Telegram Web Link
👍 Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida toʻrtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanmoqda.

👍 Davlatimiz rahbari va oliy martabali mehmonlarning forumdagi nutqlarini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qilish mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Birgalikda shunday investitsiya muhitini yarataylikki, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT FIRIBGARLAR! 🆘

Agar sizga bank, kuryerlik xizmati yoki internet-do‘kon nomidan qo‘ng‘iroq qilib:
📞 “Sizda shubhali operatsiya bor”,
💳 “To‘lovni tasdiqlang”,
🎁“Siz yutuq qo‘lga kiritdingiz” deyishsa —ehtiyot bo‘ling! Bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

⚠️ Esda tuting:
— Rasmiy tashkilotlar hech qachon telefon orqali shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlaringizni so‘ramaydi.
— Bosim ostida yoki shoshilinch qaror qabul qilmang — bu firibgarlarning asosiy usuli.
— Noma’lum havolalarni ochmang va ishonchsiz manbalardan kelgan fayllarni yuklab olmang.

💡Ogoh bo‘ling. Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Moliyaviy xavfsizlik — hushyorlikdan boshlanadi.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧼Kun davomida havo orqali va muloqotda qanchadan-qancha mikroblarga duch kelamiz. Ularning koʻp qismi avvalo qoʻllarda boʻladi.  Shuning uchun qoʻlni doim sovunlab yuvish lozim. 


⚠️ Unutmang! Toza qoʻllar-salomatlik garovidir!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Hurmatli yurtdoshlar va viloyatimiz mehmonlari!

🕌Barchangizni 12-iyun, soat 9:00 da Xiva shahri, “Arda Xiva” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan beshinchi xalqaro Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan "Strongmen" bahodirlar o'yini musobaqalarining tantanali ochilish marosimiga taklif qilamiz!

👍 Tadbirga tashrif buyurib, qiziqarli madaniy dasturlar bilan birga 20 ta davlatdan tashrif buyurgan bahodirlar mahoratidan bahramand bo‘ling!

📍Barchani kutib qolamiz, “Arda Xiva” da ko‘rishguncha!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha gollar urilgan payti Shavkat Mirziyoyevni tribunada bir nechta xorijlik mehmonlar ham tabriklaganiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. Ular kim edi?

Gap shundaki, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan kechagi tarixiy o‘yinni davlatimiz rahbari bilan birgalikda quyidagi yuqori martabali mehmonlar birgalikda ko‘rishdi:

🇧🇬Bolgariya Prezidenti Rumen Radev;
🇸🇰Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso;
🇰🇿Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov;
🇰🇬Qirg‘iziston hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev;
🇹🇯Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda;
🇦🇿Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov;
🇹🇲Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev.

Ma’lumot uchun: Bolgariya terma jamoasi oxirgi marta 1998-yilda Jahon chempionatida o‘ynagan, FIFA reytingida 85-o‘rinda.

Slovakiya esa o‘z tarixida hozircha faqat bir marta — 2010-yilda mundialda qatnashgan va o‘shanda guruhdan chiqa olgandi. FIFA reytingida 46-o‘rinda.

Qo‘shnilarimiz va Ozarbayjon esa hozircha mundialga yo‘llanma olmagan.

Aytmoqchimizki, mehmonlarimiz uchun ham Jahon chempionatiga yo‘llanma olish katta voqelik edi va ular chin dildan O‘zbekiston xalqi uchun quvonib, muxlislik qilganiga shubha yo‘q.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shakarjon Xo‘janiyozova - davlat va jamoat arbobi

Mahmud Zamahshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi Shakarjon Xo‘janiyozova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Shakarjon Xo‘janiyozova - davlat va jamoat arbobi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shakarjon Xo‘janiyozovaning ko‘p yillik mehnat faoliyati, tajribasi va el-yurt ravnaqi uchun ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari inobatga olinib, hukumatimiz tomonidan 1998-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2004-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni, 2015-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.


Davlatimiz rahbarining joriy yilning may oyida viloyatimizga tashrifi chog‘ida shu yil 12-iyun kuni Shakarjon Xo‘janiyozovaning 70 yillik yubileyini Xorazm viloyatida keng nishonlash belgilangan edi. Bugun viloyatimizda Shakarjon Xo‘janiyozovaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva: “Qoraqalpogʻiston kelajagi — milliy ustuvor vazifalarimizdan biri boʻlib, biz shunchaki rejalar tuzish emas, balki aniq saʼi-harakatlarni amalga oshirish xususida soʻz yurityapmiz”


Prezident yordamchisining qayd etishicha, Oʻzbekiston hukumati va prezident administratsiyasi allaqachon maxsus dasturlarni boshlab yuborgan, mablagʻlar ajratilgan. Qoraqalpogʻistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa koʻplab muammolar bilan birga, takrorlanmas tabiiy goʻzallik, turizm uchun haqiqiy imkoniyatlar mujassam.

"Maqsadimiz — shunchaki investitsiya olib kelish emas, balki kiritilgan sarmoya mahalliy aholiga yordam berishi, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi va yoshlar uchun yorqin kelajak yaratishiga ishonch hosil qilishdir”, dedi u.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shakarjon Xoʻjaniyozova xotirasi qalbimizda mangu yashaydi

Mamlakatimiz Prezidenti joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chogʻida koʻp yillar davomida el-yurt uchun fidokorona xizmat qilgan davlat va jamoat arbobi Shakarjon Xoʻjaniyozova tavalludining 70-yilligini keng nishonlash hamda xotirasini abadiylashtirish boʻyicha topshiriq bergan edi. Bugun 12-iyun – Shakarjon Xoʻjaniyozova tavallud topgan sanada viloyatimizda yurtimizning ardoqli farzandi xotirasiga bagʻishlangan qator tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Bogʻot tumanidagi “Tolli bobo” qabristonida Shakarjon Xoʻjaniyozovaning qabrini ziyorat etib, Qurʼon tilovat qildilar. Shundan keyin chinakam oʻzbek ayoli timsoli boʻlgan, fidoyi va matonatli rahbar Shakarjon Xoʻjaniyozova yashab oʻtgan xonadonda uy muzeyi ochildi. Muzeydan Shakarjon Yusupovnaning hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar oʻrin olgan.

Shuningdek, Bogʻot tumani asosiy koʻchalaridan biriga va tuman sport maktabiga qarashli gimnastika markaziga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomini berish boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqildi. Hurmatli Prezidentimizning topshirigʻiga asosan, viloyatdagi faol xotin-qizlar oʻrtasida Shakarjon Xoʻjaniyozova nomidagi rahbar ayollar tanlovini oʻtkazish, gʻoliblarni davlat idoralari uchun rahbar kadrlar zahirasiga tavsiya etish mexanizmi ishlab chiqildi va mazkur tanlovni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha jarayonlar davom etmoqda.

Xotira tadbirlarining asosiy qismi Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatrida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, viloyat hokimi Joʻrabek Raximov qatnashib, Shakarjon Yusupovnaning Vatan va xalq oldidagi ulkan xizmatlari haqida toʻxtaldilar. Tadbirda Shakarjon Xoʻjaniyozovaning serqirra faoliyati aks ettirilgan sahna koʻrinishlari, rasmlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉Sizlarning e’tiboringizga yana bir yorqin, energiyaga to‘la lahzani havola etamiz!⚡️

Bu oddiy lavha emas — bu orzularni harakatga aylantirayotgan, ishonch bilan olg‘a intilayotgan O‘zbekiston yoshlarining timsoli!

🇺🇿O‘zbekiston — yoshlar diyori! Bu yerda istaging bo‘lsa, imkoniyat bor. Har bir qadam – katta o‘zgarish sari.

🇺🇿Bu zaminda “qilolmayman” degan so‘z yo‘q! Fikr bor — imkon bor. Orzu bor — yo‘l bor. Yoshlik bor — kelajak bor!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Eng yaxshi axborot xizmati"ni aniqlashda ishtirok eting!

Tanlov 2 ta yo‘nalish, 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

📌1-yo‘nalishda respublika darajasidagi tashkilot va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmatlari;

📌2-yo‘nalishda hududiy tashkilotlar, tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari o‘zaro bellashadi.

1-bosqichda axborot xizmatlarining 2024-yildagi faoliyati samaradorligi asosida hujjat topshirgan 125 ta tashkilot saralab olindi. Tanlovning 2-bosqichi 15-iyunga (15 iyun kuni ham) qadar davom etadi va eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta tashkilot axborot xizmatlari 3-bosqichga o‘tkaziladi.

Tanlov haqida batafsil maʼlumot

📌Ro‘yxat (2-yo‘nalish). Xorazm viloyatining Hazorasp, Xiva, Tuproqqal'a, Gurlan va Yangiariq tumanlari hokimliklari.


Qaysi axborot xizmati finalga chiqishini sizning eʼtirofingiz belgilab beradi. Gʻoliblarni aniqlash jarayonida oʻz ovozingiz bilan ishtirok eting!

➡️Ovoz berish

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari”

📚Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida soha xodimlari uchun viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda yuqoridagi mavzu doirasida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Qilichov so'zga chiqib, bu kabi seminarlarning o'tkazilishi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlarini ogohlikka chaqirilishi bilan ahamiyatli ekanligi, shuningdek, axborot erkinligi ta'minlab qo'yilgani fuqarolarga davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari va boshqa subyektlardan axborot olish imkoniyatini berayotganiga to'xtaldi va tizim xodimlarini axborotni qayta ishlash va tarqatish jarayonida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlarning tarqalishining oldini olishga chaqirdi.

🇺🇿Tadbir davomida Xorazm viloyat prokuraturasi bo'lim katta prokurori J.Solayev korrupsiyaning oldini olish borasida jamoatchilik bilan hamkorlik natijalari, korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari haqida so'z yuritdi.

⚔️Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Z.Begova korrupsiya tushunchasi, uning turlari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Tadbir fikr almashish maydoni bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 18:08:54
Back to Top
HTML Embed Code: