Telegram Web Link
Ijtimoiy himoya chorasi: 1,2 million oila moddiy yordam bilan qoʻllab-quvvatlandi

⚫️Energetika tariflari islohotlarining kam taʼminlangan oilalarga taʼsirini yumshatish maqsadida 2024-2025-yilgi isitish mavsumida 313,6 mlrd soʻm bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari toʻlab berildi.

⚫️Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mln ta oilaga 290 mlrd soʻm – bir martalik 270 ming soʻm yordam toʻlab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qoʻshimcha roʻyxati asosida toʻlab berildi.

⚫️Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq uchun (2024-2025-yil dekabr-aprel) 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd. soʻm kompensatsiya toʻlovlari ajratildi.

📝 Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori boʻlgan hududlar:

🟢Fargʻona viloyatida 40,6 mlrd. soʻm;

🟢Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd. soʻm;

🟢Namangan viloyatida 35,2 mlrd. soʻm yordamlar ajratilgan.

⚫️Ushbu yordamlar orqali oilalarning  elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalanganlikdagi xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Butun respublika boʻylab umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllarida taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllari qurilishi olib borilayotgan hududlardagi holatlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Shu munosabat bilan ayrim hududlarda transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanib yoki bir tomonlama harakat amalga oshirilmoqda. Demak bular quyidagi obyektlar:

1️⃣ Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan 4K253a "Islom Karimov koʻchasi avtomobil yoʻlida M39 "Toshkent-Termiz" avtomagistral yoʻliga" chiqish uchun yangi yoʻnalishdagi 4 km avtomobil yoʻli va temir yoʻl ustidan oʻtuvchi 700 pm.li yoʻl oʻtkazgich qurilayotgani bois, Jizzax shahri va Yangi Oʻzbekiston massivini bogʻlovchi yangi tunnel qurish ishlari olib borilmoqda.

2️⃣Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan 4R120 "Iskovot q.-Kosonsoy sh.-Toʻraqoʻrgʻon sh.-Jomashuy q.-Soyboʻyi q.-A373 avtomobil yoʻligacha" avtomobil yoʻlining 55—62 km qismini rekonstruksiya qilish obyektida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Obyektda shagʻallashtirish va asfalt-beton yoʻl qurilishi munosabati bilan noyabr oyiga qadar avtomobil yoʻli bosqichma bosqich yopilib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.

3️⃣Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan 4R103 "Sherobod sh.-Surxon temir yoʻl stansiyasi" avtomobil yoʻlining 0 kmda joylashgan koʻprikni rekonstruksiya qilish obyektida koʻprikning qiyaliklarini betonlash va tekislash ishlari, himoya qatlamida beton yotqizish ishlari bajarilmoqda, shuningdek qoziqlarni mustahkamlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Shu bois avtomobil yoʻlining qatnov qismi joriy yilning oktyabr oyiga qadar bosqichma bosqich yopilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.

4️⃣Surxondaryo viloyati. Angor tumanida joylashgan 4R23z "M39 avtoyoʻlidan - Angor shahriga (1426 km) kirish" avtomobil yoʻlining 0—5 km qismini mukammal taʼmirlash maqsadida obyektda qum shagʻal aralashmasidan asos qurish ishlari, asfalt-betonli qoplama qurish, piyodalar yoʻlakchasini qurish, yoritish chiroqlarini oʻrnatish bajarilmoqda.


📌Batafsil

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Eng yaxshi axborot xizmati"ni aniqlashda ishtirok eting!

Tanlov 2 ta yo‘nalish, 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

📌1-yo‘nalishda respublika darajasidagi tashkilot va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmatlari;

📌2-yo‘nalishda hududiy tashkilotlar, tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari o‘zaro bellashadi.

1-bosqichda axborot xizmatlarining 2024-yildagi faoliyati samaradorligi asosida hujjat topshirgan 125 ta tashkilot saralab olindi. Tanlovning 2-bosqichi 12-iyunga qadar davom etadi va eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta tashkilot axborot xizmatlari 3-bosqichga o‘tkaziladi.

Tanlov haqida batafsil maʼlumot

📌Ro‘yxat (2-yo‘nalish). Xorazm viloyatining Hazorasp, Xiva, Tuproqqal'a, Gurlan va Yangiariq tumanlari hokimliklari.


Qaysi axborot xizmati finalga chiqishini sizning eʼtirofingiz belgilab beradi. Gʻoliblarni aniqlash jarayonida oʻz ovozingiz bilan ishtirok eting!

➡️Ovoz berish

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Avtotransport vositalarini xarid qilishda, avvalo, uning sifati kafolatlanganligiga hamda rasmiy diler tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari mavjud ekanligiga e’tibor qiling.

Sizning oilangiz va yaqinlaringiz xavfsizligi o‘z qo‘lingizda!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Kompensatsiya qancha miqdorda beriladi?


Batafsil infografikada👆

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔗 Joriy yilning 5-iyun kuni 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari oldidan abituriyentlar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilikni batafsil va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “TTA Urganch filialida qabul jarayonlari: imtihonlar va imkoniyatlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

➡️ Unda filial rahbariyati, qabul komissiyasi a’zolari, tegishli mutaxassislar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

⚫️Qabul tartibi va muhim sanalar – 2025/2026-o‘quv yiliga abituriyentlarni ro‘yxatga olish, hujjat topshirish va tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qoidalar;
⚫️Kirish imtihonlari va baholash mezonlari – test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihonlar va ularning formati;
⚫️Abituriyentlarga yaratilgan qulayliklar – onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati, maslahat markazlari faoliyati;
⚫️To‘lov-kontrakt narxlari, imtiyozlar va davlat granti asosidagi o‘rinlar – ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun imtiyozlar, grantlar soni va o‘qish shartlari.

🤔 Anjuman ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bevosita mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Tadbir davomida TTA Urganch filialining ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkiliy jihatlari, zamonaviy moddiy-texnik bazasi, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik sohasidagi yutuqlari haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️Bolalik quvonchiga to‘la yoz — Amirqumda “Humo” oromgohi ochildi

🎲Qoʻshkoʻpir tumanidagi Amirqum mahallasida joylashgan “Humo” oromgohining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Murodbek Ochilov, idora va tashkilotlar vakillari, faxriy ustozlar, nuroniylar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, oromgoh faoliyatining mazmun-mohiyati, sogʻlom avlod tarbiyasidagi oʻrni alohida eʼtirof etildi. Tadbir davomida oromgoh hududida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, bolajonlar uchun tayyorlangan madaniy dasturlar namoyish etildi.

Mazkur oromgohda bolalar uchun dam olish, sport va maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlar olib borish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Shu orqali yosh avlodning sogʻlom va har tomonlama yetuk boʻlib voyaga yetishiga xizmat qiluvchi muhim maskanlardan biri sifatida faoliyat yuritadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nega korrupsiyaga qarshi barcha birday kurashishi kerak?

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Hozirda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida aholimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda idora va tashkilotlarda o‘quv-seminarlari tashkil qilinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Shu bois, har birimiz bu illatga qarshi murosasiz kurashib, adolatli va farovon jamiyat qurishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Qilichov

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin yurakdan samimiy qutlaydi!

Qurbon hayitining madaniy-maʼnaviy hayotimizda, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashda ahamiyati beqiyosdir.

Mana shunday saodatli damlarda, ushbu ulugʻ ayyom kunlarida har bir oilalarga tinchlik va xotirjamlik, xonadonlarga fayzu-baraka hamda farovonlik tilaymiz.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bugungi muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman!

Ushbu qutlug‘ kunning sharofati ila butun olamga mehribon Allohning rahmati yog‘ilsin, dunyoda tinchlik, osoyishtalik qaror topsin. Har birimizning ezgu orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin.

Sizga baxt-saodat, sog‘lik-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayzu baraka tilayman.

Ayyom muborak bo‘lsin!” - Saida Mirziyoyeva

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

Davlat fuqarolik xizmatidagi yosh va iqtidorli rahbar ayollar uchun imkoniyat!

💬"Shakarjon Xoʻjaniyozova" nomidagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinadi! Maqsad — fidoiy ayol rahbarlarimizning salohiyatini namoyon etish, ularni milliy kadrlar zaxirasiga kiritish va
SH. Xoʻjaniyozovaning mehnat va hayot yoʻlini yosh avlodga yetkazish.


#️⃣ Agar Siz:
🔣tashabbuskor,
🔣rahbarlik qobiliyatiga ega,
🔣jamiyat ravnaqi uchun faol ayol boʻlsangiz — ushbu tanlov aynan Siz uchun!

⚡️Arizalar qabul qilinmoqda!
📌Tanlov toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotni ushbu havola orqali oling: havola
📲Doʻstlaringiz bilan boʻlishing va imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi xotin qizlar yuqori turuvchi tashkiloti Inson resurslari boʻlimiga yoki oʻz xududida joylashgan shahar va tumanlar hokimliklari Tashkiliy kadrlar guruhi masʼullariga murojaat qilishlari so'raladi.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Oʻzbekistonda ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam bering!

🌐Sizning fikringiz biz uchun juda muhim! 

📣«Oʻzsuvtaʼminot» AJ xizmatlari haqida fikringizni bildiring

📌Xizmat sifatidan mamnunmisiz?

📌Muammolarga duch keldingizmi?

📌Takliflaringiz bormi?

Soʻrovnomada ishtirok eting va xizmatlar sifatini yaxshilashga hissa qoʻshing!

💬Ishtirok etish uchun kirish: https://forms.gle/t62ELhkNWdVQZmrJ6

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚡️ Xorazmlik yoshlar diqqatiga!

Joriy yilning 11-iyun kuni soat 19:00da "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida Xiva shahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi!

🟢Konsert mutlaqo BEPUL!
🟢Barchani taklif qilamiz

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2025

Muftiy Nuriddin Xoliqnazar:

— Yurtimizga, xonadonlarimizga borganda “Hoji keldi” degan tadbirni dabdababozlikka aylantirmaylik.

Hoji oʻzining namunali hayoti bilan, odobi bilan, axloqi bilan, taqvosi bilan, vatanparvarligi bilan, yurtparvarligi bilan boshqalarga namuna boʻlishi kerak.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi Erik Meyer bilan uchrashuv o‘tkazdi

Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholidan energiya xarajatlari uchun kompensatsiya olish bo‘yicha arizalar hali ham qabul qilinmoqda!

❗️ Elektr yoki gazdan ko‘p ishlatgan ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan yordam puli — ya’ni kompensatsiya berilmoqda. Bu orqali aholining xarajatlari yengillashtirilmoqda va ijtimoiy tenglik ta’minlanmoqda.

🖋 Bugungi kungacha 277 719 ta oila ariza topshirgan. Shundan:

240 018 tasi — ijtimoiy himoya reyestriga yoki kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oilalardan;

37 701 tasi — ro‘yxatga kirmagan, lekin og‘ir ahvoldagi oilalardan.

🤝 Ushbu yordam moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

😮 Arizalar ko‘rib chiqilmoqda, ehtiyoj aniqlanmoqda va kompensatsiyalar tayinlanmoqda.

☺️ Agar siz hali ariza topshirmagan bo‘lsangiz — yashab turgan mahallangizdagi ijtimoiy xodimga, “Inson” markaziga yoki 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

↗️ Maqsad — har bir fuqaro uchun energiya bilan ta’minlanishda tenglik yaratish va adolatni ta’minlash.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr

Oʻzbekiston – kuchli uchlikda!

Dunyoda yuzlab davlatlar bor. Oʻzbekiston oʻsha “yuzlar” orasida mamlakat brendi eng tez oʻsib borayotgan kuchli uchta mamlakatdan biri sifatida eʼtirof etildi.


Brand Finance 2025 xalqaro tahlil markazi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, dunyodagi 200 ta davlat brendi orasida Oʻzbekiston TOP uchtalikka kiritildi. Mamlakatimiz brendi 26 foizga oʻsdi va bu oʻsish eng yuqori koʻrsatkichlardan biri sifatida qayd etildi.

Bu – yurtimizdagi islohotlarga, iqtisodiy oʻsishga, inson salohiyatiga berilgan xolis baho, birgalikda qilayotgan saʼy-harakatlarimiz eʼtirofi. Mamlakatimiz salohiyati xalqaro darajada tan olinmoqda.

Prezidentimiz doim taʼkidlaganlaridek yoshlarimiz chet tillari va zamonaviy kasblarni oʻrganishga yanada koʻproq eʼtiborlarini qaratishlari zarur!


Bundan yuragingizda iftixor tuygʻusi uygʻongan boʻlsa, demak siz ham ushbu yutuqning bir boʻlagisiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 21:55:38
Back to Top
HTML Embed Code: