Telegram Web Link
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish holatlari o'rganilmoqda

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari hamda xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik holatlari yuzasidan (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida) o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 193-4-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik) tegishli qismlariga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Xususan, bugungi kunda jami 252 ta (jumladan, 32 tasi bo‘yicha jarima to‘lovlari amalga oshirilgan, 109 ta sud qarori ijro etilishi kutilmoqda va 111 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda) maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma “E-ma‘muriy ish” yagona axborot tizimi orqali tegishli sudlarga yuborildi.


Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaslik holarlarining oldini olish choralari davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Hududlarda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

Bugun Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, o‘tgan ikki oy mobaynida Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida barcha soha va tarmoqlarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

“Yo‘l xarita” lari doirasida o‘tkaziladigan o‘rganishlarda sohada korrupsiyaga imkon berayotgan omillarni aniqlash, xususan, byurokratiya, qog‘ozbozlik va "inson omili"ni qisqartirish, ochiqlik, hisobdorlik mexanizmlarining yaratilmaganligi kabi elementlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Asosiy maqsad — “tajriba yaratish” yaʼni, berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarsak, hamma birday masʼuliyat bilan yondashsa, kelgusida boshqa hududlarga tatbiq etish jarayoni shunchalik oson amalga oshiriladi,

— dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov.

“Yo‘l xarita”larining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlashga xalq deputatlari Kengashlari raislari, Korrupsiyaga qarshi hududiy kengash raislari va viloyat prokurorlari masʼul etib belgilandi.

Hududlardagi “Yo‘l xaritalari”ning
ijrosini monitoring qilish
bo‘yicha
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari
va
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori rahbarligida
Ishchi guruhi tashkil etildi.


Ushbu ishchi guruh har hafta bevosita korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalar kesimida muayyan hududga chiqqan holda belgilangan obyektlarda korrupsiyaviy omillarni o‘rganadi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Yig‘ilishda “Yo‘l xarita”larida belgilangan topshiriqlarga jiddiy yondashish, ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan:

▫️Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi 2,2 mlrd so‘mlik ;

▫️“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 313 mln so‘mlik;

▫️Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi 300 mln so‘mlik;

▫️Dehqonobod tumani hokimligi 189 mln so‘mlik;

▫️Ellikqalʼa tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi 95 mln so‘mlik;

▫️Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi 56 mln so‘mlik davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga imkon yaratgan.

Shuningdek:

▫️“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 10,8 mlrd so‘mlik;

▫️Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining 1,9 mlrd so‘mlik;

▫️G‘uzor tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,9 mlrd so‘mlik;

▫️Dehqonobod tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,1 mlrd so‘mlik;

▫️Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyning 573 mln so‘mlik;

▫️Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 572 mln so‘mlik;

▫️Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 520 mln so‘mlik;

▫️Sirdaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 83 mln so‘mlik;

▫️Yangiobod tumani tibbiyot birlashmasining 45 mln so‘mlik;

▫️Mo‘ynoq tumani hokimligining 40 mln so‘mlik davlat xaridlaridagi baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi.


O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Buxoro viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati Milliy kengash sayyor majlisida muhokama qilindi

Bugun G’ijduvon tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1-6 aprel kunlari viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, viloyat bo‘yicha 2024-yilda 288 nafar shaxs tomonidan 211 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan taqqoslaganda 25,5 foizga ortgan.

Davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 117,39 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan ikki baravarga oshgan.


Viloyatda o‘rganish natijalari ham korrupsiyaning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarida qator kamchilik va muammolarni yaqqol ochib berdi.

O‘rganishlarda Buxoro va Kogon shaharlari, Shofirkon, Jondor, Buxoro, Kogon hamda Vobkent, Olot tumanlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, kadastr, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalariga oid obyekt va mahallalar qamrab olindi.

Afsuski, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar hududiy idora va tashkilotlar rahbarlari orasida korrupsiyaga qarshi kurashishda
masʼuliyatsizlik, real muammolarga ko‘z yumish, quruq raqamlar ortidan quvish, ko‘zbo‘yamachilik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish
holatlari uchrayotganini ko‘rsatdi. Davlat rahbari tomonidan sohada ustuvor vazifa va maqsadlar belgilanib, rahbarlarga katta ishonch bildirilayotgan va xalqimiz korrupsiyadan xoli jamiyat barpo etish uchun haqiqiy o‘zgarishlarni kutayotgan bir paytda bu kabi holatlarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi

— deya ta‘kidladi Akmal Burxanov.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.

Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlar tomonidan tushuntirish berildi.

Yig‘ilishda
G’ijduvon tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish
ga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Milliy kengash masʼul vazirlik, idoralar tomonidan mazkur loyiha doirasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi.

Muhokama yakuni bo‘yicha masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Buxoro viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlariga nisbatan ta'sir choralarini qo'llash masalasi ko'rib chiqildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida G’ijduvon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisda viloyatda jinoyatchilikkning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati tanqidiy tahlil qilinib, bu borada masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengash qarori qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, Milliy kengash qarori bilan, viloyatdagi bir qator davlat idoralari va tashkilotlarining 18 nafar turli darajadagi rahbarlariga nisbatan (13 nafar rahbar lavozimidan ozod etish, 3 nafariga nisbatan xizmat tekshirishuvi o'tkazish hamda 2 nafariga nisbatan hayfsan) jazo choralarini qo'llash bo'yicha qaror qabul qilindi.


Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks "Yo‘l xarita"lari tasdiqlanib, masʼuliyatsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Vobkent tumanida korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi

Vobkent tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Halol tumanlar” loyihasining joriy natijalariga bag‘ishlangan taqdimot qilindi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi aʼzolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, BMT TD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘yicha rahbari Vim Riyempa ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, “Halol tumanlar” loyihasi orqali hududda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli o‘zgarishlarni joriy etish maqsad qilingan.

Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, BMT TD va Vobkent tumani hokimligi hamkorligida loyiha doirasida ishlab chiqilgan Vobkent tumani davlat idoralarida korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan strategik harakatlar rejasi taqdimoti o’tkazildi.


Taʼkidlanganidek, strategik harakatlar rejasida halollikni rag‘batlarish hamda korrupsiya uchun javobgarlik va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Taqdimot yakunida ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.  

Tadbir doirasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish”
mavzusida eʼlon qilingan grant tanlovi g‘oliblaridan biri 
O‘zbekiston karlar jamiyati Buxoro viloyati hududiy  bo‘limi
tomonidan grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
 


Eslatib o‘tamiz, mazkur grant tanlovi 2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari amalga oshirildi.

Bu yil korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 121 ta davlat tashkiloti faoliyatidagi 6123 ta funksiyada korrupsiyaviy xavflar baholandi.


Korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “o‘rta” bo‘lgan 2219 ta funksiyada xavf-xatarlarni bartaraf etish yoki minimallashtirish maqsadida tegishli choralar belgilandi.

Baholash yakunlari bo'yicha davlat tashkilotlarining Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri, Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar va Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi.

Taʼkidlash lozimki, davlat tashkilotlarining rahbarlari tashkilot zimmasiga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgar sanaladi.

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot
"eng korrupsiyalashgan"
, korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar
“korrupsioner”
yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan
“past”
bo‘lgan tashkilotlar
"korrupsiyadan xoli"
hisoblanmaydi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/09 15:36:46
Back to Top
HTML Embed Code: