Shuningdek, Dasturda maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, elektr va gazdan foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
▫️tumandagi 49 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirish tizimini to‘liq autsorsing asosida tashkil qilish;
▫️maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ota-onalar kengashi” yoki “Jamoatchilik kuzatuv guruhi”ni tashkil etish, bunda ular autsorsing xizmati sifatini baholash, shikoyat yoki takliflarni yig‘ish, hisobotlar yuritilishini monitoring qilishni amalga oshiradi;
▫️tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va xodimlarning davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalarini o‘rnatish va davomat haqida ota-onalarga “SMS” xabar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
▫️tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalardagi hamshira va vrach lavozimlariga 0,25, 0,5 va 0,75 shtat birliklari asosida ishga qabul qilish amaliyotiga chek qo‘yish;
▫️tug‘uruq bo‘limlarida “suyunchi puli” va “kuzatish marosimi”ni to‘liq taqiqlashga qaratilgan normativ-tashkiliy choralar ko‘rish, muassasada zarur ogohlantiruv maʼlumotlarini joylashtirish;
▫️tibbiyot muassasalaridagi mavjud dori vositalari ro‘yxati va bo‘sh koykalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yagona tibbiyot axborot tizimi orqali ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;
▫️elektr va gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlarini qog‘oz shaklidagi dalolatnomalarda rasmiylashtirishdan to‘liq voz kechish va noqonuniy ulanish holatlarini “E-dalolatnoma” axborot tizimiga to‘liq o‘tkazish choralarini ko‘rish;
▫️“Raqamli bozor” dasturini joriy etish orqali:
– bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz, shu jumladan onlayn “QR” kod bilan tasdiqlanadigan to‘lash tizimini barcha savdo nuqtalarida joriy etish;
▫️har bir mahallada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi loyihalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida tashabbuskor guruhlarni shakllantirish.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Forwarded from AkmalBurxanov⚖
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президентимиз бугун “Креатив иқтисодиёт”, “Рақамли яшил ташаббуслар”, “Ёшлар тадбиркорлиги ва стартаплар” ва “Ёш инноваторлар” майдончаларидаги ўғил-қизларимиз билан мулоқот қилиб, ҳозирги ёшларимиз – Янги Ўзбекистоннинг ҳақиқий бунёдкорлари эканига яна бир бор амин бўлганини таъкидлади.
- деди давлатимиз раҳбари.
Facebook|Instagram|X
“Мен сизлар билан фахрланаман! Сизларнинг ҳар бир ютуғингиз бу – кўп миллатли бутун халқимизнинг ютуғидир.
Азму шижоатингиз, соғлом дунёқарашингиз, бахту иқболингиз – миллионлаб ота-оналар, устоз-мураббийлар, яқинларингизнинг ҳам бахту саодатидир”,
- деди давлатимиз раҳбари.
Facebook|Instagram|X
Asaka tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga oid ishlar boshlandi
Asaka tumanida zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha kompleks dastur doirasida dastlabki ishlar boshlandi.
Dastur ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq taʼminlash maqsadida ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh mas'ullarga tegishli chora-tadbirlarni to'g'ri tashkil etishda ko'maklashmoqda.
Xususan, Ishchi guruh tomonidan tumandagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlarini rotatsiya qilish, lavozimga davlat xizmati va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq ochiq tanlov asosida munosib kadrlarni qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Bu jarayonda tanlovlarning barcha bosqichlarini shaffof va xolisona o‘tkazilishini taʼminlash, tanlov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, lavozimlar uchun aniq malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, 41 va 42-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 57-umumta‘lim maktabida davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalari, ichki va tashqi hududda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, Dasturda belgilangan har bir chora-tadbir ijrosiga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Asaka tumanida zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha kompleks dastur doirasida dastlabki ishlar boshlandi.
Dastur ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq taʼminlash maqsadida ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh mas'ullarga tegishli chora-tadbirlarni to'g'ri tashkil etishda ko'maklashmoqda.
Xususan, Ishchi guruh tomonidan tumandagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlarini rotatsiya qilish, lavozimga davlat xizmati va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq ochiq tanlov asosida munosib kadrlarni qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Bu jarayonda tanlovlarning barcha bosqichlarini shaffof va xolisona o‘tkazilishini taʼminlash, tanlov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, lavozimlar uchun aniq malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, 41 va 42-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 57-umumta‘lim maktabida davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalari, ichki va tashqi hududda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, Dasturda belgilangan har bir chora-tadbir ijrosiga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz elektron platformasi orqali Suv xo‘jaligi vazirligining faoliyatiga oid jami 27 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.
Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 8 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 8 tasida “o‘rta”, 11 tasida “past” darajada.
Jumladan:
- suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
- respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
- tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlash kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Infografikada bu haqdagi ma'lumotlar batafsil aks etgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 8 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 8 tasida “o‘rta”, 11 tasida “past” darajada.
Jumladan:
- suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
- respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
- tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlash kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Infografikada bu haqdagi ma'lumotlar batafsil aks etgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Mansabdor shaxslar eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborganligi aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (sobiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi) tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablag‘larining maqsadli ishlatilishi holatini o‘rgandi.
Maʼlum bo‘lishicha, AJ tomonidan 5 ta, jumladan, “A.F” xususiy korxonasi, “Q.J”, “O.G”, “A.Sh" fermer xo‘jaliklari va “S.M.M” MCHJiga konsalting xizmati uchun 9 ta sertifikat olishga 709.0 mln so‘m subsidiya ajratilgan.
Agentlik tomonidan o'tkazilgan o‘rganishda sertifikat olishga konsalting xizmati ko‘rsatuvchi W.M”, “D.Q.S” MCHJlar, shuningdek, “O.M.S. XK yuqorida qayd etilgan fermer xo‘jaliklari va MCHJga aslida ko‘rsatilmagan konsalting xizmatlari uchun soxta hujjatlar tayyorlab, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi”ga taqdim etgan va jami 600 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘z hisob raqamlariga o‘tkazishga erishganligi aniqlandi.
Qayd etilgan holatlar bo‘yicha ushbu konsalting xizmati ko‘rsatuvchilar, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish ishlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq taʼminlash bo‘yicha masʼullarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Ishchi guruh dastlab Chora-tadbirlar rejasida sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, qurilish, kadastr va boshqa korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasida belgilab olingan aniq vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan dastlabki ishlar bilan tanishdi.
Ayni jarayonda dehqon va buyum bozorini raqamlashtirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish, mahallarda imtiyozli kreditlar haqida aholining xabardorligini oshirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi, ayrim muammo va kamchiliklar joyida hal etildi.
Mas'ullar bilan Chora-tadbirlar rejasidan o'rin olgan har bir vazifaga jiddiy mas'uliyat bilan yondashish, korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaviy omillarga chek qo‘yish, raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish jarayonlarini birgalikda to'g’ri tashkil etish masalalari muhokama qilib olindi.

Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish o‘tkazdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida amalga oshirilayotgan dastlabki ishlarni o‘rgandi.
Xususan, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish, bepul va pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan taʼminlash sifatini oshirish, ishga qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash kabi yo‘nalishlarda ko‘rilayotgan choralar masʼullar bilan birga muhokama qilindi.
Har ikki tumandagi bozor va savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish chog‘ida bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz amalga oshirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish masalalarida tavsiyalar berildi.
Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa imtiyozli kredit mablag‘lari va subsidiyalarni ajratishda shaffoflikni ta‘minlash, aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni joyida bartaraf etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Ishchi guruh tomonidan Xo‘jayli tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan holatlar, byurokratik to‘siqlarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularga oqilona yechim topishga qaratilgan mexanizmlarni samarali joriy etish borasida ham masʼullarga taklif va tavsiyalar berildi.