Telegram Web Link
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyruqlari bilan Agentlik xodimlari:

Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Boyto‘rayev Farhod Mamatkarimovich — “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;

Davlanov Alisher Yusubovich — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik tashabbuslari: raqamli texnologiyalar, media, xalqchil qonunchilik va korrupsiyaning gender jihatlari" nomli loyiha tashabbuslari tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 7000 AQSH dollarigacha.


Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

👉Tanlov haqida batafsil videoda tanishing.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar uchun ilk Yozgi maktab tashkil etildi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining (BMT TD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Bo‘stonliq tumanida oliy o‘quv yurtlari yuridik klinikalari talabalari uchun “Boshqaruvda halollikni shakllantirish: huquqiy taʼlim korrupsiyaga qarshi islohotlar vositasi sifatida” mavzusida birinchi Yozgi maktab boshlandi.

Uch kunlik mazkur tadbir Agentlik va BMT TDning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimini mustahkamlash" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Asosiy maqsad davlatimiz rahbari raisligida 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, yoshlarni “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan g‘oya ostida birlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga ularni faol jalb etish, salohiyat va imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishga qaratilgan.


Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalar uyushmasi kabi vakolatli tashkilotlar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlariga yoshlarni jalb qilish usul va vositalari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashmoqda.

Tadbir doirasida “Korrupsiyaga qarshi volontyorlik faoliyati” hamda Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyati loyihalari taqdimoti ko‘zda tutilgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha dastlabki ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda "Yo‘l xarita"da korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarida korrupsiya omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokamalarda viloyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan sohani barcha vakillarini, faxriylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Mamlakatda qonuniylik va adolat, ochiqlik va hisobdorlik prinsiplarini mustahkam qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishdek muhim jarayondagi faol ishtirokingiz davomli va yanada muvaffaqiyatli bo'lishini tilaymiz!

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Asaka tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga oid kompleks datur tasdiqlandi

Asaka tumanida zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi.

Ushbu Dastur Davlat rahbari raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mas‘ul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan.


Asaka tumanida Agentlik direktori Akmal Burxanov, Ishchi guruh masullari hamda viloyatning tegishli idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni o'z vaqtida, sifatli va to'liq amalga oshirish masalalari muhokama qildi.

Dasturda quyidagi muhim chora-tadbirlar belgilangan:

▫️tumandagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlarini rotatsiya qilish, lavozimga davlat xizmati va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq ochiq tanlov asosida munosib kadrlarni qo‘yish;

▫️korrupsiyaga oid jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan shaxslarni davlat xizmatiga qabul qilmaslik choralarini ko‘rish;

▫️tuman hokimligi huzurida NNT va OAV vakillari, faol fuqarolar va xotin-qizlar vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashini tuzish;

▫️tuman hokimligining Jamoatchilik kengashi oldida hisobotlarini har chorakda eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

▫️vazirlik va idoralaning tuman bo‘limlarida korrupsiyaviy holatlar haqida tunu-kun murojaat qilish imkoniyatiga ega aloqa kanallari, shu jumladan, ishonch telefoni, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarni ishga tushirish va qayta aloqa tizimini joriy etish;

▫️ korrupsiyaga duch kelgan holatlar bo‘yicha murojaat qilishga mo‘ljallangan “ishonch quti”larini xizmat ko‘rsatish binosining kirish qismlariga joylashtirish.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/09 08:53:56
Back to Top
HTML Embed Code: