Telegram Web Link
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan soha faxriylari, jurnalistlar, matbuot kotiblari, matbaachilar, blogerlar ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimining Faxriy yorligʻi va bayram sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi fuqaroni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan. Oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirilgan.

Hozirda mazkur xodimlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Joriy yilning 30-iyun, dushanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbir:

😉😉😉😉😉

🗣 Matbuot anjumani

⚫️Mavzular: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar va istiqboldagi rejalar hamda “Tovor bozorlarida bozor tamoyillarini joriy qilish va shaffoflikni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublika tovor-xom ashyo birjasining oʻrni”

⚫️Vaqti: 10:00
⚫️Ishtirok etadi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali rahbaryati hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Matbuot kotibi va Xorazm filiali rahbaryati

📍Manzil: Urganch shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 2B-uy, Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi

🧭📸"Matbuot anjumani"ga barcha OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Xivada O‘zbekiston–Ozarbayjon parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi

2025-yil 30-iyun hamda 1–2-iyul kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi birinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.

“Yangi istiqbollar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu nufuzli xalqaro tadbir parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va yangi strategik yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

Forum doirasida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar, tajriba almashinuvi hamda hamkorlik loyihalari bo‘yicha muhim kelishuvlar kutilmoqda.

#XalqaroHamkorlik #XivaForumi2025

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢Eʼlon!

"Shakarjon Xoʻjaniyozova" koʻrik tanlovi talabgorlari diqqatiga!

Koʻrik tanlovning keyingi bosqichi - test jarayoni kuni belgilandi.
Test bosqichi joriy yil 30-iyun kuni soat 10.00 da ARGOS Xorazm viloyati filiali binosi 4-qavatda boʻlib oʻtadi.  

Test jarayoni Milliy kadrlar zaxirasi testi va boshqaruv koʻnikmalarini aniqlashga qaratilgan psixologik testlardan iborat boʻlib, eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 10 nafar xotin-qiz keyingi bosqichga saralab olinadi.

Testda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdagi barcha ayollarni kutib qolamiz! Sizlarning ishtirokingiz biz uchun juda muhimdir.

Barchangizga omad tilaymiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.

Masalan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshdi.

Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan bo‘lsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.

Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or hududlarga aylandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇦🇿 Ozarbayjon delegatsiyasi Xivada!

Bugun Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Urganch xalqaro aeroportiga yetib keldi. Delegatsiya vakillarini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kutib oldi.

Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston - Ozarbayjon parlamentlararo forumi boʻlib oʻtadi!

Ushbu forum hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.

➡️Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.

➡️Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.

➡️Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari boʻladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♂️“AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi – Prezident

Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qildi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, yoshlarning yangi kreativ gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning oʻzida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi.

💲Banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

“Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Oʻquvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi – Prezident

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. Oʻquvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi.

Oliygohlar oʻrtasida ham startaplar boʻyicha har yili “Eng yaxshi kreativ gʻoya” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblarga oliygoh jamgʻarmasidan 300 million soʻmgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan oʻtkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar boʻyicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamgʻarmasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 03:14:10
Back to Top
HTML Embed Code: