Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Oʻzbekistonda ilk marotaba madaniy va tarixiy merosga oid auksion oʻtkaziladi

Markaziy Osiyoda birinchi marotaba jahon tajribasi asosida xayriya auksioni oʻtkazilishi kutilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etib, oʻz nomi hamda brendini tarixga muhrlashi mumkin boʻladi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi qoʻshma yigʻilishda xayriya auksioni haqida maʼlumot berildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ TEZKOR SHTAB ISH BOSHLADI

🔝 Xalqaro maydonda vaziyatning jadal oʻzgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini taʼminlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda boshqa daxldor idoralar vakillaridan iborat “tezkor shtab” ish boshladi.

🔝Xalqaro tashuvlar masalalari boʻyicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi.

📱 Shuningdek, Telegram messenjerida @TashuvchigaKo'mak boti ishga tushirildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ogoh boʻling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

💻Soʻnggi vaqtlarda Internet tarmogʻida Oʻzbekistondagi jamoat arboblari, mashhur bloger va sportchilarning mahalliy OAV larga bergan intervyularini sunʼiy intellekt yordamida ishlovchi dasturlar orqali oʻzgartirgan holda, goʻyoki Oʻzbekistonliklarning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mamlakat qonunchiligiga zid emasligini taʼkidlovchi soxta skrinshot va videomateriallar tarqatilishi davom etmoqda.

📌Yana bir bor mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini taʼkidlagan holda, fuqarolardan bunday turdagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz.

⚠️Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni bilan Hasanov Roʻzimboy - “XXI asr” gazetasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 27-iyun – soʻz vositasida odamlar dardiga hamdard boʻladigan, haqiqatni izlab, yurtni xolis axborot bilan taʼminlaydigan kasb sohiblari kuni.

👍 Bugun davlat va jamiyat OAVni qoʻllab-quvvatlayapti — qonunlar takomillashmoqda, ochiq axborot siyosati shakllanmoqda, yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

👍 Jurnalist – faqat axborot tarqatuvchi emas, balki jamiyatda ong, qarash va faollikni uygʻotuvchi kuch.

👍 Qalamingiz oʻtkir, niyatingiz pok, kasbingizda omad yoʻldoshingiz boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 “Ўзбек журналистикаси антологияси” — сўз қадрини улуғлаган, қаламнинг муқаддаслигини англатувчи нодир тўплам.

Икки жилддан иборат китобда 300 га яқин муаллиф ҳақида маълумот бор.

Ўзбек журналистикаси тарихи ва бугунги куни ҳақидаги муҳим манбани тайёрлашда филология фанлари докторлари Насимхон Раҳмонов, Нурбой Жабборов, Ҳалим Саидов, Назира Тошпўлатова, Беруний Алимов, Акбар Нурматов, Амрулло Каримов ҳамда таниқли соҳа фидойилари Карим Баҳриев, Алижон Сафаров иштирок этди.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

💐Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbaachilar, matbuot kotiblari, ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan  muhandis-texnik xodimlar, sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Kasbingizning asl mohiyati soʻz orqali jamoatchilik aloqalarini rivojlantirish, kishilar ongiga taʼsir oʻtkazishdan iboratdir. Eʼtirof etish joiz, fidokorona mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

✍️Siz oʻz qalamingiz bilan vatanimizda tinchlik, oʻzaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelmoqdasiz.

⭐️Ijodiy yutuq va shijoat hamisha hamrohingiz boʻlsin. Barchangizga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi jamoasi Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi. Bayramingiz muborak boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 12:09:53
Back to Top
HTML Embed Code: