Telegram Web Link
«Insonning eng qadrli hazinasidir uning go’zal qalbi…»

Qalbida yomon niyat bo’lmasligi, yaxshi niyatda bo’lish, yaxshi niyatda o’ylash, yaxshi niyatda ko’rish, yaxshi niyatda ko’ngil qo’yish, qalbning go’zalligidandir.

Qanchalik yuking og’ir, yo’ling qiyin bo’lsa, bilginki bu ham qalbingni go’zalligidandir.

Shunday bo’lsa da, yo’ling doim yorug’ va ochiq bo’ladi, chunki qalbing go’zal. Hattoki ba’zida o’zing ham hayratlanib qolasan:


«Bu qiyin va tikonli yo’lni men qanday bosib o’tdim? Bu qiyin sinovni qanday yengdim?»

Go’zal qalbingni doim asra, u seni hazinang, yo’l rahbaring. Agar qilgan har bir ishingda, bosgan har bir qadamingda, niyating go’zal bo’lsa, qo’rqma, doim Allahning himoyasidasan, o’zing sezmagan xolda
Qalbingni sindirishadi, hafa bo’lasan, uzoqlashasan lekin «Sen o’zing yomonsan» deyishadi. «Biz seni hafa qildik» emas.

Boshqalar bilan orangda nohaqlik, adolatsizlik qilishadi, o’zingni qadrsiz his qilasan «Biz unday emasmiz» deyishadi.

Har bir ishingni o’zing hal qilasan, muammolaring ortidan o’zing yugurasan «Sen o’zing uddalaysan» deyishadi «Biz yoningdamiz» emas.

Olgan har bir zarbang, senga alam qiladi, gapirsang yoqmaydi. Har doim yordam beradigan, yaxshiligini ayamaydigan yolg’iz sensanu…


Tag’in… «Biz oilamiz» deyishadi…
Baho berilar 🌱cheesecake a la Mina

Bu meni shaxsiy retseptim. Kecha pishirdim, bugun yasatib egasiga berib yubordim.
Gullarning eng go’zali, lola va atirguldir…

Chunki lola Allah lafzining yozilishiga o’xshaydi, Uni eslatadi.
Atirgul esa tengsiz hidi va go’zalligi bilan Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallamni ifodalaydi.
Masjid xovlisida yoki Ka’ba eshigi oldida uchrashsang ham, qo’ng’iroq qilib seni bomdodga uyg’ontirsa ham, minglab Oyatlarni yoki Hadislarni o’qib bersa ham baribir u senga haromdir.

Haloling bo’lmasa, falokating bo’ladi.
Exx men bularni qaancha kutdim…

Ohirgi paytlar pardoz uchun deyarli kosmetika olmay qo’ydim. Sababi, tanani bezashdan ko’ra, skrab va kremlar bilan parvarishlash yoqimliroq ekan. Ayniqsa ulardan xushbo’y xid kelib tursa…
Bugungi kunimizdan 🫶🏻

Zooparkka bordik, ichida yangi joy ochilibti, shunaqa har xil qushlar bor ekan va bemalol qo’lga olish ham mumkin… Ko’k rangdagisi ozgina asablari joyidamasdek ko’rindi qiliqlaridan. Yelkamga chiqib qulog’im tagida rossa baqirdi.
Uydan chiqmay turib uyingni havosiz qolganini sezmaysan.

Aslida insonlar ham shunday…
Ulardan uzoqlashgandan so’ng sezasan, senga qanchalik zarar berayotganliklarini.
2025/07/04 17:20:11
Back to Top
HTML Embed Code: