Telegram Web Link
Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha dastlabki ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda "Yo‘l xarita"da korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarida korrupsiya omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokamalarda viloyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, Dasturda maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, elektr va gazdan foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:

▫️tumandagi 49 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirish tizimini to‘liq autsorsing asosida tashkil qilish;

▫️maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ota-onalar kengashi” yoki “Jamoatchilik kuzatuv guruhi”ni tashkil etish, bunda ular autsorsing xizmati sifatini baholash, shikoyat yoki takliflarni yig‘ish, hisobotlar yuritilishini monitoring qilishni amalga oshiradi;

▫️tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va xodimlarning davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalarini o‘rnatish va davomat haqida ota-onalarga “SMS” xabar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

▫️tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalardagi hamshira va vrach lavozimlariga 0,25, 0,5 va 0,75 shtat birliklari asosida ishga qabul qilish amaliyotiga chek qo‘yish;

▫️tug‘uruq bo‘limlarida “suyunchi puli” va “kuzatish marosimi”ni to‘liq taqiqlashga qaratilgan normativ-tashkiliy choralar ko‘rish, muassasada zarur ogohlantiruv maʼlumotlarini joylashtirish;

▫️tibbiyot muassasalaridagi mavjud dori vositalari ro‘yxati va bo‘sh koykalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yagona tibbiyot axborot tizimi orqali ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;

▫️elektr va gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlarini qog‘oz shaklidagi dalolatnomalarda rasmiylashtirishdan to‘liq voz kechish va noqonuniy ulanish holatlarini “E-dalolatnoma” axborot tizimiga to‘liq o‘tkazish choralarini ko‘rish;

▫️“Raqamli bozor” dasturini joriy etish orqali:

– bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz, shu jumladan onlayn “QR” kod bilan tasdiqlanadigan to‘lash tizimini barcha savdo nuqtalarida joriy etish;

▫️har bir mahallada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi loyihalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida tashabbuskor guruhlarni shakllantirish.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Forwarded from AkmalBurxanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Коррупцияга қарши курашиш агентлигига 5 йил.
Ортга йўл йўқ...

@aburxanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asaka tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga oid ishlar boshlandi

Asaka tumanida zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha kompleks dastur doirasida dastlabki ishlar boshlandi.

Dastur ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq taʼminlash maqsadida ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh mas'ullarga tegishli chora-tadbirlarni to'g'ri tashkil etishda ko'maklashmoqda.

Xususan, Ishchi guruh tomonidan tumandagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlarini rotatsiya qilish, lavozimga davlat xizmati va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq ochiq tanlov asosida munosib kadrlarni qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Bu jarayonda tanlovlarning barcha bosqichlarini shaffof va xolisona o‘tkazilishini taʼminlash, tanlov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, lavozimlar uchun aniq malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, 41 va 42-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 57-umumta‘lim maktabida davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalari, ichki va tashqi hududda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, Dasturda belgilangan har bir chora-tadbir ijrosiga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mansabdor shaxslar eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborganligi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (sobiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi) tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablag‘larining maqsadli ishlatilishi holatini o‘rgandi.

Maʼlum bo‘lishicha, AJ tomonidan 5 ta, jumladan, “A.F” xususiy korxonasi, “Q.J”, “O.G”, “A.Sh" fermer xo‘jaliklari va “S.M.M” MCHJiga konsalting xizmati uchun 9 ta sertifikat olishga 709.0 mln so‘m subsidiya ajratilgan.

Agentlik tomonidan o'tkazilgan o‘rganishda sertifikat olishga konsalting xizmati ko‘rsatuvchi W.M”, “D.Q.S” MCHJlar, shuningdek, “O.M.S. XK yuqorida qayd etilgan fermer xo‘jaliklari va MCHJga aslida ko‘rsatilmagan konsalting xizmatlari uchun soxta hujjatlar tayyorlab, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi”ga taqdim etgan va jami 600 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘z hisob raqamlariga o‘tkazishga erishganligi aniqlandi.

Qayd etilgan holatlar bo‘yicha ushbu konsalting xizmati ko‘rsatuvchilar, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/04 15:31:59
Back to Top
HTML Embed Code: