Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Sizning nomingizga kredit olingan boʻlishi mumkin — siz bundan xatto bexabarsiz!

Firibgarlar qanday qilib sizsiz kredit olyapti?
❗️Bu haqida videoda toʻliq tushuntirish berilgan!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni bilan Hasanov Roʻzimboy - “XXI asr” gazetasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 27-iyun – soʻz vositasida odamlar dardiga hamdard boʻladigan, haqiqatni izlab, yurtni xolis axborot bilan taʼminlaydigan kasb sohiblari kuni.

👍 Bugun davlat va jamiyat OAVni qoʻllab-quvvatlayapti — qonunlar takomillashmoqda, ochiq axborot siyosati shakllanmoqda, yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

👍 Jurnalist – faqat axborot tarqatuvchi emas, balki jamiyatda ong, qarash va faollikni uygʻotuvchi kuch.

👍 Qalamingiz oʻtkir, niyatingiz pok, kasbingizda omad yoʻldoshingiz boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 “Ўзбек журналистикаси антологияси” — сўз қадрини улуғлаган, қаламнинг муқаддаслигини англатувчи нодир тўплам.

Икки жилддан иборат китобда 300 га яқин муаллиф ҳақида маълумот бор.

Ўзбек журналистикаси тарихи ва бугунги куни ҳақидаги муҳим манбани тайёрлашда филология фанлари докторлари Насимхон Раҳмонов, Нурбой Жабборов, Ҳалим Саидов, Назира Тошпўлатова, Беруний Алимов, Акбар Нурматов, Амрулло Каримов ҳамда таниқли соҳа фидойилари Карим Баҳриев, Алижон Сафаров иштирок этди.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“Таниқли журналистлар мактаби” – Сизга ўзбек миллий матбуоти – оммавий ахборот воситалари дарғаларини, журналистика соҳасида кўп йиллар фидойиларча меҳнат қилган сиймоларни таништириб боради.

Бу – китоб туркуми эмас, бу – ҳақиқий ижод мактаби. Бу – шахслар ҳаёти орқали шаклланган ҳаётий сабоқлар, тарих кўзгусидир.

Асарнинг илк қаҳрамонлари сифатида юртимиз журналистикасида ўчмас из қолдирган икки сиймо танланди: Ирисмат Абдухолиқов ва Маматқул Ҳазратқулов.


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

💐Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbaachilar, matbuot kotiblari, ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan  muhandis-texnik xodimlar, sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Kasbingizning asl mohiyati soʻz orqali jamoatchilik aloqalarini rivojlantirish, kishilar ongiga taʼsir oʻtkazishdan iboratdir. Eʼtirof etish joiz, fidokorona mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

✍️Siz oʻz qalamingiz bilan vatanimizda tinchlik, oʻzaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelmoqdasiz.

⭐️Ijodiy yutuq va shijoat hamisha hamrohingiz boʻlsin. Barchangizga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi jamoasi Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi. Bayramingiz muborak boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan soha faxriylari, jurnalistlar, matbuot kotiblari, matbaachilar, blogerlar ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimining Faxriy yorligʻi va bayram sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

"O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir.

Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va o‘quvchilaringiz-obunachilaringiz oldidagi mas’uliyatingiz uchun har biringizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilishga doimo tayyorligingiz e’tirofga loyiq.

O‘zbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda.

Rahmat! Bayramingiz muborak bo‘lsin!", deyiladi tabrikda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi fuqaroni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan. Oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirilgan.

Hozirda mazkur xodimlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Joriy yilning 30-iyun, dushanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbir:

😉😉😉😉😉

🗣 Matbuot anjumani

⚫️Mavzular: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar va istiqboldagi rejalar hamda “Tovor bozorlarida bozor tamoyillarini joriy qilish va shaffoflikni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublika tovor-xom ashyo birjasining oʻrni”

⚫️Vaqti: 10:00
⚫️Ishtirok etadi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali rahbaryati hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Matbuot kotibi va Xorazm filiali rahbaryati

📍Manzil: Urganch shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 2B-uy, Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi

🧭📸"Matbuot anjumani"ga barcha OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Xivada O‘zbekiston–Ozarbayjon parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi

2025-yil 30-iyun hamda 1–2-iyul kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi birinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.

“Yangi istiqbollar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu nufuzli xalqaro tadbir parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va yangi strategik yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

Forum doirasida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar, tajriba almashinuvi hamda hamkorlik loyihalari bo‘yicha muhim kelishuvlar kutilmoqda.

#XalqaroHamkorlik #XivaForumi2025

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢Eʼlon!

"Shakarjon Xoʻjaniyozova" koʻrik tanlovi talabgorlari diqqatiga!

Koʻrik tanlovning keyingi bosqichi - test jarayoni kuni belgilandi.
Test bosqichi joriy yil 30-iyun kuni soat 10.00 da ARGOS Xorazm viloyati filiali binosi 4-qavatda boʻlib oʻtadi.  

Test jarayoni Milliy kadrlar zaxirasi testi va boshqaruv koʻnikmalarini aniqlashga qaratilgan psixologik testlardan iborat boʻlib, eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 10 nafar xotin-qiz keyingi bosqichga saralab olinadi.

Testda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdagi barcha ayollarni kutib qolamiz! Sizlarning ishtirokingiz biz uchun juda muhimdir.

Barchangizga omad tilaymiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi.

Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azm-u shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”
,

- dedi Prezidentimiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 21:35:06
Back to Top
HTML Embed Code: