Telegram Web Link
Ertagacha ko’payib qolsa qor o’ynagani chiqamiz.

Lekin judayaam sovuuq… 🤍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saryog’ni varenyasiz yeyolmayman umuman. Bugun ham rossa yegim keldi kofe bilan.. ☕️🤍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayol o’zi ishlab topgan pulini eriga berishiga qanday qaraysiz?

Fikrlaringizni yozib qoldiring, men ham o’z fikrimni va o’zimizda bo’lgan bir voqeani aytib beraman.
Kechagi mavzu haqida fikrlaringizni o’qidim. Bu borada kimnidir nohaq deyolmayman. Hammani fikri to’g’ri.

Robbimiz ayollarga shunday rahm-shavqat va imkonlar taqdim qilganki, bularga guvoh bo’lib, ayol sifatida yaratilganim uchun doim hamd aytaman.

Ayolning mahramiyat chegarasidan oshmagan xolda ishlashi joiz ko’rilgan. Ishlab topgan pulini esa, xoh tashqarida, xoh uyda o’tirib ishlasin, xohlagan joyiga sarflashi, kimga berishi ham o’z ehtiyoriga bog’liq. U rozi bo’lmagan xolda uning pulini olib qo’yish harom hisoblanadi.

Aynan hozirgi zamonda, ayol pulini eriga bersa, erining barakasi qochishi kabi fikrlar bor. Qachondir men ham shuni o’ylab yurardim, balki rostdir derdim, toki o’zimizda bo’lgan bir xolatni to’liq tafakkur qilguncha
Birinchi loyiham Fahralnisani eslaysizmi? Shu loyihani tashkillashtirishimdan avval erim uchun juda ko’p duo qilardim.

“Robbim, erimni ishlariga barokat bergin, oson qilgin, qiyinlashtirmagin, ularni kutmagan joylaridan rizqlantirgin” derdim…

Oradan bir oz vaqt o’tib shu loyihani shunchaki qiziqqanim uchun tashkillashtirishga qaror qildim.


Va erimni kartalaridan foydalandim. Shu loyihadan qolgan barcha pullar ularni kartalariga tushishni boshladi. Birinchi kuni esimda, talab shunchalik kuchli bo’lganki, nechidir daqiqada tushgan pullarni ko’rib hayron qolardik.

Adashmasam oyiga 700 - 800 $ ishlagan edim, o’zim kutmagan xolda va eng qizig’i uyda o’tirib. Aynan o’sha payt judayam barokatli bo’lgandi. Balki bu barokat, erimni barokatlari edi, qilgan duoim sabab, Robbim chindan ham erimni kutmagan joydan rizqlantirgandi.

Men kartadagi pullarni uy uchun yig’aylik degandim. Orada erimga pul kerak bo’lib qoldi va o’sha pullarni ishlatdilar. Yig’olmaganimiz uchun hafa bo’lgandim lekin ichimdan rozi bo’lib bergandim.

Oradan ozgina vaqt o’tib yana boshqa loyihalar ham tashkillashtirdim. Bu safar kamroq daromad bo’ldi. Lekin har bir loyihamdan qolgan daromad uchun bir maqsad qo’yardim.


Ba’zan erimga, ba’zan onamga, ba’zan ukalarimga derdim. Ishonasmi, o’zim uchun deganimda barokatli bo’lmaydi va ko’pincha o’zim uchun hech narsa ololmayman. Eng ohirgi loyihamda, qizim uchun deb maqsad qo’ydim va qizim uchun o’zim xohlagan hamma narsani oldim.
Erkak uchun, oilani boqish, ta’minlash farz hisoblansa ham uning oilasi uchun qilgan har bir harajati, qancha bo’lishidan qat’iy nazar, ehson sifatida qabul qilinadi. Ayol uchun esa, nafaqat oilani boqish, moddiy taraflama yordam qilish hattoki uy ishlari ham farz emas.

Shunday ekan, endi o’zingiz bir o’ylab ko’ring, erkak vazifasi bo’la turib, oilasini boqsa, yedirib-ichirsa, bu undan ehson sifatida qabul qilinsa, ayol vazifasi bo’lmay turib shularni qilganda qanchalik ajr oladi?

Bu gapim bilan ayol oilani boqishi kerak demoqchimasman, chunki bu vaziyat ayol va erkak o’rtasida rollar almashib qolishiga sabab bo’ladi. Mukammal hayot yashashsa ham ayol eridan ko’p topmagani ma’qul.

Ammo niyatini holis qilib “erim uchun” emas balki “Robbimning rizosi uchun” desa va ayollik va onalikni chetga surib qo’ymagan xolda, qo’lidan kelganicha yordam qilsa, Allah bu oilaga barokat bersa beradiyu, olib qo’ymaydi.


Robbimiz mulki va hazinasi keng Zotdir. Kimnidir rizqi, kimnidir topib-sarflaganiga qarab kamayib qolmaydi. Aksincha niyat holis xolda qilgan har bir ehson uchun oilaning barokati yanada oshadi.

Ammo, ayolning dunyo mulkiga uchib, yetaridan ortig’i uchun kecha-kunduz ishlab, ayollik va onalikdan uzoqlashgan xolda pul ketidan quvishini to’g’ri deyolmaymiz. Bu xolat bir kun kelib ayolni charchatadi, chunki bu fitrat, erkak uchun berilgan, ayol uchun emas. Erkak qancha ko’p ishlasa, qancha ko’p pul topsa, ko’tarilsa bu uni fitratiga zarracha ziyon yetkazmaydi.

Undan tashqari, ayol zaruriy vaqtda eriga o’zini pulidan bersa va vaziyat yaxshilanib, shu pulni qaytarib olsa ham ziyoni yo’q. Hattoki bu ikki juftning oiladagi o’rni sog’lom xolda qolishiga ham sababchi bo’ladi. Ammo pul uchun janjallashish, bir-biridan qizg’onish, ikki juftning orasiga shayton tushishini osonlashtiradi
😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♥️♥️♥️

Uylar tozalandi, bezatildi, oy shaklida hurmo idishlari olindi, ramazon muborak yozuvli dasturxonlar solindi, chiroqlar ilindi… Valhosil uyimiz ramazonga tayyor❤️🌙

Qalblar va ruhlarchi?
Qalbimizni va ruhimizni tavba bilan tozaladikmi? Ibodatlarimizni ihlos bilan bezashni boshladikmi? Eng muhimi, ramazon oyida qat’iyyat bilan roza tutishni niyat qildikmi? Qur’onlar o’qilishga tayyormi?


Ramazonning asl mohiyatini unutmaylik, ramazon Qur’on oyi emas, Qur’onning o’zidir, tavbaning, ibodatning oyidir🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saharlik uchun lavash tayyorladim.

Ko’pincha tomatniy sous tayyorlardim piyoz qo’shib, bu safar esa faqatgina barbeque sous va mayonez soldim. Yanada mazaliroq bo’lar ekan.

Tovuqni pastroq olovda qovurib oldim, ketidan piyozni yuqa to’g’rab soldim. Shirin qizil qalampir, tuz va ozgina suv qo’shib yana past olovda pishirib oldim.

Lavash hamiriga barbequ sous va mayonez surtib, tovuq, pomidor, bodring solgandan keyin, o’rab qizartirib oldim
Bugungi san’at asarim… 🍍🍓🥝
Mevalarni qanday kesishimni ko’rsatib berishimni xohlaysizmi? Shunchaki reaksiya qoldiring, ertaga ko’rsatib beraman… 🥙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun menda generalnaya uborka

12 da boshlangan ishim, hozirgina tugatdim. Holodilnikni tozaladim. Paketlarni o’zgartirib, idishlarni yuvib hamma narsani boshidan joyladim. Ishimni tugatdim deb turgandim, bolani uhlating hovlini tozalaymiz dedilar kayınvalidem.

Uyda shunaqa ishlar qilsam oyijonga rossa yoqib ketsam kerak. Qandaydir o’zimga ham bilinadi munosabatlari yanada yaxshilanib qoladi… 😊 Nazarimda deyarli hamma qaynonalar shunaqa bo’lishsa kerak.

Ammo kelini qancha ish qilsa ham atrofida girdi kapalak bo’lsa ham baribir yoqtirmaydigan qaynonalar ham bor. Insof so’rab qolamiz.
😭

Kecha mevalarni qanday kesishimni ko’rsatib bermoqchi edim, bir ikkita mevadan qolmagan ekan. Bugun olib kelib, ko’rsatib berishga harakat qilaman🫶
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 21:20:59
Back to Top
HTML Embed Code: