Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

"Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib belgilandi:
➖korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
➖davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
➖davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlarni amalga oshirish;
➖mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi;
Tuzilmaning barcha darajadagi rahbar va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.

Qaror bilan Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi.
Unga ko'ra:
☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:
➖150 tagacha bo'lsa, 1 nafar masʼul xodim;
➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma;
➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma faoilyat yuritadi.
☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:
➖150 tagacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;
➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;
➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 4 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda1 nafardan masʼul xodim faoliyat yuritadi.
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin.
Agar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmasida umumiy shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa, ushbu hududiy tuzilmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi tarkibiy tashkilotning shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa hamda tarkibiy tashkilotning o‘zida hududiy yoki tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmasa, ushbu tarkibiy tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining Markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar tizimdagi tarkibiy tashkilotning umumiy shtatlar soni 400 va undan ortiq bo‘lsa, yuqoridagilarga asosan minimal mezonlar tadbiq etiladi.

2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida:
▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi , Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o'tkaziladi;
Ular bevosita Agentlikka bo‘ysunadi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Mazkur bo'linmalar rahbarligiga Agentlik xodimlari tayinlanadi va ularga Agentlikning bo‘lim boshlig‘iga belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari qo‘llaniladi.
Agentlik huquqiy eksperimentning amalga oshirilishi haqida har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib boradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
- markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalariga ilk marta lavozimga tayinlangan rahbar xodimlar – Agentlikda;
- hududiy va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari – markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarida ikki haftalik stajirovka o‘taydi.
Agentlik:
- bo‘linmalar rahbar va xodimlarining har yili qisqa muddatli malaka oshirish kurslari hamda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
- bo‘linmalar rahbar va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini, ular faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda xodimlarning kasbiy standartlarini tasdiqlaydi.
Joriy yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagilar amalga oshirilishi ko'zlangan:
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari rahbar va xodimlari elektron reyestrini yaratish;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish;
▫️anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirish.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
- markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalariga ilk marta lavozimga tayinlangan rahbar xodimlar – Agentlikda;
- hududiy va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari – markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarida ikki haftalik stajirovka o‘taydi.
Agentlik:
- bo‘linmalar rahbar va xodimlarining har yili qisqa muddatli malaka oshirish kurslari hamda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
- bo‘linmalar rahbar va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini, ular faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda xodimlarning kasbiy standartlarini tasdiqlaydi.
Joriy yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagilar amalga oshirilishi ko'zlangan:
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari rahbar va xodimlari elektron reyestrini yaratish;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish;
▫️anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirish.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmon qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
▫️Milliy kengash har yili hududlar kesimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qilib boradi;
▫️Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 3 ta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
▫️vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq rejasi himoya qilinishi yo‘lga qo‘yiladi;
▫️xalqaro tajriba asosida kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
▫️“Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyning 1–5 sanalarida reja asosida “qizil” toifadagi mahallalarga tushib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, hududlardagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Farmonga ko‘ra, joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
▫️Milliy kengash har yili hududlar kesimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qilib boradi;
▫️Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 3 ta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
▫️vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq rejasi himoya qilinishi yo‘lga qo‘yiladi;
▫️xalqaro tajriba asosida kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
▫️“Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyning 1–5 sanalarida reja asosida “qizil” toifadagi mahallalarga tushib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, hududlardagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini kamida ikki karra qisqartirish choralari ko'riladi.
Shuningdek:
2025-yil yakuniga qadar xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilarni “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilish, qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlarni “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkazish hamda xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini kamida ikki karra qisqartirish choralari ko'riladi.
Shuningdek:
2025-yil yakuniga qadar xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilarni “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilish, qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlarni “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkazish hamda xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2026-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.
Aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining shaxsiy javobgarligi belgilanadi.
Sunʼiy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.
Shuningdek, Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha yil yakuniga qadar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan 21 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur Farmon va uning doirasida belgilangan vazifalarni sifatli, o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo'ladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining shaxsiy javobgarligi belgilanadi.
Sunʼiy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.
Shuningdek, Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha yil yakuniga qadar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan 21 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur Farmon va uning doirasida belgilangan vazifalarni sifatli, o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo'ladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika ishchi guruhining sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati yuzasidan o‘rganishlari davom etmoqda.
Bu galgi manzil — Samarqand viloyatining Urgut tumani.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bu galgi manzil — Samarqand viloyatining Urgut tumani.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Bahmal, G‘allaorol tumanlarida sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, bank, kadastr, qurilish sohalarida korrupsiyaning oldini olish choralari qay darajada samarali yo‘lga qo‘yilgan?
Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov va Respublika Ishchi guruh tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.
Ishchi guruhning Milliy bank, Mikrokreditbank, Asakabank, Agrobank va Xalq bankining hududiy filiallaridagi o‘rganishlarida bank xizmatlari, xususan, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish jarayonida inson omilining ustuvorligi va raqamlashtirishning to‘liq joriy etilmagani korrupsiyaviy xavflarni oshirishi qayd etildi.
Jizzax shahridagi Kardiologiya markazi va akusherlik kompleksi, Sharof Rashidov tumanidagi 29-sonli oilaviy poliklinika va tug‘ruq kompleksi, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qator kamchiliklar aniqlandi.
Pullik va bepul tibbiy xizmatlarning ochiq va adolatli taqsimlanmasligi, xodimlarni ishga qabul qilishda oshkoralikning yetishmasligi, davlat xaridlari va moliyaviy xarajatlar ustidan nazoratning sustligi shular jumlasidandir.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan ochiq tanlovlarning yetarli darajada tashkil etilmagani hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar esa aholiga yetarli darajada yetkazilmayotgani maʼlum bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiya jarayonida shaffoflik, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, pedagoglarga munosib shart-sharoitlar yaratish va raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda masʼuliyatsizlik va sustkashliklarga yo’l qo’yilgan.
Masʼullar bilan birga yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.