Telegram Web Link
Forwarded from Birburchak
#finished

Den Braun – “Raqamli qal’a”

Google, Telegram, iCloud, Face ID, chatGPT… Biz har kuni shu atamalar bilan yashayapmiz, lekin ularning ortida kim va qaysi niyatda turgani haqida ko‘p ham o‘ylamaymiz.

Men uchun Den Braun shu savolni birinchilardan boʻlib jiddiy shaklda qo‘ygan yozuvchi. Uning ilk romani “Raqamli qal’a”ni oʻqib, oʻzingizni ulkan internet algoritmlari ichida yashayotgan kichik nuqta kabi ko‘ra boshlaysiz.

Roman voqealari AQSh Milliy xavfsizlik agentligi atrofida kechadi. Asosiy qahramon Syuzan Fletcher kriptografiya bo‘yicha mutaxassis. U Transxabar nomli qudratli mashina yordamida dunyodagi har qanday kodni yecha oladigan tizim ustida ishlaydi.

Ammo yaponiyalik dasturchi Enzay Tankado mustahkam virus ya'ni “Raqamli qal’a”ni yaratadi. Uni esa hech bir tizim, hatto Transxabar ham yecha olmaydi.

Tankado bu kodni inson erkinligini himoya qilish uchun yaratadi. Agentlik esa xavfsizlik uchun nazorat zarur deb hisoblaydi. Shu ikki qarama-qarshi fikr butun roman konfliktining asosini tashkil etadi.

Bundan tashqari kitobdagi qisqa va hayajonli boblar keyingisiga oson oʻtib ketishingizga sabab boʻladi, qarabsizki katta hajmli kitobni yarimlatib qoʻygan boʻlasiz.

🫥Bu kitobga sariq adabiyot deb baho beradiganlar koʻp, kriptografiya boʻyicha mutaxassislar ham asl algoritmlar boshqacha ishlaydi, kitobda bu tomonlar reallikdan uzoq deb tanqid qilishgan. Voqealar ortidan quvib, qahramonlar chuqurroq ochib berilmagan degan e’tirozlar ham haqli.

Ammo men uchun, “Raqamli qal’a” baribir yaxshi kitob boʻlib qoladi. Braun bu asarni o‘z davridan 20-30 yillarga ilgarilab yozgan. Bugun biz shunchalik “onlayn”mizki, har daqiqa u ogohlantirganidek raqamli kuzatuv ostidamiz.

Sizningcha, barcha akkauntlarimiz, shaxsiy yozishmalarimiz kuzatuvda va nazoratda turishi bizni himoya qiladimi yoki erkinligimizni yoʻqqa chiqaradimi?

Biz o‘z sirlarimizni soya ortidagi “kim”ga ishonyapmiz? Hukumatgami, algoritmgami, “Accept all cookies” tugmasigami?

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20❤‍🔥7🆒7👍4👀1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅Kitobni boshi va oxirgi 100 betini mana qanday o‘qiyman)

Bitta menmi yoki sizlardayam shunaqami? Izohlarda yozib keting.

@asaxiybooks
30😁20🔥11👍7💯6🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go‘yoki hamma deyarli har doim ish bilan mashg‘ul. Biz esa daromad qilmayapmiz!


Ushbu #audio_parcha "Maqsad" kitobidan olindi 📖

@asaxiybooks
👍155
Ishda yoki jamoada samaradorlikni qanday oshirish mumkin?

Bu savolga ko‘pchilik ilmiy va nazariy tomonlama yechim berilgan kitoblardan foydalanishadi.

Ammo, “Maqsad” asarida siz quruq nazariya yoki formulalarni emas, balki real hayotiy muammolar girdobiga tushib qolgan zavod boshlig‘i Aleks Rogoning taqdirini o‘qiysiz. Shuning uchun ham bu boshqaruv haqidagi odatiy kitoblardan biri emas, balki biznes roman hisoblanadi.

Asaxiy Pro loyihasida ilk premyera kitobini o‘qish uchun 5 sababni karuselda keltirdik. Tanishib chiqing va mutolaa qiling!

@asaxiybooks
15👍7🎉1
24 soatlik super taklif 🎁

“Savatcha”ngiz to‘lib qolganini payqadik, shu sabab sizga kichik sovg‘a tayyorladik. Yakshanba kuni qoldirilgan barcha buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab UYGACHA BEPUL yetkazib beriladi!

Bir zumda buyurtma berish sizdan, bepul yetkazib berish bizdan)

📌 Taklif faqat 12-oktabr kuni amal qiladi

Imkonni qo‘ldan boy bermang 👉 www.asaxiy.uz

@asaxiybooks
19🔥5👍3🤩1🐳1
“Molxona” - haftaning TOP kitobi

⭐️ O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob bilan tanishamiz:
1. Jorj Oruell: Molxona
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: 1984
4. Jon Miller: SOS
5. James Robinson: Mamlakat tanazzuli sabablari

* Zamonni yaxshiroq tushunish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

@asaxiybooks
26👍9🔥6🆒21🐳1
Asaxiyda yangi — “Boshlang‘ich saboqlar” seriyasi sotuvda!

Endi murakkab fan va tushunchalarni oddiy, tushunarli tilda o‘rganish mumkin. Ushbu kitoblar ilmga qiziqishni oshiradi, dunyoqarashni kengaytiradi va o‘qishni zavqqa aylantiradi.

💡Kimlar uchun?
• O‘smirlar va ilmga chanqoq yoshlar uchun;
• Yangi g‘oyalarni sodda tilda anglashni istovchi kattalar uchun;
• Ota-onalar va ustozlar uchun — bolalar hamda shogirdlarni ilmga oshno etuvchi eng yaxshi sovg‘a sifatida.

📖 Seriyadagi kitoblar:
🔸Fizika: boshlang‘ich saboqlar
🔸Biologiya: boshlang‘ich saboqlar
🔸Pul: boshlang‘ich saboqlar

Sayt yoki do‘konlarimizdan xarid qiling.

@asaxiybooks
1👍28131❤‍🔥1😍1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammani shunday do‘sti bormi? Yoki faqat mendami😅

Bo‘sh vaqtida hamma narsa qilib ko‘radi, faqat bitta narsadan tashqari. Kitob o‘qish mazzaligini esa bilgan biladi😉

Videoni shunaqa yaqinlaringizga yuborib qo‘ying)

@asaxiybooks
18😁8🔥4
#audio_premyera

"Graf Monte-Kristo" asarining 1-qismi audio shaklda Asaxiy Books ilovasiga joylandi.

Kitob sizni sabr, xiyonat, sadoqat, qasos va umid bilan to‘la hayajonli sarguzashtga chorlaydi. Voqealar rivojida sarguzashtdan tashqari do‘stlik va muhabbat, siyosat va tarix, falsafa va axloqiy masalalarga ham duch kelasiz.

Kitobni mutolaa qiling va so‘zimiz isbotiga guvoh bo‘ling. Qog‘oz kitobni shu havoladan, audio kitobni esa Asaxiy Books ilovasidan topasiz.

Ilovani yuklab olish:
🔗 Google Play
🔗
App Store

@asaxiybooks
9👍6🔥2
📢 Yunusobod va Panorama filiallarida 3 kunlik tanaffus!

15-16-17-oktyabr kunlari ikki filialimizda texnik tanaffus e’lon qilamiz. Shu sababli, bu kunlari do‘konlar ishlamaydi.

Ammo, siz xaridlarni onlayn amalga oshirishingiz yoki Toshkent shahridagi boshqa filiallarimizdan biriga tashrif buyurishingiz mumkin.

📍Asaxiy Farhod
📍Asaxiy Kitob Olami
📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo’li
📍Asaxiy Beruniy
📍Asaxiy Chorsu
📍Asaxiy Sergeli
📍Asaxiy Novza

Do‘konlar tez kunda odatdagi rejimda qayta ochiladi💙

@asaxiybooks
9😭3🤝3
Birgina rasm va siz kitob haqida umumiy tushunchaga egasiz.

@asaxiybooks
❤‍🔥18😁1310🤗6💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uni uzoqdan izlash shart emas

Bizni sirlar, xazinalar, oson yo‘llar o‘ziga tortadi. Baxt, omad va muvaffaqiyatning sirlisini izlab, umrimizdan yillarni sarflab yuboramiz.

Jarayonda muhim qismni - biz izlagan sir bilimsizlikni tan olish, o‘rganishdan qo‘rqmaslik va davomiylikda yashirin ekanini unutamiz. Superosontezvasamarali yo‘llar yo‘q, osonroq yashashga yordam beradigan kitoblar bor faqat. Va ular - haqiqiy xazina!

@asaxiybooks
1🔥2511👍5😁4❤‍🔥2💯2🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asaxiy orqali istalgan mahsulotni 20% gacha chegirmada olish usuli*

Video orqali batafsil ma‘lumot oling va Xalq banki kartasi bilan barcha mahsulotlarni kafolatlangan chegirmada xarid qiling.

* Bunday imkoniyat beruvchi kartalarni Xalq banki filiallari orqali rasmiylashtirishingiz mumkin.

🔗 Asaxiy Market ilovasini yuklab olish

@asaxiybooks
👍156🔥4❤‍🔥1🎉1
2025/10/26 05:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: