Bola yig'lagan vaqtida uni "yig'lama bo'ldi keldik...” so'zlari emas, onasining ovozi, onasining hidi tinchlantiradi. U onasini jim turganda ham gapirganda ham his qila oladi.

Bir otaning uzoq vaqt gapirgan gaplarini, bir ona shunchaki nigohlari bilan ham tushuntira oladi.
Ona sutining tengi yo’q bo’lib, buni unga uning onasi berar ekan demak, bolaga uning Robbisini tanitishda, sevdirishda, unga ilm berishda, harom va halolni o’rgatishda, dunyo va ohiratni tanitishda ham teng keladigani yo’q.

Ota farzandini xohlasa eng kuchli imomlarni qo’liga topshirsin, eng yaxshi madrasalarda o’qitsin, minglab kitoblar olib bersin ammo yodda tutsinki, hech kim bir bolaning qalbiga uning onasi kabi iymon urug’idan ekib, parvarish qilolmaydi. Bu uchun onaning olima bo’lishi shart emas. Robbisiga bo’lgan muhabbat va iymoni yetarli xolos…

Onalarni onalik maqomidan uzoqlashtirish, aslida ummat uchun eng katta ziyondir. Chunki eng kuchli 4 mazhab imomini ham eng katta olimlarni ham ularning onalari ulg’aytirdi. Hech kim ana o’sha onalarning og’zini yopolmadi, farzandining qalbiga ekkan iymon urug’ini sug’urib ololmadi.

Har bir ona, o’zidagi Allahga bo’lgan muhabbatni farzandiga ham his qildira oladi, o’zi o’qigan namozni farzandi o’qishiga ham sababchi bo’la oladi, Robbisining har bir oyatlarini uning qalbining bahoriga aylantira oladi.
Balki bunga uzoq vaqt ketar, balki bu ona farzandining hidoyatini dunyo ko’zi bilan ko’rmas. Balki unga bugun Allah’ning aziz kitobini o’qishni o’rgatib, farzandi o’qigan oyatlarini yillar o’tib qabr ostidan tinglar. Eng muhimi bu emas, eng muhimi uning qalbiga iymon urug’ini ekish. Yillar o’tib, bu urug’ asta-sekin barokatli meyvalarga to’la daraxt bo’lib, ildizlari nafaqat uning qalbiga, balki ruhiga ham yoyiladi.

Agar bizlar, biz onalar…Atrofimizdagilar kabi o’zimizni bolaga faqatgina sut beradigan, tagini tozalaydigan, yig’laganida ovutadigan, tunlari uyqusiz qolib, tonggacha tepratadigan inson sifatida ko’rsak, nafaqat qadr balki nasl ham yo’qotamiz.

Chunki har bir ona, ummat uchun eng katta umiddir. Onalik bu - alohida bir maqom. Har biridan ajralib turuvchi vazifa. Onalik bachadondan bola chiqarishdan iborat emas.


Hattoki bergan suti uchun hech kimga berilmaydigan ajrlar olar ekan, bir farzand dunyoga kelishiga, dunyoda mo’min inson bo’lib yashashiga, Robbisi uchun jonidan kechishga ham tayyor inson bo’lib ulg’ayishiga sababchi bo’lgan ayol Jannat oyog’i ostiga keltirilgan ayol bo’lishga loyiq ayoldir…
🪣🧽

Uyni uborkasini ertaroqdan qilgan yaxshimi yoki kechroq?

Bugun ertalabdan tozalab chiqqan uyim hozir yana o’sha xolatga qaytib qoldi…


Erkak kishi ishdan qaytib toza uyga kirishi menga yoqadi lekin ko’pincha turmush o’rtog’im kelgunlaricha qaytadan 3-4 marotaba yig’ib tozalab chiqaman🥺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Makaron jarkobni piyozini ko’p solsa yanada mazali bo’larkan🍝
Bizda ikki kundan beri tozalash ishlari ketmoqda. Bugun, rosti judayam charchadim.

Uyni shundoq ham har kuni tozalaymiz. Kecha esa, kundoshimni yuvdik, ketidan hovlini, darvoza va tashqarilarni ham. Ana endi oz bo’lsa da dam olsam bo’ladi… 😇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ajringa anneannesi dan sovg’a… 🩷

Bugun uyda hech kim bo’lmaydigan kun edi, keyin onamni mexmonga chaqirdim, mazza qilib gaplashib, ovqatlanib o’tirdik.
😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyimiz Qozoqistonga yaqin, tog’lar ham ko’rinib turadi shu sabab havosi judayam toza… Ozgina yomg’ir bor hozir, shaxarda bunday havo sezmay qo’ygandim… 😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 19:22:08
Back to Top
HTML Embed Code: