Telegram Web Link
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka koʻra, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari, shuningdek, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishi shart.

✔️Telefon soʻzlashuvlari va xabarlar toʻgʻrisidagi axborot faqat abonentlarning oʻzlariga, bunday xabarlarni joʻnatuvchilarga va ularni oluvchilarga (ularning qonuniy vakillariga) berilishi mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 1-maydan e’tiboran elektr energiyasi narxi o‘zgargach, bir abonent uchun bir oylik qo‘shimcha xarajat necha so‘m bo‘lganini bilasizmi?

Agar siz bir oyda 50 kVt⋅soat elektr energiyasi yoqsangiz, demak, xarajatingiz 7500 so‘mga oshibdi. Bu kunlik 200 so‘m qo‘shimcha xarajat, degani. Me’yoriy baza miqdori doirasida elektr energiyasi yoqadigan abonent esa bir oyda 30 ming so‘m, kuniga 1000 so‘mdan qo‘shimcha sarflaydi.

Oyiga 500 kVt⋅soat elektr energiyasi iste’mol qiladigan abonentlar uchun esa to‘lovda hech nima o‘zgarmagan. Ular avvalgidek 360 ming to‘lashda davom etadilar.

2025-yilda tabiiy gaz narxlari o‘zgarishi hisobiga bir abonent uchun bir oylik qo‘shimcha xarajat haqida ham shuni aytish mumkin.

Ammo elektr energiyasidagi o‘zgarishdan farqli ravishda, tabiiy gaz narxi barqaror o‘sgan. Xususan, isitish mavsumidan tashqari davrda 100 metr kub tabiiy gaz sarflagan aholi xonadoni buning uchun avvalgidek 65 ming so‘m emas, balki 100 ming so‘m to‘lashi kerak bo‘ladi. Ya’ni, xarajat 35 ming so‘mga oshyapti.

Ammo boshqa tomondan qaralsa, narx oshishi u qadar sezilarli emas. Masalan, aholining 70 foizidan ziyodi iste’mol qiladigan 100 metr kub gaz uchun qo‘shimcha 35 ming so‘m, kunlik hisoblaganda esa, sutkasiga 1167 so‘m ortiqcha xarajat qilinadi.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida yuqoridagi jadvallalarda xarajatlar o‘zgarishi batafsil ko‘rsatilgan. Uning yordamida o‘zingiz sarflaydigan elektr energiyasi miqdoridan kelib chiqib, bir oyda qancha qo‘shimcha xarajat qilishingizni bilib olishingiz mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Tojikistondan olib oʻtilgan qariyb 50 kilo «opiy» Xorazmda ushlandi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi 49 kg 599 gr «opiy» moddasini xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.

Aniqlanishicha, Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, jinoiy sheriklarni aniqlash boʻyicha ham tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tuxum barak” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan nomoddiy madaniy merosimiz hisoblangan “Tuxum barak” milliy taomi viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslangani bilan ajralib turadi. “Tuxum barak” asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi. Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.


Ma’lumot uchun geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy-yilning 14-iyun kuni Xiva shahar "Arda Khiva" turistik majmuasida “Global Wellness Day” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida yoga mashgʻulotlari, mediatsiya va sogʻlom turmush odatlari boʻyicha master-klasslar oʻtkazildi.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓Har yilgi mehnat ta’tili (otpusk) haqida gaplashamiz

🚩Mehnat ta’tilining davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

🚩Undan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?

🚩 Ta’til davrida xodim “bolnichniy”ga chiqishi mumkinmi?

🚩Ta’tilda xodim ishdan bo‘shay oladimi?

🚩Yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?

🚩Yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?

📺Batafsil videorolikda

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ “Xalq nazorati” elektron portali ishga tushiriladi

📎 Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida oʻzini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi.

📎 Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini koʻrsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

📎 Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.

📎 Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi boʻladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni mashinada qoldirmang! Jaziramada mashinangiz saloni sanoqli daqiqalarda xavfli bo‘lishi mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijro, nazorat va murojaatlar bilan ishlash tizimlari takomillashtiriladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

📣Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

19–21-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki ko‘rgazma emas – barqaror kelajak yo‘lida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakat.

“Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi Sizga nafaqat o‘z tashabbuslaringizni namoyish qilish, balki yangi bozorlarga chiqish, manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatini taqdim etadi.

⌛️Markaziy Osiyodagi birinchi ekologik ko‘rgazmada ishtirok etishga shoshiling!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥Xorazm viloyatidagi tuman va shahar hokimliklarining rasmiy saytlarini bilasizmi?

Endi har bir hokimlikning rasmiy veb-sayti orqali:
Yangi qarorlar bilan tanishing
Onlayn murojaat yuboring
Tumaningizdagi yangilik va loyihalarni kuzating
Masalalaringizni rasmiy tarzda hal eting

🧭Hokimlik saytlaridan foydalaning, mas’ullar bilan bevosita va shaffof aloqa o‘rnating!


📎Infografikani saqlab qo‘ying va boshqalar bilan ulashing!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎤📸📰OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

🗣️Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamda Xorazm viloyati Bojxona boshqarmasi hamkorligida “Shovot” chegara bojxona postida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

✔️Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasi tomonidan “2025-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumani davomida - huquqbuzarliklarning oldini olish choralari, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish, bojxona tizimini raqamlashtirish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan profilaktik tadbirlar, davlat chegarasidan o‘tishda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Press-tur davomida ishtirokchilarga chegara bojxona postida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, jumladan, elektron navbat tizimi, skaner qurilmalari, fuqarolar va transport vositalarini tekshirishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar namoyish etildi.

✔️Shuningdek, ishtirokchilar bojxona nazorati jarayonlarining avtomatlashtirilishi, inson omilini kamaytirishga qaratilgan choralar va bojxona organlari faoliyatida joriy etilgan raqamli yechimlar bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda bojxona sohasi bilan axborot almashinuvi, ochiqlik va kelgusidagi yaqin hamkorlik yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Xitoy" sammitida ishtirok etdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻziga kredit ajratilishini taqiqlash imkoniyati paydo boʻldi

6-iyundan boshlab jismoniy shaxslarga oʻziga kredit ajratilishini taqiqlash imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi.

«Bu oʻz navbatida bugungi kunda oʻsib borayotgan jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki boʻladi. Ushbu xizmat bepul boʻlib, undan dastlab «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin», — deyiladi xabarda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 21:10:06
Back to Top
HTML Embed Code: