Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Sirdaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazdi
Sirdaryo viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarini raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish, ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga samarali joriy etish borasida masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Muhokamalarda viloyatda ochiqlikni taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish chora-tadbirlari yetarli darajada olib borilmayotganligi qayd etildi.
— dedi Akmal Burxanov.
Yig‘ilishda shu kabi kamchiliklarni kechiktirmasdan bartaraf etish, shuningdek, “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Ishchi guruh Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va 10 ga yaqin tibbiyot muassasasini yagona boshqaruv asosida birlashtirib tashkil etilgan “Guliston tibbiyot klasteri” faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur sohada aholi duch kelayotgan boshqa muammo va to‘siqlar xususida masʼul rahbarlar bilan birga muhokama qilindi va ularni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Ishchi guruh o'rganishlarida viloyatning 10 nafar mas'ul shaxslari (7 nafar hokim yordamchisi hamda 3 nafar boshqaruv xodimi) 11 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik va rahbarlik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Tuman-shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytida joriy yilning 1-choragi uchun mahalliy byudjet daromadlari, rejadan orttirib bajarilgan qismiga oid maʼlumotlardan boshqa biron-bir ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar joylashtirilmagan. Bundan tashqari, o'tgan yili Xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashlarining 206 ta sessiyasidan 114 tasi yoki 55 foizi transllyatsiya qilinmagan,
— dedi Akmal Burxanov.
Yig‘ilishda shu kabi kamchiliklarni kechiktirmasdan bartaraf etish, shuningdek, “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Ishchi guruh Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va 10 ga yaqin tibbiyot muassasasini yagona boshqaruv asosida birlashtirib tashkil etilgan “Guliston tibbiyot klasteri” faoliyati bilan tanishdi.
Hozirda “Tibbiyot klasteri”da shifokorlarni qog‘ozbozlikdan xalos etish uchun barcha jarayonlar raqamlashtirilgan bo‘lib, buning natijasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar oldi olinishiga erishilmoqda.
Mazkur sohada aholi duch kelayotgan boshqa muammo va to‘siqlar xususida masʼul rahbarlar bilan birga muhokama qilindi va ularni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik tashabbuslari: raqamli texnologiyalar, media, xalqchil qonunchilik va korrupsiyaning gender jihatlari" nomli loyiha tashabbuslari tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 7000 AQSH dollarigacha.
⏳Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
👉Tanlov haqida batafsil videoda tanishing.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 7000 AQSH dollarigacha.
⏳Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
👉Tanlov haqida batafsil videoda tanishing.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklardan biri sifatida belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12-iyun kunidagi 362-son qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-1, 193-1 va 193-2-moddalarida korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga BHMning uch baravari miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
Kodeksning 193-4 va 215-7-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12-iyun kunidagi 362-son qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklardan biri sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi nazarda tutilmoqda.
Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-1, 193-1 va 193-2-moddalarida korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga BHMning uch baravari miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat organining yoki tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik BHMning uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida, davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kodeksning 193-4 va 215-7-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Korrupsiyaga qarshi kurashishda OAV vakillarining ma'suliyati
Tafsilotlar "Axborot 24" informatsion dasturida.

#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan e-anticor.uz elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida uning faoliyatidagi jami 75 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.
Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 10 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 31 tasida “o‘rta”, 34 tasida “past” darajada.
Infografikada vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari aks etgan.
➖investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni doimiy asosda o‘rganish;
➖to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish;
➖davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar, boshqa xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarni kelishish shular jumlasidandir.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 10 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 31 tasida “o‘rta”, 34 tasida “past” darajada.
Infografikada vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari aks etgan.
➖investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni doimiy asosda o‘rganish;
➖to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish;
➖davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar, boshqa xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarni kelishish shular jumlasidandir.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlar yaratishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy chaqiriq va tahdidlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Agentlik direktori o‘z nutqida mamlakatimiz Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoniga asosan O‘zbekistonda kibermakonda korrupsiyaga qarshi kurashishda barqaror va samarali mexanizmlarni yaratish maqsadida maxsus normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilayotganini ta'kidladi.
Ushbu loyihalarda ilk bor “kibermakonda korrupsiya” atamasi huquqiy tushuncha sifatida mustahkamlanmoqda, uning asosiy ko‘rinishlari va belgilari ro‘yxati shakllantirilmoqda, raqamli tizimlar operatorlarining majburiyat va javobgarligi aniqlashtirilmoqda.
Shuningdek, yangi raqamli platformalarni joriy qilishdan oldin majburiy tarzda aksilkorrupsiya ekspertizasini o‘tkazish tartibi, raqamli yechimlar arxitekturasini dastlabki bosqichda tahlil qilish nazarda tutilmoqda.
Yana bir muhim tashabbus — “E-anticor.uz” platformasida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi maxsus modulni joriy etishdir.
Bundan tashqari, davlat xaridlari sohasida sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, xarid ishtirokchilarining xulq-atvorini kuzatish, til biriktirish yoki affillanganlik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash bo‘yicha ilg‘or mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.
— dedi Akmal Burxanov.
Anjumanda “Raqamli davrda korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish“ga bag’ishlangan panel sessiyada ayni mavzudagi muloqot va muhokamalar davom ettirildi.

Biz raqamli sohada korrupsiyaga qarshi choralarni shunchaki kengaytirmayapmiz — adolat va halollik tamoyillarini raqamli boshqaruv arxitekturasining markaziga joylashtirishga intilmoqdamiz. Bu esa dasturiy ta’minot kodidan tortib, tashkiliy-texnik yechimlargacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oluvchi tizimli yondashuvni talab qiladi.
Maqsadimiz — muammoga keyin javob berish emas, balki raqamli yechimni loyihalash bosqichidayoq uning oldini olishdir,
— dedi Akmal Burxanov.
Anjumanda “Raqamli davrda korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish“ga bag’ishlangan panel sessiyada ayni mavzudagi muloqot va muhokamalar davom ettirildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bugun Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo'lib o'tadi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirirgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilinadi.
Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sohalar bo'yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot beradi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirirgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilinadi.
Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sohalar bo'yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot beradi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Sirdaryo viloyatida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati tanqidiy ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.
Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan Guliston shahri, Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod va Xovos tumanlaridagi sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 50 dan ortiq obyekt hamda mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ishlar yetarli darajada yo’lga qo’yilmagani aniqlandi.
— dedi A.Burxanov.
O‘rganishlar davomida viloyatning 7 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik yoki rahbarlik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli sudga yuborildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarning shaxsiy javobgarligini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.
Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlarning axboroti eshitildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.
Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan Guliston shahri, Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod va Xovos tumanlaridagi sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 50 dan ortiq obyekt hamda mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ishlar yetarli darajada yo’lga qo’yilmagani aniqlandi.
Masalan, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari faoliyatida byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlarni yashirish, tanish-bilishchilik holatlari hamon uchrab turibdi. Noqonuniy qurilishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish borasidagi ishlar ham sust ekanligining guvohi bo‘ldik. Banklar tomonidan kredit va tavsiyanoma berish tartiblarini aniq huquqiy asoslarga bog‘lash, monitoringni raqamlashtirish, jamoatchilik va ichki nazoratni kuchaytirish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda,
— dedi A.Burxanov.
O‘rganishlar davomida viloyatning 7 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik yoki rahbarlik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli sudga yuborildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarning shaxsiy javobgarligini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.
Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlarning axboroti eshitildi.
Majlis yakunida
Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish
ga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Сўнгги йилларда коррупцияга қарши курашиш бўйича қилаётган ислоҳотларимиз ўз самарасини бераяпти”,
– деди Президент.
Биргина мисол, Қашқадарёдаги 34 та соғлиқни сақлаш муассасасида пуллик хизматни рақамлаштириш ҳисобига тушум 15 миллиард сўмга ошди.
Мутасаддиларга бир ойда коррупциявий ҳолатлар салмоғи катта бўлган таълим, бандлик, қурилиш соҳаларида, Қарши шаҳри, Косон ва Қарши туманида ушбу тажрибани оммалаштириш, вилоятни “коррупциядан ҳоли” қилиш бўйича тизимли ишлаш топширилди.
Деҳқон бозорларида нарх-навонинг барқарорлигини таъминлаш бўйича Қашқадарёда янги тизим қилинади.
Мутасаддиларга барча деҳқон бозорлари фаолиятини рақамлаштириш топширилди.
Facebook|Instagram|X