Telegram Web Link
Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifa va maqsadlar belgilandi

“Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonda davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etishga oid muhim maqsad va vazifalar belgilandi.


Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazi bilan birgalikda:

- Agentlik buyurtmasi asosida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash mexanizmini joriy etadi;

-davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida taʼsirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar ishlab chiqadi;

- korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash uslubiyatini takomillashtiradi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan Davlat organlari faolligining milliy reytingida:  

- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;

- davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;

- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi kabilar asosiy yo‘nalishlardan etib belgilanmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Asaka tumanida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli dastur amalga oshiriladi

Davlat rahbari raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruh Asaka tumanida qator soha va yo‘nalishlarda korrupsiya omillarini o‘rgandi.

Agentlik direktori Akmal Burxanov o‘rganishda aniqlangan muammo va kamchiliklardan kelib chiqib, tumanda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish, zamonaviy yechimlar orqali jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan kompleks Dasturni tumandagi soha masʼullari bilan muhokama qildi.


Dasturda:

- taʼlim muassasalarida ustama tayinlash jarayonlarini avtomatlashtirish;

- davolanish uchun order berish va bemorlarni joylashtirish jarayonini Davlat xizmatlari markazlari orqali tashkil etish;

- bozorlar faoliyatini raqamlashtirish;

- yaqin qarindoshlarning bir-biriga bo‘ysunuvida ishlash holatlarini cheklash kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Masʼullar bilan Dasturning har bir yo‘nalishiga oid vazifalar ko‘rib chiqildi va ularni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz elektron platformasi orqali Energetika vazirligining faoliyatiga oid jami 20 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 6 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 12 tasida “o‘rta”, 2 tasida “past” darajada.

Jumladan:

oʻz vakolati doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;

litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, bekor qilish va chaqirib olish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish;

energetika sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Infografikada bu haqdagi ma'lumotlar batafsil aks etgan.

Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.


Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyruqlari bilan Agentlik xodimlari:

Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Boyto‘rayev Farhod Mamatkarimovich — “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Davlanov Alisher Yusubovich — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik tashabbuslari: raqamli texnologiyalar, media, xalqchil qonunchilik va korrupsiyaning gender jihatlari" nomli loyiha tashabbuslari tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 7000 AQSH dollarigacha.


Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

👉Tanlov haqida batafsil videoda tanishing.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar uchun ilk Yozgi maktab tashkil etildi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining (BMT TD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Bo‘stonliq tumanida oliy o‘quv yurtlari yuridik klinikalari talabalari uchun “Boshqaruvda halollikni shakllantirish: huquqiy taʼlim korrupsiyaga qarshi islohotlar vositasi sifatida” mavzusida birinchi Yozgi maktab boshlandi.

Uch kunlik mazkur tadbir Agentlik va BMT TDning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimini mustahkamlash" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Asosiy maqsad davlatimiz rahbari raisligida 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, yoshlarni “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan g‘oya ostida birlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga ularni faol jalb etish, salohiyat va imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishga qaratilgan.


Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalar uyushmasi kabi vakolatli tashkilotlar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlariga yoshlarni jalb qilish usul va vositalari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashmoqda.

Tadbir doirasida “Korrupsiyaga qarshi volontyorlik faoliyati” hamda Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyati loyihalari taqdimoti ko‘zda tutilgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha dastlabki ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda "Yo‘l xarita"da korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarida korrupsiya omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokamalarda viloyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan sohani barcha vakillarini, faxriylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Mamlakatda qonuniylik va adolat, ochiqlik va hisobdorlik prinsiplarini mustahkam qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishdek muhim jarayondagi faol ishtirokingiz davomli va yanada muvaffaqiyatli bo'lishini tilaymiz!

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/13 05:03:03
Back to Top
HTML Embed Code: